Geologik jarayonlar
Endogen jarayonlar
Ekzogen jarayonlar
Magmatik massaning harakati
Tog‘ jinslarining parchalanishi
Parchalangan jinslarning tashilishi
Yer po‘sti qatlamining siljishi
Tog‘ jinslari tuzilmasining o‘zgarishi
Cho‘kindi jinslarning zichlanishi va toshqotishi
Chp‘kindi jinslarning yotqizilishi
1.1-rasm. Endogen va ekzogen jarayonlarning umumiy turlari
2. Yerning ichki kuchlari ta’siri ostida paydo bo‘ladigan yer qa’rida suyulgan moddalarning litosferaga singib kirishi yoki yer yuziga oqib chi-qishi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar magmatizm deyiladi. Avval ko‘rsatib o‘tilganidek magma jinslari sial po‘stiga singib litosferaning turli chuqurliklarida qotadi yoki yer yuziga oqib chiqadi. Bu jarayonlarning kechishi ikki xil omil, birinchidan, litosferaga ta’sir qiladigan magmaning bosim kuchi va unga qarshilik ko‘rsatadigan litosfera massasining qarshi-lik ko‘rsatish kuchlari orasidagi o‘zaro nisbati bilan litosfera qatlamlarida yoriq va darzlarning mavjudligi, ikkinchidan boshqa buzilgan mintaqalar-ning mavjudligi bilan bog‘liq.
Shunga muvofiq magmatizmning effuziv magmatizm yoki vulka-nizm, intruziv magmatizm yoki plutonizm turlari ajratiladi.
Intruziv magmatizm. Magma massasining yer po‘stiga singib kirishi ikki yo‘l bilan sodir bo‘ladi.
Birinchidan, magmatik massa uning harakatiga to‘sqinlik qiladigan litosfera qatlamlarini qisman chetga suradi, o‘zlashtiradi yoki eritadi va harakati uchun o‘ziga yo‘l ochadi. Bu jarayonda yer po‘stiga magmaning katta massasi singib kiradi va katta chuqurliklarda qotadi. Singib qotgan bu massalar odatda tekis qiyalangan deyarli tik devorlar va gumbazsimon shiplar bilan chegaralangan. Bu intruziyalarning ostki qismi butun tarqalish maydoni bo‘ylab tub magma o‘chog‘i bilan bog‘liq bo‘ladi.
Intruziyalarning bunday shakllari batolitlar va shtoklar deyiladi.
Ikkinchidan, magma litosferadagi yoriq va darzlar bo‘ylab ko‘tari-ladi. Ichki bosim tashqi bosimga nisbatan katta yerlarda, magma litosfera qatlamlarini chekka tomonlarga suradi va turli kattalikdagi massivlarni hosil qiladi. Bu jins massivlari shakliga ko‘ra lakkolitlar va fakolitlar deyiladi (2.1-rasm).
Effuziv magmatizm. Yer yuzasining uzluksiz yoki o‘qtin - o‘qtin, yuqori haroratli, qattiq, suyuq va gazsimon mahsulotlar otilib chiqib tura-digan qismini vulqon deyiladi. Lavalar, qattiq jism bo‘laklari gazlar va bug‘-lar yer yuziga darz va yoriqlar orqali otilib chiqadi.
Vulqonlarning sodir bo‘lish jarayoni turli - tumandir. Aksariyat vul-qon otilishidan avval yer osti gumburlaydi va turli kuchdagi zilzilalar kuzatiladi, ayrim vaqtlarda esa jarayon tinch, sokin holatda o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |