10-sinf adabiyot fanidan test III chorak
1.Turdiy Farog`iyning bizgacha yetib kelgan adabiy merosi qancha?
a)18tashe'ri b) 188 ta she'ri c) 169tashe'ri d) 88 ta she'ri
2.. Turdi Farog'iyning nechta muxammasi ma'lum?
a) l0 ta b)8ta c) 7 ta d) 5 ta
3.Turdi Farog'iyning qaysi g'azalida O'zbekiston so'zi ishlatilgan?
A)"Boshima bir ko'hi g'am..." B)"Bir sari azm ayla, joyi nomusulmondur bu mulk..."
C)"Turdiman..." D)"Yod mandin kim berur..." muxammasida
4.Turdi Farog'iyning "Yod mandin kim berur..." muxammasida qo'llanmagan qofiyadosh so'z qaysi?
a) jurqundiman b)tundiman c)jinniman d) suprindiman
5.Mahmudxo'ja Behbudiyning "Padarkush" dramasidagi "boyning mirzo va mahrami, 18-20 yashar" personaj kim?
a) Tangriqul b) Tursun c) Xayrulla d) Davlat
6.Behbudiyning "Padarkush" dramasining "Kerakli nimarsalar" bo'limidagi "bir la'li sharob" iborasi qanday ma'noda keltirilgan?
a) la'li labdek qip-qizil sharob b) sharoblar to'la qadahlar
c) bir idish to'la sharob d) bir qadah to'la sharob
7.Behbudiyning "Padarkush" dramasida "Ashxos – kerak odamlar"da nomi keltirilmagan, biroq drama tarkibida ismi keltirilgan obraz kim?
a) Mirzo b) Artun c) Tursun d) Davlat
8.Behbudiyning "Padarkush" dramasida Toshmurod otasi (boy) dan qayerga boraman deya pul oladi?
a) teatrga b) tomoshaga c) o'qishga d) mehmonga
9.Behbudiyning "Padarkush" dramasidagi "millatchi musulmon" kim?
a) Domla b) Ziyoli c) Boy d) muallif
10.Behbudiyning "Padarkush" dramasidagi "yangi fikrlik bir mullo" kim?
a) Domla b) Ziyoli c) Boy d) muallif
11. Behbudiyning "Padarkush" dramasida Boy Xayrullaga xizmat-lari uchun oyiga necha so'm berar edi?
a) 5 so'm b) 7 so'm c) 9 so'm d) 11 so'm
12. Behbudiyning "Padarkush" dramasida qaysi personaj "qordan qutulub, yog'murga uchraymiz" matalini aytgan?
a) Xayrulla b) Davlat c) Boy d) Ziyoli
13. "Padarkush"ida boyning sandig'idan pul o'g'irlash fikri kim-dan chiqadi?
a) Davlat b) Tangriqul c) Artun d) Nor
14."Padarkush"da Toshmurodga to'ponchasini bergan obraz kim edi?
a) Artun b) Davlat c) Toshmurod d) Nor
15."Padarkush" dramasida Toshmurodning taqdiri nima bilan tugadi?
a) otishga hukm etildi b) Sibirga surgun qilindi
c) padarkush bo'lib, toshbo'ron d) o'zini otib o'ldirdi qilindi
16. H.Olimjonning "Na bo'lg'ay bir nafas men ham..." deb boshlanuvchi ga'zali aruz vaznining qaysi bahrida yozilgan?
a) ramali musammani solim b) ramali musaddasi maqsur
c) hazaji musammani solim d) hazaji musaddasi maqsur
17.Said Ahmadning "Qorako'z Majnun" hikoyasidagi usta Turob kim?
a) Saodat ayaning marhum eri b) Saodat ayaning qo'shnisi
c) Qumrining sevgan yori d) Saodat ayaning katta o'g'li
18. Said Ahmadning "Qorako'z majnun" hikoyasi epigrafidagi "xabata" so'zining ma'nosi?
a) savobsiz bo'lmoq b) bekor bo'lmoq c) bexosiyat bo'lmoq d) shamolga sovrilmoq
19. Said Ahmadning "Qorako'z Majnun" hikoyasi epigrafidagi hadisga ko'ra, nechta hayvon jannatga kirishi aytilgan?
a) 6 ta b) 7 ta c)9ta d)10ta
20.Said Ahmadnjhg "Qorako'z majnun" hikoyasidagi voqealar qaysi faslda bo'lib o'tadi?
a) bahor b) yoz c) kuz d) qish
21. Said Ahmadning "Qorako'z Majnun" hikoyasida Saodat ayaning turmush o'rtog'i to'g'ri berilgan qatorni aniqlang.
a) Turob b) Tolib c) Rahmonqul d) Berdimurod
22. Said Ahmadning "Qorako'z Majnun" hikoyasida Saodat ayaning o'ris shaharlarida qolib ketgan o'g'lining nomi?
a)Abdumalik b)Abdunabi c) Bo'rixon d) Abduvali
23.. Said Ahmadning "Qorako'z Majnun" hikoyasidagi sochlari yo-shligida taqimini o'pardi, deya ta'riflangan qahramon?
a) Qumri b) Dilbarxon c) Qo'shni kampir d) Saodat aya
24. Said Ahmadning "Qorako'z Majnun" hikoyasida kampirning nevarasi Anvarjon "amakisi Bo'rixonning nechta farzandi borligini aytadi?
a) ikkita b) uchta c) to'rtta d) beshta
25. Said Ahmadning "Qorako'z Majnun" hikoyasida Bo'rixon 51 yoshida necha yoshlilarga o'xshab qarigan edi?
a) 60 yosh b) 65 yosh c) 70 yosh d) Umuman qarimagandi
Do'stlaringiz bilan baham: |