18
rangda.
Tuxumlari yashil rangda, sharsimon shaklda. Lichinkalari tukli, orqa tomoni
bo’ylab ikki qator sariq dog’lari bo’lib, ular bir-biriga qo’shilib turadi. Dog’larning
ikki yonidan ingichka sariq chiziq o’tadi. Tanasining har-bir sigmentida 6-8 ta
sarg’ish-qizil tukchalar ko’ndalang qator hosil qiladi. Tanasining uzunligi 50 mm
gacha boradi.
G’umbaklari yaltiroq, qora rangda, oq yoki sariq dog’larga ega, kulrang yoki
malla tukchalar to’plamiga ega.
O’rta Osiyoning namlik ko’proq bo’lgan hududlari tarqalgan. Cho’l
zonalarda uchramaydi.
1.5.-rasm.
Tol tunlami: a-erkagi, b-urg’ochisi, s-tuxumlari, d-lichinkasi,
e-g’umbagi, f-lichinkalarning tol novdalarida oziqlanishi.
Kapalaklarning uchishi inyuda kuzatiladi. Urg’ochilari
yashil tuxumlarini
daraxtlarning tanasi, novdali va barglarida to’p-to’p qilib qo’yadi. Yoppasiga
ko’paygan yillarda aholi yashaydigan hududlarda simyog’ochlar va devorlarda
ham tuxum qo’yadi. Tuxumlar to’plami ko’piksimon
kulrang yoki kumushrang
parda bilan qoplangan bo’lib, doirasimon yostiqchalarni eslatadi. Bitta tupda
tuxumlar soni 5 tadan 200 tagacha bo’lishi mumkin. Bitta urg’ochining
19
serpushtligi 500-700 tuxumni tashkil etadi, qulay
ob-havo sharoiti kuzatilgan
yillarda-1000 tagacha bo’lishi mumkin [3,14,17,20].
Tuxumlari 20-25
0
S haroratda 7-10 kun rivojlanadi, 12
0
S haroratda esa 21-23
kun rivojlanadi. Tuxumlardan chiqqan lichinkalar daraxtlarning bargini yumshoq
qismlarini yeb, tomirchalarini qoldiradi. Lichinkalar tullab, ikkinchi yoshga o’tadi
va hali havo harorati sovuq bo’lmasada qishlashga ketadi.
Lichinkalar daraxtlar
po’stlog’ining yoriqlarida, to’nkalarda, to’kilgan barglar ostida qishlaydi.
Lichinkalarning qishlovdan chiqishi havo haroratining sutkalik o’rtacha qiymati
10
0
S dan oshganda kuzatiladi. Bunday
harorat odatda aprel oyida, ba’zan may
oyining boshlarida kuzatiladi. Lichinkalar juda tez o’sadi va ko’p marta tullaydi.
Erkak individlar rivojlanadigan lichinkalar 7 yoshni o’taydi, urg’ochi individlar
rivojlanadigan qurtlar esa 8 yoshni o’taydi. Lichinkalar faqat toldoshlar oilasi
vakillariga zarar yetkazadi, ko’pmncha terak barglarini xush ko’radi. Teraklarning
turli turlari
bir xil darajada zararlanmaydi, qora terak va balzamsimon teraklar
ko’proq zararlanadi.
Iyun oyida lichinkalar daraxtlar tanasida,
barglar orasida, devorlarda va
simyog’ochlarda g’umbakka aylanadi. G’umbakka aylanishdan oldin lichinkalar
to’da hosil qiladi va umumiy to’r bilan o’raladi. To’dadagi lichinkalar soni 10-25
tani tashkil etadi [3,16,19,23].
Tol tunlami o’rta mintaqalarda 2 ta, janubiy hududlarda va Kavkazda 3 ta
avlod berib rivojlanadi [1]. Ba’zan populyasiyasining
bir qismi bir yillik
rivojlanish sikliga ham ega bo’lishi mumkin [6]
Tol tunlami gigrofil tur hisoblanadi. U qalin o’sgan, namlik yuqori bo’lgan
daraxtzorlarni ko’proq yoqtiradi. Tol tunlami vaqti-vaqti bilan yoppasiga ko’payib
ketadi va bu holat bir necha yil davom etadi. Bunday holatlar, ayniqsa, namlik
yuqori bo’lgan yillarda kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: