3.1 - rasm. Qatlamlarning yotish elementlari.
I-qatlam III-ichining tagi va IV-nchi qatlamning tomi, 2-IV-nchi
qatlamning tag qismi va V-nchi qatlamning tomi, a-qatlamning
haqiqiy qalinligi, aI-qatlamning yer yuzidan ko‘rinadigan
qalinligi
Cho‘kindi tog‘ jinslarini kuzatgan vaqtimizda, ularning hosil bo‘li-shida uzluksiz tartibni ko‘rish mumkin. Bu holda qatlamlarning yotishini yoshi jihatidan muvofiq joylanish deyiladi. Agar qatlamlar orasida ma’lum davr uchun xos bo‘lgan biror bir qavat tushib qolgan bo‘lsa, nomuvofiq joy-lanish deyiladi. Ikkala holda ham qatlamlanish yuzalari parallel bo‘lib joylashadi.
Qatlamlarning birlamchi yotish holatining buzilishi - dislokatsiyalar deyiladi va endogen, ekzogen kuchlarining ta’sirida paydo bo‘ladi.
Aksariyat dislokasiyalar qatlamlarning yotish holatini keskin o‘z-gartiradi, shuning uchun dislokasiyalar mavjud bo‘lmasdan avval va so‘ngra hosil bo‘lgan qatlamlarning yotish burchaklari har xil bo‘ladi. Qatlamla-rining bunday yotish holatiga burchakli muvofiq yotish holati deyiladi. Yer po‘stining bir joyi, ikkinchisiga nisbatan ko‘tarilsa, ya’ni qatlamlar uzilmas-dan burmalansa, qatlamlar bir tomonga qiya holda yotadi.
Qatlamlar bir xil yo‘nalishda, bir xil burchak ostida yotsa monoklinal yotish holati deyiladi.
Qatlamlarning o‘zaro yotish munosabatini aniqlash uchun ularning fazodagi joylanish holatini tiklab olish kerak yoki qatlamning yotish ele-mentlarini yotish burchagi, yotish va cho‘zilish yo‘nalishlarining burchak-larini aniqlash kerak.
Qatlam yuzasida joylashgan har qanday gorizontal chiziq cho‘zilish chizig‘i deyiladi. Qatlamning cho‘zilishi deb, cho‘zilish chizig‘ining azimutiga aytiladi (3.2-rasm).
Qatlam yuzasida yotgan va qatlamning eng katta qiyalik tomon yo‘nalgan chiziq yotish chizig‘i deyiladi. Qatlamning yotishini yotish chi-zig‘ining azimuti ko‘rsatadi.
Yotish burchagi deb, qatlamlanish yuzasi bilan har qanday gorizon-tal yuza tekislik orasidagi burchakka aytiladi.
Bu yotish elementlari tog‘ kompasi yordamida aniqlanadi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, tektonik buzilishlar - burmalangan va uzilgan ko‘rinish-da bo‘ladi.
Tog‘ jinslarining burmalar shaklida yotishi. Geosiklinal hududlar-ning kichik bir qismlarida tog‘ jinsi qatlamlarining gorizontal yuza bo‘ylab siqilishi natijasida burmalanish hodisasi ro‘y beradi.
Bu vaqtda qatlamlarning birlamchi yotish holati to‘lqinsimon buki-ladi va qatlamlar uzilmaydi. Bu hodisalar yer po‘stining haddan ziyod bu-kilgan va maksimal darajada egilgan mintaqalarida kuzatiladi. Burmalar- ning hosil bo‘lishi sekin ta’sir qiluvchi bosim ta’siri ostida bo‘ladigan plas-tik deformatsiyalari bilan bog‘liq. Eng oddiy va keng tarqalgan burmalarda antiklinal va sinklinal burma shakllari ajratiladi.
Antiklinal deb, qabariq tomoni bilan yuqoriga qaragan qatlamlari qarama-qarshi tomonga qarab yotgan burmalarga aytiladi (3.3 - rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |