1.2-rasm.
Akasiya soxta qalqondori
(G. Vanek va b. ma’lumoti bo’yicha):
a-erkak individ; b-yetuk urg’ochi individ; c-birinchi yosh «daydi» lichinkasi; d va
e-ikkinchi va uchinchi yosh lichinkalari; f va g-qalqondor bilan zararlangan
novdalar.
sharoitida mavsumda 2-3 bo’g’in berib rivojlanadi. Oxirgi bo’g’inining lichinkalari
daraxtning novdalari va shoxlarini ishg’ol etadi.
[7,8,9,10].
O’zbekistonning janubiy hududlarida X.X. Xolmuratov (1998) tomonidan
soxta qalqondorlar tarkibida tekinxo’rlik qiluvchi 8 ta kushanda turi aniqlangan.
Bular orasida ayniqsa
Coccophagus licimnia
Walk.,
Microterus sylvius
Dalm. Va
ikkilamchi tekinxo’r
Cheiloneurus claviger
Thoms. ning ahamiyati kattadir.
Surxondaryo viloyatining ko’pgina tumanlarida xalsid
Ch.claviger
bilan 1992-
1995 yillari zararlangan soxta qalqondorlarning soni 18-31% ni tashkil qilgan.
Juda kamdan-kam sohta qalqondorlar orasida
cherves qurtlar
tunlamini uchratish
25
mumkin. Bu tunlamning qurtlari yirtqichlik qilib, qalqondor lichinkalarini terib
yeydi
[11].
Bu tunlam vakillari Farg’ona viloyatining Bog’dod tuman
xo’jaliklarida 2005 yili qayd qilingan
[18].
Olxo’ri sohta qalqondori
–
Sphaerolecanium prunastri
Fonsc. Ayniqsa
olxo’ri, shaftoli kabi danakli meva daraxtlariga, shuningdek terak va tolga qattiq
zarar yetkazadi. Uni vatanimizning barcha hududlarida uchratish mumkin. Bu
zararkunanda tushgan daraxt himoyalanmasa 2-3 yilda qurib qolishi mumkin (1.3-
rasm.).
Urg’ochi zotning qalqoni yarim shar shaklida bo’rtgan, qo’ng’ir-qora tusda.
Tanasining uzunligi 3-3,5 mm, kengligi 2,7-3,2 mm keladi. Erkagi shakli bo’yicha
keskin farq qiladi. Birinchi yosh lichinkalari oval shaklida cho’ziq, sariq yoki
qizg’ish tusda, mo’ylovi 6 bo’g’inli, tanasining chetida 13 juft tukchalari mavjud,
uzunligi 0,45 mm, kengligi 0,2 mm. Ikkinchi yosh lichinkalarining usti yupqa,
tiniq mum changi bilan qoplangan, tana chetida 19 juft tukchalari bor, uzunligi 1-2
mm [11,12].
Ikkinchi yosh lichinkalari daraxt po’stiga yopishib qishlab chiqadi. Bahorda
havo harorati 6-7° ga yetishi bilan harakatga tushgan lichinkalar qulay ochiq joy
topib oziqlana boshlaydi. Yetuk urg’ochi zotlari may oyida paydo bo’ladi va
urchib yoki urchimasdan (partenogenez) tuxum qo’yishga kirishadi. Tuxumni
o’zining qalqoni tagiga qo’yadi, bu davr 16-20 kunni egallaydi. Bitta urg’ochi zot
2 oy mobaynida 696 donagacha tuxum qo’yishi mumkin (Jorjoliani, 1991).
X.Xolmuratovning (1998) ko’rsatishicha, O’zbekiston sharoitlarida olxo’ri soxta
qalqondorining har bir urg’ochi zoti 500 dan 2000 tagacha tuxum qo’yishi
mumkin. Muallifning ko’rsatishicha, zararkunandaning ikkinchi bo’g’in
lichinkalari avgust oxirida chiqadi va 2-yoshi qishlovga tayyorgarlik ko’radi.
Olxo’ri soxta qalqondorida tekinxo’rlik qiladigan kushandalar uchrab turadi
[18].
Masalan, 2004-2006 yillari Farg’ona viloyatining Bog’dod tumani xo’jaliklarida
shaftoli, gilos, olxo’ri, olchada kuchli rivojlangan olxo’ri soxta qalqondori 2007
yilga kelib tabiiy qirilib, daraxtlar toza bo’lib qolgan.
26
Do'stlaringiz bilan baham: |