14
kuzatiladi. Yoppasiga uchish vaqtida kapalaklar deyarli barcha joylarda,
to’nkalarda, sinib yotgan cho’plarda, toshlar ustiga, qurilishlarda va ustunlarda
ham tuhum qo’yadi. Ba’zan tuxumlari shunchalik ko’p bo’ladiki, ular qo’shilib,
yaxlit qoplamni hosil qiladi [3,4,5].
To’pda tuxumlar soni turlicha bo’ladi. Urg’ochilarining serpushligi yillarga
va geografik hududlarga qarab turlicha. Bitta urg’ochi 300 dan 450 tagacha, ba’zan
1200 tagacha tuxum qo’yadi. Tuxumlari tukchalar bilan qoplanganligi sababli
noqulay sharoitlarga juda chidamli (-30
0
S sovuqqa ham chidaydi).
Tuxumlar ichida kuzda lichinkalar shakllanadi
va ular butun qish davomida
diapauzaga ketadi. Tuxum ichidagi qurtlarning tirikligini tuxum po’stini yorib,
osongina aniqlash mumkin. Tirik lichinkalar tanasi tarang va qattiq, qora rangda
bo’ladi va tuxumning butun bo’shlig’ini egallagan bo’ladi. Bo’sh tuxumlar tiniq
rangda bo’lganligi sababli, ularni osongina aniqlasa bo’ladi.
Tuxumlardan lichinkalarning chiqishi aprel-may oylariga to’g’ri keladi.
Lichinkalarning chiqishi uchun havoning harorati kunduzi +15
0
S bo’lishi zarur
(sutkalik o’rtacha harorat +6
0
S dan yuqori bo’lishi kerak) [1,4,8].
Tuxumdan chiqqan lichinkalarda 16 ta oyoq bo’ladi.
Bosh qismi xira-
qoramtir, oltita bo’ylama to’q rangdagi xollarga ega, ingichka uzun va kalta
qalqonsimon tukchalar bilan qoplangan. Lichinkalar tuxum qobig’ini yeb qo’yadi
va bir necha kun to’p bo’lib turadi. Keyin daraxt tanasi bo’ylab yuqoriga ko’tarilib,
barglar bilan oziqlana boshlaydi.
Toq ipak qurtining lichinkalari issiqsevar, shu sababli daraxtlarning yaxshi
yorug’liq
tushadigan, yaxshi qiziydigan qismlarida ko’plab to’planadi. 20-25
0
S
harorat ular uchun juda qulay. Harorat pasayishi ularning oziqlanish faolligini
pasaytiradi. +10
0
S dan past haroratda lichinkalar oziqlanishi butunlay to’xtaydi.
Erkak kapalaklar rivojlanadigan lichinkalar 4 marta tullaydi va besh yoshni
o’taydi, urg’ochi kapalak rivojlanadigan lichinkalar esa besh marta tullab, olti
yoshni o’taydi. Lichinkalarning to’liq rivojlanishi uchun 650-700
0
samarali harorat
yig’indisi talab etiladi. Optimal sharoitlarda lichinkalar 34-40 kunda rivojlanadi,
15
harorat yetishmaganda esa rivojlanishga 50-80 kun ketadi.
Iyunda lichinkalar
g’umbakka aylana boshlaydi [1,4,8].
Toq ipak qurti hammaxo’r zararkunanda. Uning serpushtligi va
yashovchanligi yuqori bo’lgan avlodlari lichinkalar eman, mevali daraxtlar va
terakda oziqlanganda yuzaga chiqadi.
Lichinkalar rivojlanishni tugatib,
daraxtlarning shoxlarida, po’stlog’ida,
po’stloq yoriqlarida g’umbakka aylanadi. Shoxlarda ular to’da hosil qiladi va
kemirilgan barg qoldiklarini yopishtirib, o’ziga xos uyalar quradi.
Toq ipak qurtining yoppasiga ko’paygan yillari terak daraxtlari, ayniqsa
katta zarar ko’radi, daraxtlar yalong’och bo’lib qoladi.
Zararkunandaning yoppasiga ko’payib ketishini oldini olish uchun
sistematik ravishda kuzatish va kurash choralarini olib borish zarur.
Kuzatuv
ishlarini to’g’ri tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Avvalo, zararkunandaning
soni ko’payib ketmasdanoq kurash choralarini qo’llash zarur. Kuzatuv ishlari
kuzda daraxtlardagi tuxumlar sonini, og’irligini, yashovchanligini aniqlash bilan
boshlanadi. Tengsiz ipak qurtini prognoz qilishda kuzda
itta daraxtdagi tuxumlar
soni va tuxumlarning og’irligini hisoblash muhim hisoblanadi. Agar
bittatuxumning og’irligi 0,6 mg dan kichik bo’lsa, zararkunandaning hayotchanligi
pasayib ketadi. Kuzda daraxtlarni tuxumlardan tozalash uchun turli tuman
moddalar bilan ularni yo’qotish zarur. Buning uchun neft, mazut, kerosin va
boshqa moddalardan foydalanish mumkin. Bahorda tuxumlardan lichinkalar
chiqishi bilan kimyoviy kurash choralari o’tkaziladi [1,4,8].
Do'stlaringiz bilan baham: