3.2 - rasm. Qatlamning yotish burchagini tog‘
kompasi yordamida aniqlash (yotish burchagi 30%).
3.3- rasm. Antiklinal shaklidagi burma.
Bu burmaning yadrosida eng qadimiy jinslar yotadi. Sinklinal deb, qa-bariq tomoni bilan pastga qaragan, qatlamlarning yotishi bir tomonga yo’nalgan, o’zagida eng yosh jinslar joylashgan burmalarga aytiladi. Bur-malarning yon tomonlari, uning qanotlari deyiladi. Antiklinal va sinklinal qanotlarini tutashtiruvchi egilish chizig’iga, uning qulfi deyiladi. Burmani ikki qismga bo’ladigan tasavvurdagi yuzani o’q tekisligi deyiladi. Burma-ning kengligi deb, yer yuzasi bilan kesilgan sathdagi qanotlar orasidagi masofaga aytiladi. Burmaning balandligini uning bukilgan yeridan yer yuzasigacha bo’lgan masofa ko’rsatadi (3.4 - rasm).
3.4 - rasm. Burma elementlari.
aa - antiklinalning qulfi; bb - sinklinalning qulfi; v - burmaning balandligi; g - antiklinal va sinklinalning kengligi; ee - qanotlarga parallel kesishgan yuzalarning nazariy chizigi; α - burma burchagi; 1,2,3,4 - burma qanotlaridagi qatlamlarning bukilish nuqtasi.
Tog‘ jinslarining uzilma shaklida yotishi (uzilmali buzilishlar). Tektonik jarayonlar natijasida shunchalik katta kuchlanish hosil bo‘ladiki, tog‘ jinslarining deformasiyalanish qobiliyati yo‘qolib, qatlamlarda uzilish paydo bo‘ladi. Qatlamlar uzilishi va sinishi natijasida o‘z joyini o‘zgar-tiradi (3.5-rasm).
3.5 - rasm. Oddiy burma shakllari.
a-antiklinal; b-sinklinal
Uzilmalarning eng oddiy ko‘rinishi yer po‘stida keng tarqalgan yoriq-lar hisoblanadi.
Yoriqlar ochilganligi darajasiga qarab berk, yopiq va ochiq yoriqlarga bo‘linadi. Berk yoriqlar (tolasimon) odatda ko‘zga ko‘rinmaydi, lekin tog‘ jinslarini parchalaganimizda aniqlashimiz mumkin.
Yopiq yoriqlar oddiy ko‘z bilan ko‘rinadi va ko‘zga ko‘rinarli daraja-da ochilmagan bo‘ladi. Odatda ikkilamchi yopiq yoriqlar minerallar (gips, kalsit) va boshqalar bilan to‘ldirilgan bo‘ladi.
Ochiq yoriqlar ikkilamchi minerallar bilan to‘ldirilmagan, lekin bu ochilish doimo jinslarning siljishi hisobiga bo‘lmaydi. Bunday yoriqlar nu-rash jarayoni natijasida ham hosil bo‘ladi.
Yeriqlarning kattaligi bo‘yicha ham bir-biridan ajratiladi.
Hosil bo‘lishi (genezisi) bo‘yicha yoriqlar tektonik va tektonik bo‘l-magan yoriqlarga bo‘linadi. Tektonik bo‘lmagan yoriqlarga jins hosil bo‘-lishi jarayonida hosil bo‘lgan yoriqlar qatlamlanish, nurash, ag‘darilish, surilish jarayonlaridan hosil bo‘lgan yoriqlar kiradi.
Tektonik yoriqlar oddatda bir tomonga yoki bir - necha tomonga doi-mo yo‘nalgan bo‘ladi. Bu yoriqlar faqat bir xil tog‘ jinslarining qatlamlari-ni kesib o‘tmay, balki turli yoshga va tarkibga ega bo‘lgan katta-katta jins qatlamlarini kesib o‘tib, ularni ayrim bloklarga bo‘ladi.
Ayrim tektonik yoriqlar yer po‘stining dastlabki rivojlanish bosqich-larida hosil bo‘ladi va yer po‘stini kesib o‘tib mantiya ichkarisigacha da-vom etadi. Bu katta tektonik yoriqlar yer po‘stidagi asosiy tektonik hara-katlarning rivojlanishini belgilab beradi. Katta chuqurliklarga ega bo‘lgan yoriqlar yer po‘stining yuzasida keng parchalangan - buzilgan mintaqa ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Uzilma buzilishlar vertikal va gorizontal yuzada o‘z o‘rinlarini o‘z-gartirishlari mumkin. Siljigan uzilma buzilishlar sbros, vzbros (yoki aks-bros), surilish, gorst va grabenlar ko‘rinishida bo‘ladi (3.6-rasm). Siljishlar tog‘ jinslarida mavjud bo‘lgan yoriqlar yuzasi bo‘ylab sodir bo‘ladi. Yoriq-larning o‘ng va so‘l tomonlari uzilmalarning qanotlari deyiladi. Qanotlar yoriqlar bo‘yicha vertikal yo‘nalishda siljisa, uzilmaning bir tomonini ko‘ta-rilgan qanoti, ikkinchi tomonini esa tushgan (pasaygan) qanoti hisoblanadi.
Siljish yuzasi qiyalangan bo‘lsa, ko‘tarilgan qanoti osiq va pasaygan (pastki) qanotini esa yotgan qanotlar deyiladi. Qanotlarning bir - biriga nis-batan surilgan masofasi siljish amplitudasi deyiladi.
Osiq qanotlar tik yoki vertikal yo‘nalishda siljish yuzasi bo‘ylab pastga harakatlangan bo‘lsa, (tushgan) bunday uzilma sbros deyiladi. Agar yotgan qanoti osiq qanotiga nisbatan ko‘tarilsa, aks sbroslar yoki vzbroslar deb ataladi. Agar qanotlar gorizontal yuzada bir-biriga nisbaan surilgan bo‘lsa, surilish deb ataladi.
Grabenlar - ikki sbros tizimi bilan chegaralangan yerning cho‘kkan qismini ko‘rsatadi.
Aks sbros tizimi bo‘ylab ko‘tarilgan yerning qismiga gorst deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |