Qaxxorova Sevara Maqsatillo qizi “Terak va tolning zararkunanda hasharotlari va ularning ekologiyasi”



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/30
Sana15.04.2022
Hajmi1,56 Mb.
#553503
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
Bog'liq
terak va tolning zararkunanda hasharotlari va ularning ekologiyasi.

1.1-rasm.
Qalqondor turlari 
(G. Vanek va b. ma’lumoti bo’yicha): 
1-olma vergulsimon qalqondori; 2-kaliforniya qalqondori; 3-soxta kaliforniya 
qalqondori.
Gunafsha rangli qalqondor 
– 
Parlatoria oleae 
Colvee. Barcha mevali 
daraxtlarni shikastlaydi. Barg va novdasidan tashqari mevalarni sanchib so’radi. 
Buning natijasida mevada (masalan, olmada) binafsha rangli yumaloq izlar paydo 
bo’ladi, mahsulot sifati va ko’rinishi buziladi. 
Binafsha rang qanqondor mayda hasharot (1-1,3 mm). Uning urg’ochisi 
beshburchak shaklida, semiz, binafsha rangida, qalqoni (2-2,5 mm) oq yoki 
kulrang. Erkak individlari maydaroq (1 mm), shakli cho’ziqroq, rangi oqish
o’rtasida dog’i bor 
[7,8,9,10].
Otalangan urg’ochi zot qalqon tagida qishlab chiqadi. Sovuqqa chidamsiz: -
15° da qirilib ketadi. Bahorda (mart-aprel) urg’ochi zot qalqon ostida tuxum 
qo’yishga kirishadi, 70 tagacha tuxum qo’yadi, 5-13 kundan keyin lichinkalar 


22 
(daydi) ochib chiqib daraxt bo’yicha tarqab ketadi va qulay joy tanlagach, yopishib 
oladi. Mavsum mobaynida 2 bo’g’in beradi. Sentyabr-oktyabrda otalangan 
urg’ochi zot qalqon ostida qishlab qoladi. Qattiq zararlangan daraxtlarda olma 
hosili 35-38% gacha kamayadi, meva sifati esa (dog’lar oqibatida) pasayib ketadi 
[8,9].
Kaliforniya qalqondori 
– 
Diaspidiotus perniciosus 
Comst. Tashqi karantin 
obyekti hisoblanadi. O’zbekistonga kirib qolishi mumkin bo’lgan bu obyekt juda 
xavfli bo’lib, 150 dan ortiq daraxt va manzarali ekinlarda uchraydi. Uning vatani 
shimoliy-sharqiy Xitoy bo’lib, u yerdan Amerika qit’asiga, u yerdan esa 1930 
yillarda Yevropa mamlakatlariga kelib qolgan. Hozir bu hasharot ko’shni 
davlatlardan Turkmaniston va Tojikiston hamda Kavkaz, Ukraina, Moldaviyada 
uchraydi
[9,10].
Urg’ochi zotining rangi limon kabi sariq, shakli noksimon, uzunligi 1,3 mm, 
ko’zi, oyog’i va mo’ylovi yo’q. Qalqoni yumaloq, o’lchami 2 mm, bo’rtgan, rangi 
qoramtir yoki qo’ng’ir, o’rtasida 2 ta lichinka po’stining izi bor. 
Birinchi yosh lichinkalari qalqon ostida qishlab chiqadi. Bular odatdagi 1-
yosh lichinkalardan farq qilib, yirikroq qalqon bilan (2-2,5 marta katta) qoplangan. 
Sovuq tushishi bilan qolganlari (yetuk zot va 2-yosh lichinkalari) o’lib ketadi. 
Fevralning oxirlarida uyqudagi lichinka ikkinchi yoshga o’ta boshlaydi. Lekin qish 
paytida 20-50% lichinkalar o’lib ketadi. Daraxtlar ko’kara boshlashi bilan 
lichinkalar oziqlanishni boshlaydi va 2 marta po’st tashlab jinsiy yetuk urg’ochi va 
erkak zotlarga aylanadi. Erkak va urg’ochi zotlarning nisbati o’rtacha birga-bir 
to’g’ri keladi. Ikkinchi bo’g’in uchun urchigan urg’ochi zot 1 oycha yetilgach, tirik 
tug’a boshlaydi. Boshqacha qilib aytganda, lichinkalar ona tanasida tug’ilishdan 
oldin tuxumdan ochib chiqqan bo’ladi. Bular ham daraxt bo’ylab tarqab ketib 
yangi bo’g’inni boshlab beradi. O’zbekiston sharoitida kaliforniya qalqondori 
mavsumda 4-5 ta bo’g’in berishi mumkin, U Tojikiston va Ozarbayjon sharoitida 4 
ta bo’g’in beradi [11]. Har qaysi bo’g’in lichinkalaridan bir qismi qishlashga 
qoladi. Va nihoyat, oxirgi avlodining 1-yosh lichinkalari maxsus tayyorgarlik 
ko’rib, ona qalqoni ostida qishlab qoladi. Ammo, sharoit mavjud bo’lsa (issiqxona 


23 
va boshqa xonadonlardagi o’simliklar) kaliforniya qalqondori yil mobaynida 
tinmay rivojlanishi mumkin. Kaliforniya qalqondori asosan ko’chatlarda joydan-
joyga tarqalishi mumkin. Zararlangan mevada savdo yo’llari bilan ham tarqalish 
imkoniyatiga ega
[7,8,9,10].

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish