Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi



Download 5,86 Mb.
bet14/18
Sana01.06.2022
Hajmi5,86 Mb.
#628680
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
ДИСС БАРНО

2.4.1-jadval


MEVALI BOG’ FOYDALI HASHAROTLAR ENTOMOFAUNASI





Turkum

Oila

Tur

1

Hymenoptera - Pardaqanotlilar

Trichogrammatidae - Trixogrammalar

Trichogramma

  • Trichogramma

Ichneumonidae - Asl Yaydoqchilar

Ichneumonid - Yaydoqchi

Bracoinadae - Broconidlar

Apanteles bicolor - Apanteles

2


Neuroptera - To‘rqanotlilar

Chrysoperla - Oltinko’zlar

Chrysoperla carnea - Oddiy oltinko’z

3

Coleoptera - Qo’ng’izlar yoki qattiq qnotlilar

Carabidae - Vizildoq qoʻngʻizlar

Carabus - Suluv qoʻngʻizlar



III.bob. MEVALI BOG’ ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KURASH CHORA TADBIRLARI
3.1. Zararkunanda hasharotlarning ko’payishiga agrotexnik tadbirlarning ta’siri
Mevali bog’larda kimyoviy preparatlarning ko’p qo’llanilishi natijasida bog’ biostenozida biologik muvozanatning buzilishi zararkunanda organizmlarga qarshi kurashning yangi, atrof – muhitni kam ifloslantiruvchi usullarni ishlab chiqish yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borishni taqozo etmoqda. Anna shunday asosiy usullardan biri agrotexnik chora-tadbirlarni qo’llab zararkunandalarga qarshi kurashni tashkil qilishdir. Agrotexnik tadbirlarni to’g’ri, o’z vaqtida olib borish mevali daraxtlarning zararkunanda hasharotlarga va kasalliklarga chidamliligi oshishiga, daraxtlarning yaxshi o’sishi va hosildorligining ortishiga etarli sharoit yaratadi. Mevali daraxtlarga kuzda yoki erta bahorda shakl berish, qishdayaxob suvi berish, qator oralarini chuqur haydash, vegetastiya davrida yon novdalarni olib tashlash, o’g’itlash va sug’orish ishlari agrotexnik tadbirlarning asosini tashkil qiladi. Bog’larda daraxtlarning yaqin joylashishi texnika vositalaridan unumli foydalanishga xalaqit beradi, natijada hasharot va kasalliklarni rivojlanishiga sharoit yaratadi.
Daraxt shoxlarini sifatli qirqish, daraxt tanasi va katta shoxlarini eski po’stloqlaridan tozalash, o’simlik qoldiqlari va xazonlarni olib tashlab daraxt tanasini ohak va insektistidlar bilan aralashtirib oqlash, karton qog’oz, eski materiallardan tayyorlangan tutqich belbog’larni osish, unga tushgan hasharot qurti, g’umbaklarni o’ldirish kabi ishlarni sifatli bajarish natijasida qalqondorlar 30-35 foizga, kuyalar 15-25 foizga, olma mevaxo’ri 10-20 foizga, kanalar 20-25 foizga kamayishi tajribalarimizdan tasdiqlandi. Agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida va sifatli o’tkazish kimyoviy ishlov berishni 2-3 marotabagacha qisqartirishga olib keladi.
Bog’dorchilikdagi zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashda o’z vaqtida ishlov berish ham katta ahamiyatga ega. Bog’larda qator oralarini chuqur qilib haydash ham tuproqda qishlovchi hasharotlarni, ildiz qurtlari va simqurtlarni yo’qotishning asosiy choralaridan biri hisoblanadi. Undan tashqari, ko’pchilik turdagi entomofaglar qo’shimcha nektarli o’simliklarning gul shirasi hisoblanadi. Undan tashqari, ko’pchilik turdagi entomofaglar qo’shimcha nektarli o’simliklarning gul shirasi bilan oziqlanadi. Shuning uchun mevali daraxtlarning vegetastiya davrida qator oraliqlariga har xil guli o’simliklarni ekish maqsadga muvofiqdir.
Buning uchun har o’n qator mevali daraxtlar oralig’iga lenta shaklida gulli o’simliklardan beda, ukrob, gorchista, petrushkani uch muddatda gullash davrini hisobga olgan holda may oylaridan to avgust oylarigacha ekish maqsadga muvofiq bo’ladi. Kuzatishlarimiz shuni ko’rsatadiki, olma qurtining entomofaglar bilan zararlanishi entomofaglarni jalb qiluvchi o’simliklarning birinchi yil ekilishida 6,1 foiz, ikkinchi yilda 12,6 foizni tashkil etgan bo’lsa, guli ekinlar ekilmagan maydonlarda 31,4 foizni tashkil etdi. Do’lana girdak kuyasi qurtlari entomofaglar g’allasimon va beda ekinlarining qator oralig’iga ekilgan bog’larda 12,8-46,8 foizgacha zararlanganligi aniqlandi.
Bog’larni vaqtida sug’orish ham o’z navbatida ma’lum darajada zararkunanda hasharotlarning miqdoriga ta’sir etadi. Bog’larga kuzda, qish chillasidagi yaxob suvi berish va erta bahordagi sug’orish zararkunandalarning ko’p qismini nobud qilsa, vegetastiya ta’minlaydi. Natijada daraxtlarning zararkunanda va kasalliklarga qarshi chidamliligi oshadi, ularning yillik o’sish me’yori yuqori bo’ladi.
Olmazorlarda olma qurtiga qarshi samarali separator – tutqich moslamani qo‘llashdan oldin, olmazorlarning agrotexnik qoidalariga rioya etish talab etiladi. Zararkunandaning kuzda qishgi tinim davriga ketishdan oldin olma daraxtining tagi xas, xazonlardan to‘liq tozalanib, tagi ag‘darilib, ishlov beriladi. Daraxtning eskirgan po‘stloqlari olib tashlanib, tuproq bilan qo‘shib ishlangan oltingugurt aralashmasidan tayyorlangan bog‘ malhami bilan bekitib chiqiladi. Qishda esa yaxob suvi beriladi. Biz yuqorida qayd etgan agrotexnik qoidalariga to‘liq amal qilgan holda erta bahordan separator – tutqich moslamani daraxtlarning shoxiga bekitib qo‘ysak, bu moslamadan samarali foydalanish mumkin.
Shunday qilib, agrotexnik usullar bog’dorchilikda xilma-xil bo’lib, olma qurti, do’lana girdak kuyasi kabi zararkunandalarga samarali ta’sir qiladi. Shu bilan birga kimyoviy insektistidlarni kamroq ishlatishga olinadigan hosil sifati va bog’larning fitosanitar holatini yaxshilanishiga olib keladi.



Download 5,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish