MUNDARIJA
KIRISH ……………………….......3
I.bob.ADABIYOTLAR SHARHI, ISHNING MATERIAL VA METODIKASI
1.1.Bog’ agrotsenozi entomofaunasining o’rganilish tarixi…………………8
1.2.Tadqiqot o‘tkaziladigan hududning tabiiy-geografik tavsifi…………...12
1.3.Ishning materiali va metodikasi………………………………………..15
II.bob. BOG’ AGROTSENOZI ENTOMOFAUNASI VAKILLARINING NING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
2.1.Qashqadaryoda mevachilikning rivojlanishi va istiqbollari…………...20
2.2.Mevali bog’ entomofaunasi....................................................................28
2.3.Mevali bog’ zararkunanda hasharotlar entomofaunasi ..........................40
2.4.Mevali bog’ foydali hasharotlar entomofaunasi.....................................47
III.bob. MEVALI BOG’ ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KURASH CHORA TADBIRLARI
3.1.Zararkunanda hasharotlarning ko’payishiga agrotexnik tadbirlarning ta’siri........................................................................................................................54
3.2.Mevali bog’ zararkunandaga qarshi kurashda yangi texnologik yondashuv................................................................................................................56
XULOSA................................................................................................................59
TAKLIF VA TAVSIYALAR……………………………………………………60
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.........................................62
KIRISH
Mavzuning asoslanganligi va dolzarbligi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti davrida aholini oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatni esa xom ashyoga bo‘lgan talabini qondirish hozirgi kunda qishloq xo‘jaligi oldida turgan eng muhim dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda va respublikamiz hukumati bu sohaga katta e’tibor qaratmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi PF-5388-son “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonlari hamda 2019 yil 20 martdagi PQ-4246-son “O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 yanvardagi PQ-4575-son “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallagan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarida yangi mevali bog‘lar tashkil etish vazifalari alohida belgilab berilgan.
Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston hududi ko‘pgina qishloq xo‘jalik, shu jumladan mevali ekinlarini kelib chiqish markazlaridan biri hisoblanadi. Qadimdan bu hududda o‘rik, qaroli, olma, nok, gilos, pista, bodom, yong‘oq singari meva ekinlarining qimmatli mahalliy navlari saqlanib qolgan.
Ammo, hozirgi kunda iqlim o‘zgarishlari, tuproq degradatsiyasi, cho‘llanish, shahar atrofida sanoat zonalarning tashkil etilishi, antropogen omillarning tabiatga salbiy ta’siri, ayniqsa, bog’ agrotsenozlari ekinlarida xavfli zararkunanda hasharotlarning turi ortib, hosildorlikka ta’siri kuchayib borayotganligi dunyo hamjamiyatini tashvishga solmoqda.
Qashqadaryo viloyati sharoitida bog’dorchilikni rivojlantirish, ayniqsa intensiv bog’larni ko’paytirish ularni agrotexnik qoidalari asosida parvarishlash, zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Shu sababli bog’ zararkunandalarining tur tarkibini aniqlash ularning bioekologik hususiyatlarini o’rganib zararkunandalarga qarshi entomofaglarini qo’llashni talab etadi.
Intensiv bog’larda zararkunandalarga qarshi kurashda entomofaglarni tur tarkibini aniqlab ularni qo’llash vaqtlarini ishlab chiqish dissertatsiya ishining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |