39
3.1.-Jadval
T/r
Turning nomi
Turkum
1
Shahar mo’ylovdori
-Ayeolesthes sarta
Coleoptera:
Ceramlycidae
2
Terak bargxo’ri
-Melosoma populi
Coleoptera:
Chrysomelidae
3
Tol bargxo’ri-
Plagiodera versicolara
Coleoptera:
Chrysomelidae
4
Sharq bargxo’ri-
Adelastica alni orientalis
Coleoptera:
Chrysomelidae
5
Tol po’stloqxo’ri
Saliciphilus machnovskii
Coleoptera:
Ipidae
6
Akasiya shirasi-
Aphis craccivora
Homoptera:
Aphidinea
7
Bo’rtgan terak qalqondori-
Aspidiotus
slavonica
Homoptera:
Diapspididae
8
Terak kuyasi yoki targ’il kuya-
Lithocolletis
populiella
Lepidoptera:
Hyponomeutidae
9
Tengsiz ipakchi -
Lymantria dispar
Lepidoptera:
Lymantriidae
3.2. Sharq bargxo’ri -Agelastica orientalis Baly.
Sharq bagxo’ri
(Agelastica orientalis Baly.)
terak
va tolning ashaddiy
zararkunandalaridan biridir.
Bargxo’rlarning yoppasiga ko’payib ketgan yillarda
daraxtlarga zarari, ayniqsa kuchli seziladi. O’zbekistonda ko’p marotaba sharq
bargxo’ri sonining yoppasiga ko’payish holatlari kuzatilgan. P.P.Arxangelskiy
ma’lumotlariga ko’ra (ma’lumotlar I.K.Lopatin va K.Z.Kulikovalar
ishlaridan
olindi), sharq bargxo’ri lichinkalari, odatda, terak va tol barglari bilan oziqlansada,
olma o’simligiga o’tib, olmaning barglari, mevalari bilan oziqlanadi va
nihollarning kuchsizlanib qolishiga sabab bo’ladi.
Shu sababli, ushbu
zararkunandaning biologik va ekologik xususiyatlarini to’la tahlil qilish muhim
hisoblanadi.
Sharq bagxo’rini o’rganish bo’yicha tadqiqotlar 2017 yilning bahor-yoz-kuz
fasllarida olib borildi. Bunda oq tol yoki kumush tol (Salix alba L.),
oq terak
(Populus alba L.), piramidasimon terak (P. pyramidalis Salisb.), ballzam teragi (R.
balsamifera L.), Kaliforniya teragi (R. bolleana Louche) tanlandi.
40
Sharq bargxo’ri erta bahorgi zararkunanda hisoblanadi. Bu qo’ng’izlarning
rivojlanishi daraxtlar kurtaklarining bo’rta boshlashi bilan boshlanadi va
qo’ng’izlar endi ochilayotgan kurtaklar va yosh barglarni zararlashni boshlaydi.
Sharq bargxo’ri oligofag hasharotlar jumlasiga kiradi. Barcha qo’ng’izlar
kabi, bargxo’rlar ham to’liq o’zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlardir.
Sharq bargxo’ri tabiatda terak va toldan tashqari boshqa daraxtlarni ham,
jumladan, qora olxa (Alnus glutinosa) i kulrang olxa (A. incana), eman (Betula sp.)
va ba’zi mevali daraxtlarni ham zararlaydi [25].
Sharq bargxo’ri qo’ng’izlari yaltiroq, ko’k-binafsha rangda. Tanasi cho’ziq,
ovalsimon-tuxumsimon, keyingi qismi kengaygan, bo’rtib turadi. Tanasining ustki
qismi yalang’och, ya’ni tuklari yo’q. Peshona kili keng, uchburchaksimon, bo’rtib
chiqmagan, peshona do’mboqchalari yirik, chakkasidan uncha katta bo’lmagan
bo’rtiqchalar bilan chegaralangan. Mo’ylovlari
uncha qalin emas, ipsimon.
Oldko’kragi juda enli, chetki qismlari doirasimon, targ’il, bo’rtiqchalarga ega
emas.
Ustqanotlari qalin
nuqtachalarga ega,
yen tomonlarda chetlari
ingichkalashgan va qayirma hosil qilgan. Qaymrmalar yelkadan boshlanib,
qanotlarning o’rtalarigacha davom etadi. Epiplevrasi
asta-sekin ingichlashib
boradi. Pigidiylari qavssimon ko’ndalang chiziqlar bilan ajralgan, yuqorigi qismi
qalin chuqurchalar shaklidagi nuqtachalar bilan qoplangan.
Oldingi tos qismi ochiq. Son qismi o’siqchali. Mo’ylovlari, boldiri va
panjalari qora rangda. Tirnoqlari asosida tishchalari mavjud.
Tanasining uzunligi
6,0-7,5 mm.
Qo’ng’izlar tuproqda, oziqlangan daraxtlar yaqinida, tuproqning 5 sm gacha
bo’lgan chuqurligida qishlaydi. Qo’ng’izlar mart oyida, ba’zan aprelning
boshlarida qishlovdan chiqadi. Qo’ng’izlarning qishlovdan chiqishi uchun sutkalik
o’rtacha harorat 14
0
S dan yuqori bo’lishi kerak. Biroz vaqt, ayniqsa, havo harorati
pastroq bo’lganda, qo’ng’izlar oziqlanmaydi va daraxt
tanasi va novdalarida
o’tirib, quyoshda toblanadi. Keyin qo’ng’izlar bo’rtayotgan kurtaklarni kemira
boshlaydi, so’ngra esa tol va terakning barglari bilan oziqlana boshlaydi.
Qo’ng’izlar bargda juda ko’p teshikchalar hosil qilib kemiradi,
hatto mayda barg
41
tomirchalarini ham kemiradi, lekin asosiy tomirchalarga tegmaydi. Qo’ng’izlar
soni yuqori bo’lgan davrlarda ular barg plastinkasini butunlay yeb qo’yishi ham
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: