2. Mexanik tuyg‘u, eshitish. Xemoresepsiya, ta’am va xid bilish a’zolari



Download 7,57 Mb.
bet1/6
Sana09.05.2023
Hajmi7,57 Mb.
#936564
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-mavzu taqdimoti. Hasharotlarning sezgi organlari

9-mavzu: Hasharotlarning sezgi organlari. Reja: 1. Sezgi a’zolarining xususiyatlari. 2. Mexanik tuyg‘u, eshitish. 3. Xemoresepsiya, ta’am va xid bilish a’zolari. 4. Gigrotermik sezgi. 5. Fotoresepsiya. 6. Ommatidiyning tuzilishi, appozision va superpozision ko’rish.

  • Ba'zi kapalaklarning tuxum qo'ygichida oddiy ko'zlari bo’lib, bu ularga tuxum qo'yish joyini aniqlashga yordam beradi (ular tanasining orqa qismi bilan ham ko'rishadi)!
  • Erkak chivin qanotlarini qoqiqishiga qarab, tuxum qo‘ygan urg‘ochidan juft qidirayotgan urg‘ochisini farqlay oladi!
  • Bit va boshqa qon so'ruvchi hasharotlar xo’jayinlarini nafasini yoki ular chiqarayotgan havoni hidlash orqali topa oladi!
  • Suvaraklarda serki deb ataluvchi maxsus “dumlari” kichik qo’zg’alishlarni ham seza oladi. Bizni oyoq harakatlarimizdan hosil bo’lgan havodagi oqim o’zgarishlari orqali ham sezib, tezda qochib qoladi!
  • Chumolilar o‘z qabiladoshlarini bosqinchilardan, ishchilarni esa o‘z malikasidan hidiga qarab ajrata oladi. Ular hatto o'lik chumolilarni hididan aniqlaydi. Agarda, tirik chumoliga o'lik chumolining hidini o’tkazilsa, qabiladoshlari uni ko'mishga harakat qilishadi! (https://students.washington.edu/nbout/LessonPlans/insectsenses.pdf)
  • Chivinlar tez harakatlarni odamlarga qaraganda yaxshi ilg’ay oladi va shuning uchun ham ularni tutish qiyinchilik tug’diradi!
  • (https://students.washington.edu/nbout/LessonPlans/insectsenses.pdf)
  • Hasharotlar xuddi biz kabi og‘izlari bilan ta’m bilishadi, lekin ularning ko‘pchiligi oyoqlari bilan ta’mni sezadi! (Sinab ko’rishni tavsiya qilmayman!)
  • (https://students.washington.edu/nbout/LessonPlans/insectsenses.pdf)
  • Kapalaklarning nega rang-barang ekanligi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Ko'plab kapalaklar ranglarni bizdan ko'ra besh baravar ko'proq ko'rish imkoniyatiga ega!
  • Qo’shimcha ma’lumot: O'rgimchaklar hayratlanarli darajada tebranishlarni his etish qobiliyatiga ega. Ular o'z to’rlarining tebranishlaridan nafaqat ob'ektning joylashishini, balki u daraxt shoxi, dushman yoki qanday turdagi oziqa ekanligini ham aniqlay oladi (*Izoh: O'rgimchaklar hasharotlar sinfiga mansub emas).
  • Suv yuzasi bo'ylab sirpanib yuradigan ayrim hasharotlar (suv qandalalari) xuddi o'rgimchak o'z to’ridan foydalangani kabi, yirtqichlar yoki o'ljalarni ularning hosil qiladigan to'lqinlaridan aniqlay oladi!
  • Hasharotlarning quloqlari hamma joyda uchraydi! Masalan, chigirtkalarniki oyoqlarida, beshiktebratarniki qornida, chivinlarniki antennalari asosida joylashgan.
  • Hasharotlar xuddi biz kabi og‘izlari bilan ta’m bilishadi, lekin ularning ko‘pchiligi oyoqlari bilan ta’mni sezadi! (Sinab ko’rishni tavsiya qilmayman!)
  • Nima deb oylaysiz?
  • Termitga ozuqaga eltuvchi yo’lni ko’k siyoh yordamida chizib, strelka bilan ko’rsatib qo’ysak, chiziq bo’ylab harakatlanarmikan?
  • Strelka yo’nalishini-chi, nima deb oylaysiz, aniqlay olarmikan?
  • Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti professori S.Yu.Chaykaning tadqiqotlariga ko’ra (2015), qo'ng'izlar (Coleoptera) lichinkalarining sezgi organlari filogenetik, ekologik xususiyatlari va trofik ixtisoslashuviga qarab turli-tuman xossalarga ega. Masalan, Curculionidae katta oilasining polifag turlarida monofaglarga nisbatan og’iz organlarida sezgir tukchalari ko’p ekanligi aniqlangan. Shuningdek, ksilobiont turlarda ham pastki lablarida sensillalari boshqa ekologik guruxlarga nisbatan juda ko'p bo’lishi aniqlangan.
  • Ushbu katta oilaga kiruvchi 8 ta oilaga mansub qo’ng’izlarda olib borilgan tadqiqotlarda, ularning og’iz organlari va antennalarida 18 xil sezgi tukchalari borligi aniqlangan (ular asosan xemoreseptorlar). (https://www.researchgate.net/publication/291970419_Sensory_organs_and_systems_of_insects_beetle_larvae_Coleoptera ).
  • Kimyoviy sezgilarga ta'm va hid bilan bog'liq bo'lgan, juftlashishga, yashash joyini tanlashga, oziqlanishga va fitofag-xo’jayin hamda parazit-xo’jayin munosabatlarida kimyoviy retseptorlardan foydalanish kiradi. Ta'm bilish reseptorlari odatda, hasharotlarning og'iz organlarida joylashgan, ammo ba'zi hasharotlar, masalan, asalarilar, ari va chumolilarda ta'm bilish reseptorlari antennalarida ham bo'ladi. Ta'm bilish organlari kapalak va pashshalarning oyoqlarida ham uchraydi. Xid bilish organlari hasharotlarning antennalarida joylashgan bo’ladi. Mexanik sezgilar yoki kutikuladagi tuklar hasharotlarga bosim, teginish va tebranish kabi ta’sirlarni sezish imkonini beradi. Eshitish tuzilmalari yoki timpanal organlar tananing qanotlar, qorin, oyoqlar va antennalari kabi turli qismlarida joylashgan. Ular hasharotlar turiga qarab 100 Gts dan 240 Gts gacha bo'lgan turli chastotalarga javob bera oladi. Ko'pgina hasharotlar bo'g'imlarida harakatni qayd qiluvchi yoki tananing fazodagi holatini nazorat qiluvchi tuklari (proprioreseptorlar) mavjud.. Ichki organlardagi maxsus (cho'zilish) retseptorlar mushaklarning cho'zilishi va ovqat hazm qilish tizimining cho'zilishini sezadi.
  • Hasharotlarning sezgi a’zolari – atrof-muhitdan optik, tovush va boshqa signallarni qabul qilish va idrok etish uchun mas'ul bo'lgan sodda yoki murakkab tuzilmalardir.
  • Sezgi organlarining tuzilishi yoki ularning shakllanishida nafaqat nerv hujayralari, balki boshqa to'qimalarning hosilalari ham ishtirok etadi. Ular periferik nerv tizimining elementlari hisoblanib, sezgir nerv uchlarini o'z ichiga oladi.
  • Hasharotlarning eshitish organlarining tuzilishi sezgir tuklar, shuningdek, tebranishlarni idrok etuvchi, muvozanat va tananing fazodagi holatini aniqlovchi tuzilmalar kabi mexanik sezgi organlarining tuzilishiga o'xshaydi. Ba'zi hasharotlar umuman eshitish qobiliyatiga ega emas, ba'zilari esa juda yaxshi eshitadi. Eshitish organlari o'zlari tovush chiqarish imkoniyatiga ega bo’lgan turlarda ayniqsa yaxshi rivojlangan. Eshitish organlarining tuzilishi turli hasharotlarda farq qiladi.

  • Download 7,57 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish