Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti mustaqil ishlari bajarish, yozish va rasmiylashtirish tartiblari


-rasm. Vulqon o‘chog‘ining tuzilishi



Download 0,97 Mb.
bet10/16
Sana30.06.2022
Hajmi0,97 Mb.
#719030
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
МАТН-Муст.иш-УК

2.2 -rasm. Vulqon o‘chog‘ining tuzilishi
(M.M.Jukov, V.I.Slavin, N. N. Dunaevalar bo‘yicha).
1-lava o‘chog‘i; 2- lava oqimi; 3-somma; 4-konusi;
5-bo‘g‘zi; 6-krateri; 7-kalderi.

Vulqonlarning otilishi tanaffuslar bilan bir - necha yillardan yoki bir - necha o‘n yillardan so‘ng, qayta takrorlanishi mumkin. Ayrim vulqonlar aktiv harakatlardan so‘ng, umuman qayta otilmasligi yoki uzoq muddat tutun chiqarib turishi mumkin. Vulqonlar turli geografik sharoitlarda - qu-ruqlikda, dengiz qirg‘oqlarida va dengiz ostida uchraydi. Ularning yer yuzi-da tarqalishi ma’lum bir qonuniyatga bo‘ysunadi va uch yirik mintaqaga joylashgan.


Birinchi mintaqa shimoliy va janubiy Amerikaning g‘arbiy qirg‘oq-larida, ikkinchi mintaqa Osiyo qit’asining sharqiy qirg‘oqlarida joylashgan, uchinchi mintaqa esa O‘rta Yer dengizi qirg‘oqlari, Zakavkaziya, Kichik Osiyo va Malay arxipelagi orollarini o‘z ichiga oladi. Yer yuzidagi bunday qonuniy taqsimlanishning sababi shundaki, mintaqalarning tektonik hara-katlanishiga ko‘ra, eng yosh Alp burmalanish bosqichini o‘z boshidan ke-chirayapti.Burmali tog‘ tizimlarining shakllanishi yer po‘stida yoriqlarning hosil bo‘lishi va vulqonlarning paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda sodir bo‘ladi.
3. Yer po‘sti hosil bo‘lgan vaqtidan boshlab uzluksiz harakat qilib turadi. Yer po‘stining yoki uning ayrim qismlarining hamma tabiiy harakatlari tektonik harakatlar deb ataladi.
Tektonik harakatlar aksariyat juda uzoq vaqt va sekin sodir bo‘lgan-liklari uchun ularni bevosita o‘rganish imkoniyati mavjud emas. Bu jara-yonning harakati to‘g‘risida yer po‘stida joylashgan tog‘ jinslarining yotish holatini o‘rganish orqali xulosa chiqarish mumkin. Masalan, yer po‘stining uzoq vaqt mobaynida bukilgan qismlarida katta qalinlikdagi cho‘kindi jins qatlamlari to‘planadi. Yer po‘stining jadal va o‘zgaruvchan harakatlar bo‘l-gan qismlarida esa tog‘ jins qatlamlari juda katta kuchlar ta’sirida bukiladi, ayrim yerlarda uziladi, gorizontal va vertikal kesimda o‘z holatini o‘zgar-tiradi.
Tektonik harakatlar o‘zaro bog‘liq bo‘lgan qo‘yidagi turlarga bo‘li-nadi:
1.Yer po‘stining ayrim qismlarini asta - sekin ko‘tarilishi va boshqa qismlarning pasayishi yoki bu qismlarning gorizontal yo‘nalishda o‘z joyi-ni o‘zgartirishidan o‘zini namoyon qiladigan tebranma harakatlar;
2.Tog‘ jinsi qatlamlarining burmalarga bukilishiga olib keluvchi bur-ma hosil qiluvchi harakatlar;
3.Tog‘ jinsi qatlamlarining uzilishiga olib keluvchi harakatlar, zil-zilalarni keltirib chiqaradi va yer po‘stining kuchli silkinishiga va ayrim yerlarda bir lahzada tog‘ jinslarining chetnab ketishiga, yorilib ketishiga sabab bo‘ladi.
Yer po‘stining kuchsiz va kichik amplitudali tektonik harakatlar xa-rakterli bo‘lgan qismini, uning platformasi, kuchli va tez o‘zgaruvchan, katta amplitudali harakatiga mansub bo‘lgan qismiga esa geosinklinal deyiladi.
Namoyon bo‘lgan vaqtiga ko‘ra tektonik harakatlar hozirgi zamon, yangi va qadimiy turlarga bo‘linadi.
Tebranma tektonik harakatlar. Yer po‘stining biror bir qismi, to‘liq sokin holatda bo‘lmaydi. Tebranma harakatlar, yer po‘stining ayrim qism-larining sokin, notekis vertikal bo‘yicha ko‘tarilishida va yon-atrofdagi qismlarning pasayishida o‘zini namoyon qiladi. Harakat yo‘nalishlari doi-mo o‘zgarib turadi, avvallari ko‘tarilgan hududlari pasayishi mumkin. Shunga muvofiq, tebranma harakatlar doimo o‘zgarib turuvchi, qaytaril-maydigan to‘lqinsimon jarayondir. Ko‘tarilishi va pasayishi yer po‘stining bir qismida bir vaqtda sodir bo‘lmaydi va har safar to‘lqin ko‘rinishida fazoda gorizontal yuzada o‘z joyini o‘zgartirib turadi. Vaqt birligi ichida ha-rakatining tezligi ham o‘zgaradi. Geosinklinallarda bir santimetrdan bir ne-cha santimetrgacha, platformalarda esa millimetrning bir qismidan bir santi-metrgacha o‘zgarib turadi.
Agar yerlar pasaysa, dengiz va ko‘l havzalarining chegaralari o‘zga-radi, quruqliklarni va daryo vodiylarini suv bosishi mumkin. Quruqliklarda ko‘tarilsa, uning maydoni ortadi.
Daryo vodiylari joylashgan yerlar ko‘tarilsa, yangi terrasalar hosil, bo‘lib ularning soni va balandligi ortadi, kengligi kichik bo‘ladi, pasaygan yerlarda esa daryo terrasalarining soni bir-ikkidan ortmaydi, ularning balandligi kichik bo‘ladi va allyuvial yotqiziqlarning qalinligi katta bo‘ladi.
Tebranma harakatlar jarayonida yer po‘stining asta - sekin surilishi faqat vertikal yuza bo‘yicha bo‘lmay, balki gorizontal yuza bo‘ylab ham sodir bo‘ladi. Bunday harakatlar Shveytsariya va Bavariya Alplarida, Shimoliy Amerikada, Pomirda, Tyonshanda (Talas - Farg‘ona yorig‘i bo‘ylab) qayd qilingan.
Kishilar o‘zlarining amaliy ishlab chiqarish faoliyatlarida yangi va hozirgi zamon tektonik harakatlari aktivligining yo‘nalishini hisobga olishlari lozim. Ayniqsa, uzoq muddat foydalaniladigan inshootlar, dengiz portlari, kanallar, gidrostansiyalar uchun maydoncha tanlash vaqtida, bu harakatning tezligini, vaqt birligi ichida o‘zgarishini oldindan aytib berish katta ahamiyat kasb etadi.
Burma va uzilma hosil qiluvchi harakatlar. Tog‘ jinslarining yotish holatini o‘zgartiruvchi, burma va uzilma hosil qiluvchi harakatlar ayniqsa, yer po‘stining geosinklinal qismida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Yer po‘stining ustki qismida joylashgan cho‘kindi tog‘ jinslari uchun gorizontal yotish holati xarakterlidir. Tog‘ jinsining har bir qavati yoki qat-lami bir-biridan qatlamlanish yuzasi bilan chegaralanadi. Qatlamning pastki yuzasini - tagi, ustki yuzasini esa tomi - tepasi deyiladi. Qatlamlar orasida joylashgan kichik qalinlikdagi qavatlarga qatlamchalar deyiladi. Tog‘ jins-lari ko‘rsatilganidan tashqari linza, qatlam siqig‘i va uzilishi ko‘-rinishlarida yotadi (3.1-rasm).


Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish