Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi



Download 5,86 Mb.
bet13/18
Sana01.06.2022
Hajmi5,86 Mb.
#628680
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
ДИСС БАРНО

2.3.1-jadval
MEVALI BOG’ ZARARKUNANDA HASHAROTLAR ENTOMOFAUNASI



Turkum

Oila

Tur

1


Homoptera -Teng qanotlilar



Aphididae- Shiralar

Psylla vasilievi suls - Nok biti

Aphis pomi - Olma biti



Yesabura piri - Nok bargi biti



Diaspididae - Qalqondorlar

Diaspidiotis - Kaliforniya qalqondori perniciosus

Pseudococcidae - Soxta oyoqlilar

Psevdococcus - Komstok qurti comstochi kuw

2


Lepidoptera – Tangacha qanotlilar





Coleophoridae –G’ilofli kuyalar

Coleophora hemerobiola Fil - G‘ilofli kuya

Yeponomeutidae – Oddiy kuyalar

Yeponomeltamalinellus - Olma kuyasi Zell

Tortricidae - Bargo’rovchilar



Carpocapsa pomonella - Olma qurti



2.4. Mevali bog’ foydali hasharotlar entomofaunasi
1.Tur- Oddiy oltinko’z – Chrysoperla carnea.
Oila- Oltinko’zlar- Chrysoperla.
Turkum- To‘rqanotlilar-Neuroptera.
Oltinko’zlar (Chrrysopidae) kattaligi o’rtacha, tanasi yumshoq, mo’ylovlari ipsimon, ikkala jut qanoti bir xilda taraqqiy etgan. Lichinkalari yoysimon cho’ziq, ust va yon tomonlari bo’rtmachalarida to’planishib o’rnashgan tuklar bor. Yetuk individlari yozda yashil, ko’zlari oltinsimon yaltiroq rangda. Tuxumi tikka joylashgan. Lichinkalari o’simlik bitlari va o’rgimchakkanalar bilan oziqlanib foyda keltiradi. Tabiatda oddiy oltinko’z harorat o’rtacha 11-160C bo’lganda aprel oyida paydo bo’ladi. Shu davrda oltinko’zlarning ko’pi bedapoyalarda kochib o’tadi. Malum miqdorda oziqlangandan so’ng juftlashadi va tuxum qo’yadi. Bedapoya va begona o’tlarda birinchi miqdoriy ko’payishi mayning ikkinchi o’n kunligiga to’g’ri keldi. Bu davrda sachok bilan 100 marta yelpiganda 11 ta xrizopa tushdi. Tuxumlarni miqdoriy o’sishi mayni oxirida kuzatiladi yani 1m2 da 18 ta tuxum uchraydi.


 

 
2.4.1-rasm. Oltinko’z yetuk individ (Chrysoperla carnea) ning tuxumlari va lichinkasi.
Begona o’tlar, daraxtzorlar, bedapoyalardan oltinko’zlar iyun oyida karam maydonlariga ko’chib o’tadi. Shunga muvofiq iyunni oxirida karam dalalarida oltinko’zlar soni keskin ko’payadi, yani 100 ta karam o’simligida 17 ta oddiy oltinko’z to’g’ri keladi. Uch kundan so’ng o’rtacha 100 ta o’simlikka 90 ta tuxum to’g’ri keladi. Iyulni birinchi o’n kunligida lichinkalar soni ko’payadi va 100 ta o’simlikda 13 ta lichinka to’g’ri keladi. Oddiy oltinko’zni mavsumda karam dalalarida ikkinchi miqdoriy o’sishi avgust uchinchi dekadasining o’rtalariga to’g’ri keladi. O’rtacha 100 ta o’simlikka 12 ta xrizopa to’g’ri keladi. Xuddi shu holatda tuxumlar va lichinkalarda miqdoriy o’zgarishlar kuzatiladi.
Oddiy oltinko’z yetuk davrida tunda uchadi. Yoruqlik manbalariga uchib boradi. Oltinko’zlarni lichinkalarida kanibalizm xususiyati mavjud, shu sababli ular tuxumlarini bitta-bitta yoki siyrak to’plam holda qo’yadi. Tuxumlari bir biridan 5-10 mm masofada joylashgan bo’ladi. Oddiy oltinko’z bir sutkada 16 ta tuxum qo’yadi, butun hayoti davomida esa 650 tagacha tuxum qo’yishi mumkin.
Oddiy oltinko’zni taraqqiyoti haroratga bog’liq. Embrional rivojlanishi 28-300C da 2 kun, 22-24 0C da esa 7 kun davom etadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar hayot faoliyatida ikki marta tullaydi. Uchinchi tullash pillani ichiga bo’ladi. 24 0C haroratda oddiy oltinko’zning to’la rivojlanishi 30 kun davom etadi. Bundan 5 kuni tuxumlik, 11 kuni lichinkalik, 14 kuni g’umbaklik davrlariga to’g’ri keladi.
Ko’pincha imagosi qishlab qoladi. Kuzda oltinko’zlar uchib yurib qishlash uchun pana joy topadi. Pana joy sifatida daraxtlarning po’stlog’i osti, turli xil imoratlar, xazon va qurib qolgan xas orasi xizmat qiladi. Bazi hollarda pilla ichidagi g’umbaklar ham qishlashi mumkin.
2.Tur- Trichogramma – Trichogramma.
Oila-Trixogrammalar -Trichogrammatidae.
Turkum- Pardaqanotlilar -Hymenoptera.
Trixogramma (Trichogramma) - pardaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar urugʻi; ekinlar va oʻrmonzorlarga zarar keltiruvchi xavfli zararkunanda hasharotlar tuxumlari kushandasi. Butun dunyo faunasida Trixogramma avlodiga kiruvchi 143 tur mavjud. Oʻzbekistonda esa Trixogramma 15 turi topilgan, 6 tasining bioekologiyasi chuqur oʻrganilgan. Qishloq xoʻjaligida ekinlar zararkunandasi boʻlgan tunlam kapalaklarning tuxumlarini yoʻqotishda asosiy biologik vosita sifatida ishlatiladi. Tanasining uz. 0,3-0,9 mm. Trixogrammaning qisqa qanotli va qanotsiz turlari mavjud. Moʻylovi 5-9 boʻgʻimli, qanotlari keng hoshiyali, oldingi qanotlari qisqa shokilali. Orqa juft qanotlari ingichka. Urgʻochisining moʻylovi qisqa, bir halqali, xivchini ikki boʻgʻimli. Erkaklari koʻpincha qanotsiz yoki qanoti soddalashgan. Trixogramma polifag boʻlib, 200 ga yaqin turdagi hasharot tuxumini zararlaydi. Asosiy va bosh xoʻjayinga ega. Faqat lichinkasi tekinxoʻrlik (parazitlik) qiladi. Yetuk hasharotlar gul shirasi va shudring bilan oziqlanadi. Urgʻochi Trixogramma xoʻjayin organizmning yangi qoʻyilgan tuxumi ichiga oʻz tuxumini qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi xoʻjayin tuxumi ichidagi moddalar bilan oziqlanib rivojlanadi. Oziqlanib boʻlgan lichinkasi shu yerda gʻumbakka aylanadi. Gʻumbakdan shakllangan yetuk individ tuxum poʻstini teshib tashqariga chiqadi; endigina uchib chiqqan jinsiy yetuk urgochi hasharot darhol erkak bilan juftlashib, tuxum qoʻya boshlaydi.
Trixogrammaning rivojlanish davri havo harorati 25-30 °C va namligi 30-70% boʻlganida 7-35 kun davom etadi. Yetuk hasharotlar 3-18 kun yashaydi. Shu davr mobaynida bir urgʻochi hasharot 25-92 dona tuxum qoʻyishi mumkin. Tabiatda trixogramma turlari Oʻzbekistonning barcha madaniy bog’dorchilik, dehqonchilik zonalarida va, shuningdek, togʻlardagi yovvoyi oʻsimliklarda, choʻl, chala choʻllarda ham uchraydi.


2.4.2-rasm. Trixogramma (Trichogramma).
3.Tur- Yaydoqchi -Ichneumonid.
Oila- Asl Yaydoqchilar Ichneumonidae.
Turkum- Pardaqanotlilar -Hymenoptera.
Ihneumonidae (Asl Yaydoqchilar oilasi) -pardaqanotlilar turkumiga mansub 60 mingdan ortiq turi maʼlum. Yaydoqchilarning qurtlari boshqa hasharotlar tanasida yoki tuxumida parazitlik qilib yashaydi. Yaydoqchilarning qorni uchida uzun tuxum qoʻygichi boʻladi. Tabiatda oʻtlar ustida pastlab uchib yurgan yirik yaydoqchilarni koʻp uchratish mumkin. Yaydoqchilar tuxum qoʻygichi yordamida hasharotlar qurti terisini teshib, uning tanasiga tuxum qoʻyadi. Tuxum qoʻyadigan urgʻochi yaydoqchi qurtni minib olganga oʻxshaydi. Shuning uchun bu hasharotlar yaydoqchilar deb ataladi. Tuxumlardan chiqqan yaydoqchi qurtchalari kapalak qurti tanasi toʻqimalarini yeb oʻsadiva asta sekin uni halok qiladi. Bir qancha yaydoqchilardan zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik kurash olib borish maqasadida foydalaniladi.

2.4.3-rasm. Yaydoqchi (Ichneumonid).


4.Tur- Apanteles - Apanteles bicolor.
Oila- Broconidlar - Bracoinadae.
Turkum- Pardaqanotlilar -Hymenoptera.
Kuyalar miqdorini kamaytirishda yuqori darajada faol parazit – Braconidlar oilasiga mansub Apanteles bicolor turi hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda girdak kuyasi miqdorini 10,7-11,0% ga Achrusosharella farmosa va chrusocharic turlari kamaytiradi.
Shuni aytish kerakki, barglarda kovak hosil qiluvchi kuyalar entofaglarining asosiy qismini Bracoinadae, Zchneumonedae, Eulophidae va Tachinidae oilalariga tegishli parazitlar tashkil qiladi.



2.4.3-rasm. Apanteles (Apanteles bicolor).
5.Tur- Suluv qoʻngʻizlar - Carabus.
Oila- Vizildoq qoʻngʻizlar - Carabidae.
Turkum- Qo’ng’izlar yoki qattiq qnotlilar -Coleoptera.
Vizildoq qoʻngʻizlar (Carabidae) - yirtqich qoʻngʻizlar kenja turkumi oilasi. Uzunligi 12-90 mm, tanasi odatda choʻziq, moʻylovlari koʻpincha ipsimon, oyoqlari uzun, yuguruvchan. Ustqanotlari koʻpincha choklar orqali oʻzaro yopishib ketgan, ostqanotlari rivojlanmagan. Rangi aksariyat hollarda qora yoki qoʻngʻir, metallga oʻxshash yaltiroq, ba’zan chipor. Koʻpchilik turlarida himoya suyuqligi ishlab chiqaradigan anal bezlari boʻladi. Ular tuproqda va uning sirtida, baʼzan daraxtlar va ularning yogʻoch qismida, chumoli va termitlar uyalarida, gʻorlarda hayot kechiradi. Koʻpchilik turlari tuprokda yashaydigan har xil umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Xususan, suluv qoʻngʻizlar kapalaklarning qurtlari, asl vizildoqlar (Carabus) hasharotlar va mollyuskalar bilan oziqlanadi. Bir yillik, ikki yillik, baʼzan uzoqroq generatsiyaga ega. Vizildoq qoʻngʻizlar ustida zoogeografik, geografik oʻzgaruvchanlik va hayotiy formalari boʻyicha bir qancha tadqiqotlar olib borilgan.
Vizildoq qoʻngʻizlar mikroiqlim, tuproq va oʻsimlik qoplami sharoitining oʻzgarishiga juda sezgir boʻlganidan bioindikator sifatida foydalaniladi. 30 mingdan ortiq turi shimoldan ekvatorgacha boʻlgan hududlarda tarqalgan, bir qancha turlari turli mamlakatlar Kizil kitobiga kiritilgan. Oʻzbekistonda 400 dan ortiq turi uchraydi.
Suluv qoʻngʻizlar - Carabus.

2.4.4-rasm. Suluv qoʻngʻizlar (Carabus).



Download 5,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish