16
Tuxumlari
keng
ovalsimon, xira rangda,
yuzasi
g’adir-budur,
asta-sekin
qorayib
boradi. Kattaligi 0,34 x
0,28 mm.
Dastlabki
ikki
yoshdagi
lichinkalari
yorqin rangda, ko’krak
sigmentlari keng, oyoqlari mavjud emas. Uchinchi yosh lichinkalar tiniq-qirmizi
rangda, oyoqlari rivojlangan. To’rtinchi
yosh lichinkalari oqish, lekin tanasining
keyingi qismi qizg’ish, qorin qismida ham oyoqlari bor va ular ko’krak
oyoqlaridan farq qiladi. Lichinkalarning kattaligi 5 mm gacha [2,4,5,7,9,20].
G’umbaklari yorqin-qo’ng’ir rangda, yaltiroq, qorin tomoni bir oz
o’tkirlashgan. Oyoqlari va qanotlarining qoplag’ichi erkin, uzun va qorinning 7-
sigmentigacha davom etadi. G’umbakning uzunligi 3,8-4,2 mm.
Terak kuyasi O’rta Osiyo, Yevropa, Qozog’iston, Sibirda tarqalgan. Bahorda
qishlab chiqqan kapalaklar maydan boshlab inyugacha uchadi.
Kapalaklarning
uchib chiqishi bahordagi ob-havoning qanday bo’lishiga bog’liq. Bahor issiq
kelgan yillarda kapalaklarning uchib chiqishi aprel oylarida ham kuzatiladi.
Urg’ochi kapalaklar oldingi yilgi novdalarda hosil bo’lgan barglarga bitta tuxum
qo’yadi (yangi novdalarda tuxumlar uchramaydi). Kapalaklar 32 tagacha tuxum
qo’yadi va har bir tuxumni qo’shimcha jinsiy bezlardan
ajralgan shilimshiq bilan
o’raydi, shu sababli tuxumlarini payqash qiyinroq. Tuxumdan chiqqan lichinkalar
bargni teshib, barg etiga o’tadi va barg etida ovalsimon-yumaloq yo’l (mina)
ochadi. Bu minalar oldiniga faqat bargning ostki tomonidan seziladi, keyinchalik
ustki tomondan ham seziladigan bo’lib qoladi. Minalarning maydoni 150-160
mm
2
. Ko’p hollarda bar plastinkasining kattagina qismi minalar bilan qoplanadi va
marmarsimon dog’lar shakliga kiradi. Lichinkalar rivojlanish davomida 4 marta
tullaydi va 5 yoshni o’taydi [2,4,5,7,9,20,21,22,24,26].
17
Lichinkalar barg etidagi minalarda pillaga o’ralib g’umbakka aylanadi.
G’umbakka aylanish iyunning o’rtalaridan iyulgacha davom etadi. G’umbaklik
davri 8-9 kun davom etadi, ba’zan 5-6 kun rivojlanishi mumkin. Kapalaklar uchib
chiqishidan oldin, g’umbaklarning yarmigacha bargning
yuza qismiga chiqib
qoladi. G’umbaklardan kapalaklarning yoppasiga uchib chiqishi iyuldan
avgustgacha kuzatiladi. Yozning issiq kunlari va kuzda kapalaklar uchib yuradi va
tarqaladi. Ba’zi kapalaklar tuxum qo’yishga ham kirishadi. Lekin ko’pchilik
kapalaklar qishlovga ketadi. Qishlash uchun qari daraxtlar po’stlog’ining yoriqlari,
chuqurchalariga va boshqa yashirin joylarga kirib oladi. Arealining ko’p qismida
faqat bitta avlod beri rivojlanadi [5,20,24,26]..
Terak kuyasi terakning barchi turlari zararlaydi.
Ammo, ba’zi
tadqiqotchilarning ko’rsatishicha, qora terak va Kanada teragi terak kuyasi bilan
zararlanmaydi [2,7,9, 26]., shuningdek Xitoy teragi ham terak kuyasi bilan kuchsiz
zararlanadi [4,5,21,24]..
Kuchli zararlangan terak daraxtlarining barglari muddatidan oldin to’kilib
ketadi. Fotosintez jarayoni izdan chiqadi, daraxtlarning o’sshi sekinlashadi.
Terak kuyasining tabiy kushandalari ham talaygina. Kuyalar ba’zan
yaydoqchilar tomonidan kattagina miqdorda qiriladi (57% gacha).
Kasalliklar
tomonidan terak kuyalarining soni 18% gacha kamayishi mumkin [29]. Bundan
tashqari kuyalarning anchagina qismi qishda sovuqdan ham qiriladi, ayniqsa,
sovuq va iliq ob-havoning almashinuvi kuyalarning ko’plab nobud bo’lishigi sabab
bo’ladi.
Keyingi yillarda terak kuyasining soni keskin ko’payib ketib, shahar va
qishloqlardagi teraklarning ko’plab nobud bo’lishiga sabab bo’lmoqda. Kuyalarga
qarshi kurashish uchun terakning kuyaga chidamli turlarini ekish, to’planib turgan
kapalaklarni bosim ostidagi suv bilan
urib tushirish ham mumkin, bunda
kapalaklar nobud bo’ladi. Turli kimyoviy vositalardan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: