4.1 - rasm. Seysmik to‘lqinlarning gipotsentrdan
Yer yuziga chiqish sxemasi.
Zilzilaning kuchi, soni va davom etish muddati turlicha bo‘ladi. Kuchli zilzilalar vaqtida to‘lqin zarbalari bir-necha ko‘p yillar ichida qay-tarilib turadi. Masalan, 1966 yil 26 aprelda Toshkentda bo‘lgan zilzila vaqtida 3 oyda 600 ta zarba qayd qilingan (4.2-rasm).
4.2-rasm. Toshkent zilzilasi (1966 yil 26 aprel).
Zilzila ta’siridan tuproqning tebranishi maxsus qurilma seysmograf yordamida o‘lchanadi.
Seysmografning asosiy ishchi qismi, ma’lum bir yuzada tebranadigan mayatnigi hisoblanadi. Zilzila vaqtida zarba ta’sirida mayatnikning shtativi tuproq (yer yuzi) bilan birga og‘adi, mayatnik esa bu harakatdan inertsiya ta’sirida shtativining asosidan ortda qoladi. Natijada mayatnik tebranadi va uning o‘tkir uchi harakatlanayotgan tasmaga chizadi. Zilzilaning kuchiga qarab to‘lqin amplitudasi turlicha bo‘ladi va zilzila harakatining chizma tasviri bunyodga keladi.
Zilzilalar tabiiy ofatlar ichida eng dahshatlisi va katta vayronagar-chiliklar keltirganligi uchun odamlar qadimdan zilzilaning kuchini aniq-lashga harakat qilganlar va ularning vayron qilish oqibatlarini kamaytirish usullarini qidirishgan.
Zilzilalar odatda murakkab va turli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Ularning sodir bo‘lishidan avval sodir bo‘lish jarayonida va so‘ngra, turli seysmik hodisalar ro‘y beradi. Bunga misol qilib, tog‘ jinslari zarralarining yuqori chastotada tebranishi natijasida hosil bo‘ladigan yer ostining gum-burlashini ko‘rsatish mumkin. Tog‘ jinslarida asta-sekin yig‘ilgan kuchla-nish, ularning mustahkamlik chegarasidan ortgandan so‘ng, Yer massasi-ning to‘satdan siljishi bilan bog‘liq bo‘lgan impuls tebranishning hosil bo‘-lishiga olib keladi.
Kuchli zilzilalar vaqtida sodir bo‘ladigan seysmik hodisalarga silki-nish va yer po‘stining to‘lqinsimon harakati ham kiradi. Agar jinslar etarli darajada egiluvchanlikka ega bo‘lmasa to‘lqinsimon harakat yer yuzasida qayd qilinadi. Masalan, 1902 yilda Gvatemalada bo‘lgan zilzila vaqtida to‘lqin qaytargich to‘lqinsimon bukilgan, 1891 yilda Yaponiyada esa tuproqda balandligi 30 santimetrgacha, uzunligi 3-10 metrgacha bo‘lgan to‘lqinsimon relef hosil bo‘lgan. Andijonda 1902 yilda sodir bo‘lgan zil-zila vaqtida temir yo‘l relslari uzilgan.
Tektonik uzilishlar bo‘ylab hosil bo‘lgan keskin harakat, zilzila epi-tsentrida Yer yuzasini deformasiyalanishiga (ko‘tarilishi va cho‘kishiga) olib keladi. Natijada turli uzunlikdagi, kenglikdagi, amplituda va yo‘na-lishdagi yoriqlarni hosil qiladi. Bunday hodisalar 1885 yilda Oqsuv (Qirg‘iziston) va 1957 yilda Oltoy zilzilalari vaqtida kuzatilgan.
Kuchli zilzilalarning ta’siridan tog‘ yonbag‘irlarida va daryo vodiy-larida ag‘darilishlar (qulashlar) hamda surilishlar hosil bo‘ladi.
Zilzilalar tez-tez va katta kuch bilan sodir bo‘ladigan yer yuziining qismlarini seysmik viloyatlar deyiladi. Seysmik viloyatlarga Tinch okea-nining chekka qismlari, O‘rta Yer va Qora dengiz qirg‘oqlari, Kavkaz va Eron tog‘lari, Hindiqush, Pomir, Himolay, Hindixitoy va Malay yarim orollari qarashlidir.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan zilzilalar, tektonik zilzilalar turiga kiradi. Tektonik zilzilalardan tashqari, kichik maydonlarda denudatsion va vulqon zilzilalari ham sodir bo‘lishi mumkin.
Denudasion zilzilalar tog‘ jinsi massivlarining qulashi ta’siridan vu-judga kelgan turtki natijasida hosil bo‘ladi. Aksariyat bunday qulashlar, yer yuziga yaqin chuqurlikda joylashgan yer osti bo‘shliqlari tabiiy shiplarining buzilishi natijasida ro‘y beradi. Denudatsion zilzilalar karst rivojlangan rayonlar uchun ham xarakterlidir. Lekin katta qulashlar yer yuzida vujudga keladi. Denudatsion zilzilalar ta’siridan yer po‘stida vujudga kelgan tebranma harakatlar, uncha katta ta’sirli bo‘lmaydi va kichik masofalarga tarqaladi hamda ta’sir qiladi.
Vulqonlarning otilishi jarayonida ham zilzila paydo bo‘ladi. Bunday zilzilalarga vulqon ostidan ko‘p miqdorda lava oqib chiqishi natijasida hosil bo‘lgan bo‘shliqlarning buzilishi sabab bo‘ladi. Bu turdagi zilzilalar ham kichik maydonlarga tarqaladi va ta’sir qiladi.
Seysmik hodisalarni gidrotexnik inshootlar qurilishida hisobga olish zarur. Chunki zilzila ta’siri natijasida inshootlarning mustahkamligi va chi-damliligi (qo‘shimcha kuch ta’sir qilishi), inshootlarning asosini tashkil etgan tog‘ jinslarining xususiyatlari va holatlari o‘zgarishi mumkin. Masalan, zilzila kuchi ta’sirida qumning zichlanishi, gilli jinslarning holati va mustahkamligi o‘zgarishi mumkin.
Shuning uchun inshootlarni zilzila ta’siriga nisbatan chidamli tog‘ jinslari tarqalgan maydonlarga joylashtiriladi. Magmatik, metamorfik va cho‘kindi qoyatosh jinslari inshootlarning ishonchli mustahkam asosi bo‘ladi, lekin plastik holatda bo‘lgan gilli jinslar va suvga to‘yingan qum-lar esa deyarli yaxshi mustahkam asos bo‘la olmaydi, chunki zilzila zarbi-dan bu jinslarning holati o‘zgarib, suyulishi mumkin va inshootlar halokat-li deformatsiya berishi va shikastlanishi mumkin.
Zilzila zarbi ta’siridan suv omborlarida to‘lqinlar ko‘tarilishi, qirg‘oq atroflarini suv bosishi va shu atrofda joylashgan imorat va inshootlarni buzi-shi mumkin.
Keyingi vaqtlarda adabiyotlarda chuqur tog‘ vodiylarida suv ombor-lari qurilishi munosabati bilan sodir bo‘ladigan zilzilalar to‘g‘risida ma’lu-motlar paydo bo‘la boshladi. Shuni aytish mumkinki, ayrim yerlarda suv omborlari qurilishi bilan seysmik hodisalar aktivlashgan ayrim yerlarda esa seysmik hodisalarning aktivligi keskin kamaygan. Masalan, Mid-Leyk (AQSH), Vayong (Italiya), Movuazen (Shvetsariya), Koyna (Hindiston) suv omborlari qurilishi va to‘ldirilishi jarayonida, ularning chuqurligi ma’lum balandlikga etganda zilzila sodir bo‘la boshlagan, seysmik viloyat-larda Orovil (AQSH), Kremosta (Gresiya), Mangla (Pokiston) suv omborlari qurilishi va to‘ldirilishi jarayonida zilzila hodisasining aktivligi keskin pa-saygan yoki umuman to‘xtab qolgan.
Inshoot loyihasi tayyorlanayotgan maydonlar aniq injener-geologik tadqiqot ishlari asosida mikroseysmik tumanlarga bo‘linadi. Bunda ajra-tilgan har bir maydon uchun tog‘ jinslarining holati, tarqalishi, qalinligi va sizot suvlarining yotish chuqurligi hisobga olinadi va zilzila kuchi bir yoki ikki ballga orttirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
XULOSA
Biz referat ishida endogen geologik jarayonlarning vujudga kelishi va uning oqibatlari nafaqat iqtisodiyot tarmoqlariga, inson va tabiatga, balki butun ekotizimga ta’siri to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdik. To‘g‘ri qaysidir ma’noda Yer po‘stining uzoq tarixiy davrlar mobaynida o‘z tarkibining ichki tuzilishini va tashqi qiyofasini to‘xtovsiz o‘zgartirib turishi yer po‘stida va yuzasida sodir bo‘ladigan geologik jarayonlar bilan bog‘liq.
Endogen geologik jarayonlar orasida eng ko‘p zarar keltiradigani
kuchli zilzila hisoblanadi. Odatda kuchli zilzilalar odamlarni o‘ldirmaydi, balki ular tomonidan individual qurilgan antiseysmik bino va inshootlar, amalga oshirilgan noto‘g‘ri hatti-harakatlar fojiaga sabab bo‘lishi mumkin. Halokatli va kuchli zilzilalar yuz minglab odamlarning qurbon bo‘lishiga, imorat va inshootlarning vayron bo‘lishiga, sunamilarga, yirik ko‘chkilar, yong‘inlar va turli texnogen avariyalarga olib kelishi mumkinligi tarixiy manbalardan ma’lum. Statistik ma’lumotlarga asosan, kuchli zilzila natijasida yer sharining turli mintaqalarida joylashgan mamlakatlarda yiliga bir - necha mingdan o‘n minggacha odamlar qurbon bo‘lishi davom etmoqda.
Tog‘ jinsi qatlamlarining burmalanishi yoki uzilishi natijasida yer po‘stining ayrim qismlari yoriqlar yuzasi boylab ko‘tarilishi va bukilishi natijasida tog‘ tizmalari va botiqliklarning hosil bo‘lishiga olib keldi. Yer po‘stida harakat qilgan va yer yuziga sizib chiqqan magma massasi magmatik tog‘ jinslarini hosil qiladi. Magma massasining litosfera yoriqlari bo‘ylab harakati jarayonida, litosferaning ayrim qismlari qattiq qizdiriladi, atrofida joylashgan jinslarga eritmalar, gazlar, bug‘lar katta bosim bilan ta’sir ko‘rsatadi va natijada jinslarning tarkibi, tuzilishi va yotish holati o‘zgaradi.
Tektonik harakatlar bir vaqtning o‘zida juda katta maydonni o‘z ichiga oladi. Geodezik o‘lchashlarning ko‘rsatishicha, butun Yer yuzasi uzluksiz harakatda bo‘ladi, lekin Tektonik harakatlar tezligi katta emas: yiliga 0,01 mm dan 0,1 mm gacha yetadi. Bu harakatlar juda uzoq geolo-gik vaqt (o‘nlab - yuzlab mln. yil) davom etib, to‘planishi natijasida Yer po‘stining ayrim qismlarida yirik siljishlar ro‘y beradi. Amerikalik geolog G. Jilbert (1890) Tektonik harakatlarni epeyrogenik (Yer yuzida katta maydonlarning uzoq vaqt ko‘tarilishi va cho‘kishi) va orogenik (muayyan zonalarda burmalar hosil bo‘lib, tog‘ tizmalarining shakllanishi) harakatlar-ga bo‘lishni taklif etdi, nemis geologi X. Shtille (1919) bu tasnifni rivojlan-tirdi. Uning asosiy kamchiligi o‘zaro farq qiluvchi 2 xil jarayon - burma va uzilma hosil bo‘lishi bilan tog‘ hosil bo‘lishini yagona orogenez tushun-chasi bilan izohlanishidir. Shu tufayli boshqa tasniflar taklif etilgan. Rus geologlari A.P. Karpinskiy, M.M.Tetyayev tektonik harakatlarni tebranma burmali va uzilmali harakatlarga ajratdilar. Nemis geologi E. Xarman va golland olimi R.V. Bemmelen esa tektonik harakatlarni to‘lqinli va burmali harakatlarga bo‘ldilar. Tektonik harakatlar sodir bo‘lish shakli va vujudga kelish chuqurligi, mexanizmi va paydo bo‘lish sabablari har xil ekanligi ma’lum bo‘ldi. XVIII-asr o‘rtalarida tektonik harakatlarni boshqa prinsip bo‘yicha sekin (asriy) va shiddatli bo‘ladigan harakatlarga ajratdilar. Tez sodir bo‘ladigan harakatlar, odatda, zilzilalar bilan bog‘liq bo‘lib, g‘oyat qisqa muddatda kechadi. Zilzila vaqtida yer yuzasidagi siljishlar bir necha metrga yetadi, ba’zan 10 metrdan ham oshadi. Lekin bu siljishlar jamlan-ganda sekin siljishlardan ko‘p ham ortiq emas. Tektonik harakatlar-ni vertikal (radial) va gorizontal (tengensial) harakatlarga bo‘lish shartli bo‘lsada, bir qadar ahamiyatga ega; bu harakatlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, biri ikkinchisiga o‘tib turadi. Bunda vertikal yoki gorizontal tektonik harakat-lardan biri ustun bo‘ladi. Vertikal harakat ustun (birlamchi) bo‘lganda, yer yuzasi ko‘tariladi va cho‘kadi, jumladan tog‘lar paydo bo‘ladi. Natija-da okean va dengizlarda, qisman quruqlikda ham cho‘kindi jinslar-ning qalin qatlami hosil bo‘ladi. Gorizontal harakatlar Yer po‘sti ayrim bloklarining boshqalariga nisbatan yuzlab km, hatto minglab km gacha yirik siljishlarida, ularning yuzlab km keladigan siljimalarida, shuningdek, kontinental po‘st palaxsalarining surilishi natijasida ming km kenglikdagi okean botiqlarining hosil bo‘lishida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Shunday qilib, endogen geologik jarayonlar Yerning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Endogen geologik jarayonlarning tabiatda sodir bo‘lishini oldindan bilish va uning oqibatlaridan qutulish, hozirgi davrda ilm-fanning rivojlanganligi evaziga yaratilgan innovatsion asbob-uskunalar yordamida aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |