5
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Respublikamizda toldoshlar (
Salicaceae
)
oilasiga
mansub terak (
Populus sp.
) hamda tol (
Salix sp.
) daraxtlari xalqimizning ma’naviy
(manzarali) va sanoatbop yog’ochlarga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun ekib
o’stiriladi. Har ikkala daraxt turi shunchalik keng tarqalganki, hatto ular o’rmonzor
turlari orasida deyarli yarmidan ortig’ini tashkil qilishi mumkin.
Terak mo’tadil iqlimli mintaqalardagi eng tez o’sadigan daraxtlardan biridir.
U shaharlarni va aholi punktlarini ko’kalamzorlashtirishda, suv havzalari va
ariqlar
atroflarini mustahkamlashda, tuproq erroziyasiga qarshi kurashda keng
qo’llaniladigan daraxtdir. Ammo bizning sharoitimizda terak yog’ochbop
asosiy
o’simlikdir. Terak yog’ochi muhim texnik qiymatga ega va xalq xo’jaligida keng
foydalaniladi. Aholining qurilish yog’ochiga bo’lgan talabining asosiy qismi terak
yog’ochi hosobiga qondiriladi. Terakning tez o’sishi va tez yog’och berishi azaldan
o’rmonshunoslar diqqatini o’ziga tortgan. Tez o’sganligi sababli terak Osiyo va
Yevropa mamlakatlarida katta plantasiyalarni egallaydi. Bizda,
ayniqsa
qishloqlarda ko’plab ekiladi.
Terakning 110 turi mavjud bo’lib, O’zbekistonda keng tarqalganlari: oq
terak (Bolleana, Baxofena shakli), qora terak (Baqa terak), afg’on (Mirza terak),
“Pervenes Uzbekistana”, qora terak (Maxalliy) va Turkiston teraklaridir. Bular
respublikamizning sug’oriladigan hamma tumanlarida o’stiriladi.
Yuqorida aytilganlardan tashqari terak va tolni dorivor o’simliklar qatoriga
kiritish ham mumkin. Tol daraxti respublikamizning barcha hududlarida uchraydi.
Po’stlog’i va boshqa qismlaridan tayyorlangan preparatlar
issiqni pasaytiradi,
revmatizm va boshqa kasalliklarga qarshi ishlatiladi. Qora terakning bargli
kurtaklari va yosh yopishqoq barglaridan olingan preparatlar kuygan teriga,
bo’g’in kasalliklariga va bavosilni davolashda ishlatiladi, sochni to’kilishini oldini
olishda va o’stirishda, xalq tabobatida kurtaklari va yosh barglari yog’ bilan birga
yaralarni va chipqonni davolashda qo’llaniladi.
6
Juda ko’p ijobiy xususiyatlarga ega bo’lish bilan birga terak va tolning bitta
juda
katta salbiy xususiyati borki, bu terak va tolning turli-tuman zararkunanda
hasharotlar va kasalliklar bilan kuchli zararlanishidir.
Terak va tolga 700 ga yaqin zararkunanda hasharotlar va 100 ga yaqin
kasallik qo’zg’atuvchilar zarar yetkazadi. Bularning orasida eng asosiylari va ko’p
uchraydiganlari quyidagilardir: shahar mo’ylovdor qo’ng’izi (
Acolesther sarto
Sols.), terak bargkemirari (
Melasoma populis
L.), tol bargkemirari (
Plagiodera
versicolora
Haich.), o’rgimchakkana (
Tetranychus urticae
Koch.), kichik terak
zlatkasi (
Buprestis picta
Pall.), sassiq daraxtxo’r (
Cossus cossus
L.), qalqondor va
sohtaqalqondorlar, tiniq qanot (steklyannisa) -
Sciaptiron tabeniforme
K.A. va
boshqalar. Respublikamiz tog’oldi xududlarida
tengsiz ipakchi hamda arvoh
kapalaklar –brajniklar ham vaqti-bilan uchrab turadi. Bulardan, terak barg kemirari
(asosan lichinkasi) terak bargini kemirib zarar keltirsa, shiralar barg shirasini so’rib
qo’yadi. Shuningdek, shahar mo’ylovdor qo’ng’izi terakning yog’ochlangan
qismini zararlasa, terak kichik zlatkasi (tilla qo’ng’iz) po’stloq va po’stloq osti
qabatini shikastlaydi.
Shu sababli turli rivojlanish fazalari va yog’ochlikni
ishlatish davrida ham
zararkunanda va kasalliklkrga qarshi kurash choralariga jiddiy e’tibor berish zarur.
Zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash tadbirlarining muvafaqiyatli
bo’lishi ko’p jihatdan zararkunandalarning o’z vaqtida bashorat qilinishi, asosiy
zararkunandalar va kasallik qo’zg’atuvchilarning
biologik
va ekologik
xususiyatlarini to’la o’rganish va himoya chora tadbirlarining oqilona tashkil
etilishi bilan bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: