1.3-rasm.
Olxo’ri soxta qalqondori shoftoli daraxtida
:
1,2 – novda ustidagi yetuk individlar, 3-qalqondorlar bilan
oziqlanadigan yagona tunlam qurti.
X. Xolmuratovning (1998) ta’kidlashicha, O’zbekistonda yana bir tur –
shaftoli soxta qalqondori –
Parthenolecanium persicae
F. ham keng tarqalgan
bo’lib, muayyan darajada daraxtlarga zarar yetkazib turadi.
Komstok qurti
–
Psyeudococcus comstocki
Kuw. Teng qanotlilar
turkumining, koksidlar –
Coccinyea
kenja turkumiga mansub. Keng tarqalgan,
hammaxo’r hasharot. Uni deyarli barcha mevali va manzarali daraxt, daraxtsimon
o’simliklar hamda ayrim o’tsimon o’simliklarda (hatto tut qatorlariga yaqin
joylarda g’o’zada ham) uchratish mumkin. Mevali daraxtlardan anor, olma, nok,
shaftoli, shuningdek tutlarni qattiq zararlaydi
[7,8,9,10].
Erkak va urg’ochi zotlari tashqi tuzilishi bo’yicha keskin farqlanadi.
Urg’ochisi yassi shaklli, qanotsiz, kam harakat bo’lsa, erkagi 1 juft qanotli,
serharakat, rangi qizg’ish-jigarrang tusda, uzunligi 1-1,5 mm, mo’ylovlari 10
bo’g’inli.
Urg’ochisining uzunligi 3-4 mm dan 5-6 mm gacha. Tanasi oq mumsimon
qipiq bilan qoplanganligidan oq bo’lib ko’zga tashlanadi. Tanasining chetlarida 17
juft o’simtalar mavjud. Bulardan oxirgi 2 tasi tanasining yarmicha keladi.
Tuxumining uzunligi 0,3 mm, bir tomonidan toraygan oval shaklda. Rangi sariq-
27
zarg’aldoq bo’lib, yupqa oq gard bilan qoplangan. Lichinkalari birinchi yoshda
0,45 mm keladi, oval shaklda, u tezda oq g’uborga o’raladi, ikkita dumchaga ega,
yonida o’simtalari yo’q. Ikkinchi yosh lichinkalarining (1 mm) 6 bo’g’inli
mo’ylovi bor. Uchinchi yoshda (1,7 mm) mo’ylovi 7 bo’g’inli, yonlarida 16 juft
o’sig’i ham bilinib turadi.
Komstok qurti turli joylarda: daraxt, uzum po’stloqlarining osti, ildiz
atroflari, xazon orasi, devor yoriqlarida tuxumlik shaklida qishlab chiqadi.
Urg’ochi zot tuxum qo’yish paytida mumsimon oq par (ovisak) chiqarib, ichiga
joylashtiradi. Qolgan shakllari (lichinka, yetuk zot) qish paytida o’lib ketadi.
Qishda tuxumlarining ham ko’p qismi o’lib ketishi mumkin. Bahorda (mart-aprel)
tuxumlardan lichinkalar ochib chiqib daraxt tanasi bo’ylab harakat qiladi va qulay
joy tanlagach, uni sanchib so’rishga kirishadi
[7,10,18].
Komstok qurti harakatlanib uzoqqa ko’chib o’ta olmaydi. U asosan turli
nofaol yo’llar bilan: ko’chat va mevalarning ustida, suv oqimi, qishloq xo’jaligida
ishlatiladigan asbob-uskuna, kiyimkechak kabi vositalar orqali joydan-joyga
ko’chib o’tishi mumkin. Uch yoshni boshdan kechirgach, komstok qurti yetuk
zotga aylanadi va 10-30 kunlardan keyin tuxum qo’yishga kirishadi. Har bir zot
qo’ygan tuxum soni birinchi bo’g’inida (250 tadan 650 tagacha) eng ko’p bo’ladi.
O’zbekiston sharoitida Komstok qurti mavsumda 3-4 bo’g’in berib rivojlanadi.
Komstok qurtining ixtisoslashgan kushandalariga ilk bor chet eldan
introduksiya qilingan psevdafikus (
Pseudaphicus malinus
Gah.) ichki paraziti,
hammaxo’r oltinko’z lichinkalari va «hon qizi» –koksinellidlarni (qo’ng’izi va
lichinkalari) kiritish mumkin.
Komstok qurti madaniy va yovvoyi o’simliklarning 300 dan ko’p turini
zararlashi mumkin. U o’simliklarning barcha qismini (mevasini, hatto ildizini ham)
shikastlaydi. Qurtlari odatda bargning orqa tomonidagi tomirlar bo’ylab
oziqlanadi. Qurtning zararidan o’simlik barglari sarg’ayib quriydi, novdalari
qing’ir-qiyshiq bo’lib qoladi, daraxt tanasi, ildizlari va shoxlarida shish va yoriqlar
hosil bo’ladi. Bunday daraxt zaiflashib, ikkilamchi (po’stloqxo’r) zararkunandalar
28
bilan tezroq zararlanadi. Mevalarning sifati yomonlashib, daraxt hosildorligi
pasayib ketadi.
Kurash choralari
. 1. Komstok qurti ichki karantin obyekti hisoblanadi, bu sohada
nazarda tutilgan amaliy tadbirlarga qat’iy rioya qilish zarur.
2. Tashkiliy-xo’jalik, agrotexnik, biologik va kimyoviy usullar yordamida
zararlangan daraxtlardagi komstok qurti zichligini kamaytirish, uning keyinchalik
rivojlanishi uchun noqulay sharoit yaratish va to’g’ridan-to’g’ri daraxt va mevani
himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish lozim.
3. Biologik kurash sifatida psevdafikusni laboratoriya va dala sharoitlarida
ko’paytirish mumkin. Buning uchun kuzda mumiyalashgan komstok qurtlarini
tabiatda yig’ishtirib olib, laboratoriyaga olib kelinadi va sovutgichlarda -3 dan +6°
gacha bo’lgan sharotda bahorgacha saqlanadi. Mart-aprel oylarida esa qaytadan
tabiatga, komstok qurti tarqalgan daraxtlarga qo’yib yuboriladi.
4. Kimyoviy kurash sifatida komstok qurti tarqalgan daraxt va o’simliklarga
quyidagi insektisidlar bilan ishlov buriladi:
siperfos
– 0,1%,
dursban
– 0,1%,
karate, talstar
(0,05%),
benzofosfat
– 0,3%,
mospilan
–0,02%,
konfidor
– 0,03%,
sipermetrin
– 0,03%.
Do'stlaringiz bilan baham: |