Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi



Download 5,86 Mb.
bet17/18
Sana01.06.2022
Hajmi5,86 Mb.
#628680
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
ДИСС БАРНО

TAKLIF VA TAVSIYALAR
Mevali bog’larda kimyoviy preparatlarning ko’p qo’llanilishi natijasida bog’ biostenozida biologik muvozanatning buzilishi zararkunanda organizmlarga qarshi kurashning yangi, atrof – muhitni kam ifloslantiruvchi usullarni ishlab chiqish yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borishni taqozo etmoqda. Anna shunday asosiy usullardan biri agrotexnik chora-tadbirlarni qo’llab zararkunandalarga qarshi kurashni tashkil qilishdir. Agrotexnik tadbirlarni to’g’ri, o’z vaqtida olib borish mevali daraxtlarning zararkunanda hasharotlarga va kasalliklarga chidamliligi oshishiga, daraxtlarning yaxshi o’sishi va hosildorligining ortishiga etarli sharoit yaratadi. Mevali daraxtlarga kuzda yoki erta bahorda shakl berish, qishda yaxob suvi berish, qator oralarini chuqur haydash, vegetastiya davrida yon novdalarni olib tashlash, o’g’itlash va sug’orish ishlari agrotexnik tadbirlarning asosini tashkil qiladi. Bog’larda daraxtlarning yaqin joylashishi texnika vositalaridan unumli foydalanishga xalaqit beradi, natijada hasharot va kasalliklarni rivojlanishiga sharoit yaratadi.
Daraxt shoxlarini sifatli qirqish, daraxt tanasi va katta shoxlarini eski po’stloqlaridan tozalash, o’simlik qoldiqlari va xazonlarni olib tashlab daraxt tanasini ohak va insektistidlar bilan aralashtirib oqlash, karton qog’oz, eski materiallardan tayyorlangan tutqich belbog’larni osish, unga tushgan hasharot qurti, g’umbaklarni o’ldirish kabi ishlarni sifatli bajarish natijasida qalqondorlar 30-35 foizga, kuyalar 15-25 foizga, olma mevaxo’ri 10-20 foizga, kanalar 20-25 foizga kamayishi tajribalarimizdan tasdiqlandi. Agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida va sifatli o’tkazish kimyoviy ishlov berishni 2-3 marotabagacha qisqartirishga olib keladi.
Olmazorlarda olma qurtiga qarshi samarali separator – tutqich moslamani qo‘llashdan oldin, olmazorlarning agrotexnik qoidalariga rioya etish talab etiladi. Zararkunandaning kuzda qishgi tinim davriga ketishdan oldin olma daraxtining tagi xas, xazonlardan to‘liq tozalanib, tagi ag‘darilib, ishlov beriladi. Daraxtning eskirgan po‘stloqlari olib tashlanib, tuproq bilan qo‘shib ishlangan oltingugurt aralashmasidan tayyorlangan bog‘ malhami bilan bekitib chiqiladi. Qishda esa yaxob suvi beriladi. Biz yuqorida qayd etgan agrotexnik qoidalariga to‘liq amal qilgan holda erta bahordan separator – tutqich moslamani daraxtlarning shoxiga bekitib qo‘ysak, bu moslamadan samarali foydalanish mumkin.
Urug’li meva daraxtlari O’zbekiston sharoitida talaygina zararkunanda va kasalliklar ta’sirida ko’p zararlanadi. Regionning tuproq-iqlim sharoiti ham shuni taqozo qiladi.
Olma mevaxo’ri bog’larda etishtiriladigan hosilning katta qismini yo’qotishi bilan birga, serhosil, sifatli va ekologik sof maxsulotlarni etishtirishda ham o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatadi.
Tajriba-sinov maydonidagi olma daraxtlariga yangi tutqich-moslamalar o’rnatildi (har bir daraxtga 2 donadan). Tutqich-moslama teshikchalari diametri 1-1,5 mm bo’lgan sim to’rdan tayyorlangan qutichadan iborat bo’lib, uning hajmi 20x10x10 sm. Uning sim to’ridan zararkunandaning oxirgi yoshdagi qurtlari bemalol o’ta oladi, ammo g’umbakdan uchgan kapalaklar qaytib chiqa olmaydi. Shuning uchun ham uni separator tutqich-moslama deb atadik.
Tajriba – sinov natijalariga ko’ra 2021 yilda zararkunandaning nazoratga nisbatan 23,1 % gacha zararlanish darajasi kamayganligi qayd etildi. Nazoratda bu ko’rsatgich 63, 6 % ni tashkil etdi. O’tkazilgan tajriba sinovimizdan shu narsa ma’lum bo’ldiki, separator-tutqich moslamani barcha olmazorlarda qo’llash maqsadga muvofiqdir
Bu esa etishtirilgan hosilni to’liq saqlab qolishda va bog’ agrobiostenozi ekogik muhitini saqlashda ishlatiladigan qulay moslamaligi bilan ajralib turdi.



Download 5,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish