50
Yo’llarning chekka qismida o’sayotgan daraxtlar
bargining zararlanish
darajasi o’rtacha 90,1 % ni tashkil etdi va bitta bargdagi minalarning o’rtacha soni
16,4 tani tashkil etdi. Barg yuzasining lichinkalar bilan zararlangan qismi esa
66,6% ni tashkil etdi.
3.3.-jadval
Terak barglarining terak kuyasi bilan zararlanish darajasi
(Urgut tumani, 2017)
Tekshirilgan
daraxtlar
Zararlangan
barglar, %
Bargdagi
minalar soni
Bargning
zararlangan
yuzasi, %
Aholi hovlisidagi daraxtlar
1
80,0
21
77,0
2
84,0
12
58,5
3
76,0
5
22,0
4
85,7
17
67,0
5
74,5
19
70,0
Yo’llar chetidagi daraxtlar
1
96,0
24
79,0
2
90,0
10
60,0
3
95,0
14
66,0
4
85,0
18
72,0
5
84,5
16
56,0
Demak, yo’llarning chekka qismida o’sayotgan daraxtlar bargining
zararlanish darajasi hovlilarda o’sayotgan daraxtlarga nisbatan 10%
ga yuqori
bo’lishi, bitta birgdagi minalarning o’rtacha soni 1,6 taga ko’p bo’lishi va
zararlangan barg yuzasi 7,7% ga yuqori bo’lishi aniqlandi.
Bunday farqning yuzaga kelishiga asosiy sabab, hovlilarda o’sayotgan
daraxtlar yakka-yakka bo’lishidir. Ko’chalarning chekka qismida ekilgan teraklar
51
zich joylashgan va bu holat daraxtlarning kuyalar bilan
zararlanishi uchun qulay
vaziyat tug’diradi.
Terak kuyasining muhim biologik xususiyatlaridan biri uning rivojlanishida
yoppasiga ko’payib ketish-portlash holatlari sodir bo’lib turadi. Bunday davrlarda
daraxtlar juda katta zarar yetkazadi. Bu davrda terak kuyasi kapalaklari
xonadonlarda ham ko’payib ketib, aholini bezovta qiladi.
Terak kuyasi sonini kamaytirib turishda
uning entomofaglari muhim
ahamiyatga ega. Terak kuyasi entomofaglarini o’rganish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar
alohida hududlar uchun mavjud bo’lib, bu ishlarni umumlashtirilgan holatlari
uchramaydi. Ma’lumotlarga ko’ra, Paleoarktik viloyatda terak kuyasi
parazitlarining 23 turi, Yevropada 20 turi, Kavkaz va Qirg’izistonda 2
tadan turi,
Rossiyaning Moskva viloyatida 21 turi tarqalgan [4]. O’zbekiston sharoitida terak
kuyasining entomofaglarini o’rganish bo’yicha ma’lumotlar uchramaydi.
Shunday qilib ushbu bobda keltirilgan ma’lumotlar asosida quyidagi
xulosalarni qilish mumkin:
1. Urgut tumanida terak va tolga zarar keltiruvchi hasharotlarning 9 ta turi
tarqalgan bo’lib, ular qattiqqanotlilar turmining
Ceramlycidae, Chrysomelidae
va
Ipidae
oilalariga mansub 5 ta tur,
tengqanotlilar turkumining
Aphidinea
va
Diapspididae
oilalariga mansub 2 ta tur, kapalaklar turkumining
Hyponomeutidae
va
Lymantriidae
oilalariga mansub 2 ta turdan iborat.
2. Terak va tol zararkunandalari orasida sharq bagxo’ri
(Agelastica
orientalis), terak kuyasi yoki targ’il kuya (
Lithocolletis populiella
) va terak
bargxo’ri
(Melosoma populi)
dominantlik qiladi.
3. Sharq bargxo’ri yiliga bitta avlod berib rivojlanadi. 1
ta bargda sharq
bagxo’ri tuxumlari to’pi, asosan bitta, kamdan-kam hollarda esa 2 ta bo’ladi.
4. Terak barglari qo’yilgan bitta to’pdagi tuxumlar soni daraxtning janubiy
tomonida o’rtacha 38,3 donani tashkil etsa, daraxt shox-shabasining shimol, sharq
va g’arbiy tomonlaridagi tuxum to’plaridagi tuxumlar soni deyarli farq qilmadi va
o’rtacha 29,8 dan 32,1 taga tuxumni tashkil etdi. Janub tomondagi to’plar kattaroq
bo’ladi va ulardagi tuxumlar soning maksimal qiymati 59-62 tagacha yetadi.
52
5. Tol daraxtida bitta to’pdagi tuxumlar soni terakka nisbatan kamroq, ya’ni
28-33 tani tashkil etadi.
6. Terak barglarining terak kuyasi lichinkalari bilan zararlanish darajasi
74,5-95 % ni tashkil etadi. Daraxtlarning 1 ta bargidagi minalarning o’rtacha soni 5
tadan 24 tagacha bo’ladi va lichinkalar tomonidan zararlangan barg yuzasi 22,0-
79,0% ni tashkil etadi.
7. Yo’llarning chekka qismida o’sayotgan daraxtlar bargining zararlanish
darajasi hovlilarda o’sayotgan daraxtlarga nisbatan 10% ga yuqori bo’ladi,
bitta
birgdagi minalarning o’rtacha soni 1,6 taga ko’p bo’lidi va zararlangan barg yuzasi
7,7% ga yuqori bo’ladi.