46
3.3.
Terak kuyasi yoki targ’il kuya-
Lithocolletis populiella
L.
Targ’il kuyalar (
Lithocolletidae)
oilasining juda ko’pchilik turlari madaniy
va manzarali o’simliklarning ashaddiy zararkunandalari hisoblanadi. Terak va tol
daraxtlarida ushbu oila mansub bir nechta tur zarar yetkazadi.
Bularga quyidagi
turlar kiradi:
Tol targ’il kuyasi- Gracilaria stigmatella.
Bu tur Yevropa va O’rta
Osiyo keng tarqalgan. Lichinkalari tol va terak barglari bilan oziqlanadi, oldiniga
barglarda minalar hosil qiladi, keyinchalik o’ralib
qolgan barglarda oziqlanib,
ularni skeletini qoldiradi.
Tol minalovchi targ’il kuyasi-
Lithocolletis salicicolella.
Bu tur
O’rtaOsiyoda uchramaydi, lekin Yevropada tol daraxtlariga sezilarli zarar
yetkazadi. Tol barglarining ostki tomonidan minalar hosil qilib oziqlanadi.
Rakit (tol) minalovchi kuyasi
-
Lithocolletis spinolella
Dup
.
Yevropada
tarqalgan. Lichinkalari tol barglarining ostki tomonida minalar hosil qilib, barg eti
bilan oziqlanadi.
Yong’oq minalovchi targ’il kuyasi
-
Lithoeolletis ulmifolielta
Hb. Bu tur
Yevropa va O’rta Osiyoda tarqalgan. Yong’oq, eman, tol va terak kabi daraxtlar
bargining ostki tomoni minalar hosil qilib oziqlanadi.
O’rta Osiyoda eng keng tarqalgan va terak hamda tol daraxtlariga jiddiy xavf
soladigan tur – bu terak targ’il kuyasidir-
Lithocolletis populiella
L.
Terak targ’il
kuyasi O’rta Osiyo, Kavkaz, Ukraina, Rossiya va G’arbiy
Yevropada keng
tarqalgan. Terak va tolning turli navlari va turlarini zararlaydi [21,22,24].
Terak kuyasi kapalaklarining kattaligi 8-10mm. Oltingi qanotlari targ’il
bo’lishidan targ’il kuya nomini olgan. Lichinkalarining kattaligi 5 mm, ochiq sariq
rangda, deyarli oq.
Terak kuyasi yetuk kapalak davrida qishlaydi. Erta bahorda dastlabki
kapalaklar aprelning boshlarida paydo bo’ladi. Lichinkalari terak bargi bilan
oziqlanadi. Barg plastinkasining ostki tomonida minalar hosil qiladi. Shu
minalarda g’umbakka aylanadi. Lichinkalar barg etidagi minalarda pillaga o’ralib
g’umbakka aylanadi. G’umbakka aylanish iyunning o’rtalaridan iyulgacha davom
47
etadi. G’umbaklik davri 8-9 kun davom etadi, ba’zan 5-6 kun rivojlanishi mumkin.
Kapalaklar
uchib chiqishidan oldin, g’umbaklarning yarmigacha bargning yuza
qismiga chiqib qoladi. G’umbaklardan kapalaklarning yoppasiga uchib chiqishi
iyuldan avgustgacha kuzatiladi. Yozning issiq kunlari va kuzda kapalaklar uchib
yuradi va tarqaladi. Ba’zi kapalaklar tuxum qo’yishga ham kirishadi.
Lekin
ko’pchilik kapalaklar qishlovga ketadi. Qishlash uchun qari daraxtlar
po’stlog’ining yoriqlari, chuqurchalariga va boshqa yashirin joylarga kirib oladi.
Arealining ko’p qismida faqat bitta avlod beri rivojlanadi.
Iyunda kapalaklarning ikkinchi avlodi uchib chiqadi. Uchib chiqqan
kapalaklarning bir qismi tuxum qo’yishga kirishadi va kuyalarning ikkinchi avlodi
rivojlanadi. Kechroq uchib chiqqan kuyalar esa oziqlanmaydi
va avgustning oxiri
va sentyabrning boshlaridan qishlashga ketadi. Iyul-avgust oylarida kuyalarning
ikkinchi avlodi rivojlanadi. Shunday qilib, Urgut
Do'stlaringiz bilan baham: