2.2. Mevali bog’lar entomofaunasi
Hasharotlar miqdorini tabiiy kamaytirishda tabiiy kushandalar (entomaglarning) ahamiyati katta. Hammasi bo’lib, MDH davlatlarida 190 taga yaqin olma qurtining yirtqich va parazit entomaglari mavjud. Shu jumladan, O’zbekistonda 30 ga yaqin turi bor [32].
Asosan parazit yaydoqchi entomaglar katta ahamiyatga ega. Shulardan faol parazitlik qiluvchi ixnevmonidlar oilasiga mansub Liotryphon punctulatus va brakonid – Microdus rufipes turi entoparazit, ya’ni ichki parazit hisoblanadi. Olma mevaxo’rining bu yaydoqchilar bilan zararlanishi kuz oylarida ko’p bo’ladi va 30 % idan ortiqdir. Olma mevaxo’rining qurti, g’umbagi entomofaglar bilan o’rtacha 12-16% gacha zararlanadi.
Olma qurti g’umbagi – Nosema carpocops nematodasi bilan zararlanishi tajribalarda kuzatildi.
Bizning kuzatishlarimiz – chrisopidae va bir necha turdagi Fopmicidae oilasiga tegishli yirtqichlar, hamda yirtqich – o’rgimchaklar olma qurtini, tuxumi qurti, g’umbagi va etuk zotini ma’lum darajada kamaytiradi.
Olma mevaxo’rining g’umbagi va qurtini kamaytirishda ma’lum darajada yirtqich qo’ng’izlardan Juxelistalar ham katta ahamiyatga ega. Ko’proq uchraydigan Juxelistalar avlodlaridan Bemlidion, Harpolus, Ophonus, pterostiohus va Solathus kabilar hisoblanadi.
Bog’larda vegetastiya davrida 30 tadan ortiq turdagi juxelistalar uchrashi va ular 11 avlodni tashkil etishi aniqlandi.
Kimyoviy ishlov berilgan mevali bog’larda olma qurtining yuqorida aytilganlaridan tashqari yana quyidagi entofaglar qayd qilingan: Apanteles cirrcumseriptus, Simpiesis gopdias, Simpieses gregon, Cirrozspilus vittatus, Pnigalio pectinocornis turlari, kimyoviy ishlov berilmagan bog’larda esa Cirrozspilus pietus, Cirrozspilus talitzkil, Cirrozspilus veriegatus, pediobius saulius, Achrusocharaides nilvipes, Tetrostichus amethustinus, Tetrostichus ecus turlari.
Zararkunandalar va ularning entomofaglari rivojlanishi ustidagi finologik kuzatishlar yil davomida, ya’ni mart boshida kech kuzgacha davom ettiriladi shuni qayd qilish mumkinki, olma qurti Qashqadaryo viloyatida yil davomida 4 martta avlod beradi.
G’umbakka ketish va kapalaklar uchib chiqishi bahorda aprel oyining birinchi o’n kunligi oxiri, ikkinchi o’n kunligi boshiga to’g’ri keladi. Birinchi bo’g’in rivojlanishi aprel-may, ikkinchisi iyun-iyul, uchinchisi iyul-sentyabr, to’rtinchisi sentyabr-oktyabr oylarida sodir bo’ladi.
Adabiyotlardan keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra Vengriya sharoitida kimyoviy ishlov berilmagan mevali bog’larda mavjud 22 tur, bog’ kuyalarida 33 tur entomofaglar aniqlangan bo’lsa, doimiy ishlov beriladigan bog’larda 7 turdagi kuyalarda 8 tur entofaglar aniqlangan [22].
Kuyalar miqdorini kamaytirishdayuqori darajada faol parazit – Braconidlar oilasiga mansub Apanteles bicolor turi hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda girdak kuyasi miqdorini 10,7-11,0% ga Achrusosharella farmosa va chrusocharic turlari kamaytiradi [32].
Shuni aytish kerakki, barglarda kovak hosil qiluvchi kuyalar entofaglarining asosiy qismini Bracoinadae, Zchneumonedae, Eulophidae va Tachinidae oilalariga tegishli parazitlar tashkil qiladi.
Parazitlardan tashqari kuyalarni yo’q qilishda yirtqich hasharotlar ham katta rol o’ynaydi. Bularga yirtqich tripslar: vizildoq qo’ng’izlar, yirtqich qandalalar va boshqa kushandalar kiradi. Olmazor bog’larda kimyoviy preparatlar bilan ishlov berilmaganda, parazitlar va yirtqich kushandalar hamba boshqa foydali organizmlar yordmida 60-70% kovak hosil qiluvchi kuyalarning qurti va g’umbaklarini yo’q qiladi [26].
Barg o’rovchilar orasida mevali daraxtlarning zararkunandasi sifatida olma, olxo’ri va sharq mevaxo’rlarini, hamda barglarni zararlovchi ayrim bargo’rovchi turlarni alohida qayd qilib, o’tish zarur. Bog’larda bargo’rovchilar hisobiga yirtqichlik va parazitlik qiladigan tabiiy kushandalarning kattagina qismi aniqlangan.
Yirtqich hasharotlarni olma, olxo’ri va mevaxo’rlarning tuxum va qurtlari bilan yirtqich qandalalar, ayrim turdagi vizildoq qo’ng’izlar, kokstinellidlar, oltinko’zlar oziqlanadi.
B.V.Zlatonovning (1992) ma’lumotlariga ko’ra, Qozog’iston janubiy sharqida kimyoviy preparatlar bilan ishlanmagan bog’larda yirtqich qandalalar son jihatidan umumiy entomofaglarning 43 % ni tashkil qilib, bir daraxtdagi ularning soni 20 ming donagacha etishi qayd qilingan. I.E.Do’smanov (1997) ma’lumotlariga ko’ra esa Toshkent viloyati sharoitida mevali daraxtlarda vizildoq qo’ng’izlarning Rterostichus cardaticolla L., Amara sp turlari qayd qilingan. Oltinko’zlardan Chrusora carnia Stern, turlari mevali daraxtlarda ommaviy ravishda uchraydi [23].
Parazit hasharotlardan mevaxo’r tuxumlarida kushandalik qiladigan oddiy trixogramma, sarg’ish mevaxo’rlar va erkaksiz trixogrammalar hamda qurt va g’umbaklarda parazitlik qiluvchi ixnevmonidlardan pimplalar, pristoerus, liotrifon, brakonidlar-to’rttishli askograster, mikroduslar va boshqa muhim ahamiyat kasb etadi.
Sarg’ish trixogramma (Humenoptera turkumi) keng tarqalgan tur. G’umbak oldi davrida bargo’rovchilar tuxumlari ichida qishlab chiqadi. Bu tur asosan namlik yuqori uchastkalarda daraxtlari qalin va pastlikda joylashgan bog’ uchastkalarda tarqaladi. Optimal sharoitda (18-26 0C harorat, 75-80 % havo nisbiy namligi) har bir urg’ochi trixogramma 40-70 donaga qadar tuxum qo’yadi.
Trixogramma populyastiyasining 70-80% ini urg’ochi tashkil qiladi. Havo nisbiy namligi 40-50 % pasayganda urg’ochilarning jinsiy mahsuldorligi 30 % kamayadi, rivojlanish to’xtaydi. Populyastiyada erkak miqdori ko’payadi.
Urg’ochi trixogramma o’z tuxumlarini olma mevaxo’ri, kurtak parvonasi va boshqa bargo’rovchilar tuxumlari ichiga kiradi. Sarg’ish trixogrammaning rivojlanish muddatlari 25, 20, 18, 14 0C haroratda mos ravishda 9, 17, 21 va 38 kun davom etadi. Tabiiy sharoitda sariq trixogramma 10 marta atrofida avlod beradi.
Sariq trixogramma o’z xo’jayinini qidirib topish va xo’jayin bilan sinxron rivojlanish stikli sustligi tufayli uning samarasi bir muncha pasayadi. Trixogramma bahorda olma qurti tuxum qo’yishidan oldin uchib, chiqadi [21].
Bog’lar atrofida birmuncha kattaroq o’rmonzorlar bo’lishi va bunday o’rmonlardan bargo’rovchilarning populyastiyasi qalinroq bo’lgan hududlarda parazitning muntazam ravishda rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Parazit mevali daraxtning shox-shabbalariga bir tekis tarqaladi.
Erkaksiz trixogramma parazit telitokiya tipida ko’payganligi tufayli unga berilgan. Chunki bu trixogrammaning erkaklari tabiatda kamdan-kam uchraydi.
Trixogrammaning asosiy xo’jayini olma qurti hisoblansada, u o’z tuxumlarini parvonalar, oq kapalaklar, elkanlilar, ipak qurtlari tuxumlariga ham qo’yishi mumkin.
Boshqa trixogramma turlariga nisbatan uning jinsiy mahsuldorligi past va sariq trixogrammaga nisbatan bir muncha kserofildir. Ya’ni havoning nisbiy namligi 53 % bo’lganda urg’ochi 16-23 dona tuxum qo’ysa, namlik 75% ko’tarilganda, atigi 6-12 dona tuxum qo’yadi xolos. Trixogramma daraxt shox-shabbalarining asosan yuqori qismiga yig’iladi.
Sariq va erkaksiz trixogrammaning bog’lardagi samarasi unach yuqori emas. Shuni hisobga olgan holda, har bir mevali daraxtga mevaxo’r bir avlodiga qarshi 5-6 martaga qadar 1,5 dan 20 minggacha trixogramma chiqarish tavsiya etilgan.
Mastrus – Mastrus sp- olma mevaxo’ri pilla o’rayotgan qurtining tashqi paraziti keng tarqalgan.
Yaydoqchi erta bahorda uchib chiqadi. Pillalardan uchib chiqqan yaydoqchining jinsiy sistemasi to’liq rivojlangan bo’lib, uning tuxumdonida 6-12 etuk tuxumlari bo’ladi. Yaydoqchi uchib chiqishi bilanoq, bir necha sotadan so’ng tuxum qo’yishga kirishadi.
Tuxum qo’yish maqsadida yaydoqchi mo’ylablari yordamida po’stloqqa yaqin qismiga bir necha bor tuxum qo’ygichini sanchib, pilla ichidagi olma qurtini falajlaydi. Ayrimda pilla ichiga kiradi. Bu holda qurt ko’pincha parazitga hujum qilib, uni o’ldiradi.
Bitta qurt tanasiga yaydoqchi 5-6 dona tuxum qo’yadi. Parazitning embrional rivojlanishi 2-3 kun davom etadi. Qurt tanasiga parazit qanchalik ko’p tuxum qo’ysa, undan uchib chiqqan yaydoqchilar shunchalik mayda bo’ladi.
Parazit lichinkalarining qurt qoldiqlarida g’umbakka aylanish uchun pillacha to’qiydi (2-3 kun davomida). Parazit yozgi avlodining pillalari oq, qishlovchilariniki esa och jigarrangdan to’q jigarranggacha bo’ladi. Parazit bir avlodi to’liq rivojlanishi uchun 23-27 sutka kerak bo’ladi.
Voyaga etgan parazit o’rtacha 15-20 kun, ayrimlari esa 25-30 kunga qadar yashaydi. Parazit populyastiyasida urg’ochi zotlar 65-70 % ni tashkil qilib, o’rtacha har bir urg’ochi mastrus 75-100 dona tuxum qo’yadi. Parazit yiliga 5-6 marta avlod beradi.
Liotrifon – olma diapauzasidagi qurtlarining keng tarqalgan tashqi paraziti (ektoparazit), oligofag.
Parazit katta yoshdagi lichinkalik fazasida olma qurti pillasida qishlaydi va kelasi yil fevralida g’umbakka aylanadi. Yaydoqchining qishlovchi lichinkalari -25 0C sovuqqa ham chidaydi. O’zbekistonda liotrifon g’umbaklardan, asosan martning oxiri aprelning boshlarida uchib chiqadi [5, 34, 35, 36].
Uchib chiqqan yaydoqchi olma mevaxo’rining qishlayotgan qurtlarini zararlashga ulguradi. Yaydoqchi tuxumlarini olma mevaxo’ri qurt ustiga yoki yoniga qo’yadi. Bitta qurtga 7 donagacha tuxum qo’yilishi mumkin, ammo shulardan faqat bittasida lichinka to’liq rivojlanadi, qolganlarida esa lichinkalar bir-birlarini shikastlanishi tufayli nobud bo’ladi.
Qo’yilgan tuxumlar urug’langan yoki urug’lanmagan bo’lishi ham mumkin. Urug’langan tuxumlardan urg’ochilar, urug’lanmaganlaridan esa faqat erkak yaydoqchilar rivojlanadi. Mastrus yaydoqchisidan farqli o’laroq liotrifon g’umbaklardan jinsiy voyaga etmagan holda uchib chiqadi.
Bunda g’umbaklardan dastlab parazitning erkaklari keyin esa urg’ochilari chiqadi. Urg’ochilari gul nektari va xo’jayin gemolimfasi bilan oziqlanganidan keyin, uning tuxumi etiladi va 5-6 kunlari tuxum qo’yishga kirishadi.
Oqsilli va uglevodli qo’shimcha ozuqalar iste’mol qilgan urg’ochilar 30 dan 40, erkak hasharotlar esa 15 dan 20 kungacha yashaydi. Urg’ochi liotrifon 120-130 donaga qadar tuxum qo’yadi.
Laboratoriya sharoitida bitta yaydoqchi 118 qadar olma mevaxo’ri qurtini falajlagani aniqlangan.
Vegetastiya mavsumida liotrifon 6 martagacha nasl beradi.
Toshkent viloyati bog’larida 1971 yili yaydoqchi olma mevaxo’ri qurtlarini 30 % zararlagan [26].
Pristomerus - Pristomerus vulnerator Grav. Polifag. Kapalaklar qurtlari va ayrim ikkiqanotlilarning lichinkalarida parazitlik qiladi. 4 va 5 yoshdagi lichinkalik fazasida mevaxo’r qurtlarida qishlab chiqadi. Bahorda (may oyida) uchib chiqqan parazit bir hafta davomida turli o’simliklar gul nektari bilan oziqlanadi, jinsiy chatishadi.
Urg’ochi, olma mevaxo’ri birinchi va ikkinchi yoshdagi qurtlari olma po’sti ostida yoki mag’zida bo’lganda ham ularning tanasi ichiga 1 donadan tuxum qo’yadi. Pritomerus lichinkasi o’z rivojlanishini olma qurti g’umbakka aylanish davrida yakunlaydi. Urg’ochi parazit 50-60 donaga qadar tuxum qo’yadi.
To’rt tishli askogaster (Humenoptera turkumi, Braconidae oilasi) Olma va olxo’ri mevaxo’rlari tuxum va qurtlari hisobiga kushandalik qiluvchi samarali parazit.
Olma qurtida tarqalgan barcha mintaqalarda uchraydi. O’zbekiston sharoitida askogaster olma mevaxo’ri qurtlaridan mayning birinchi yarmidan boshlab uchib chiqa boshlashi, olma qurti kapalaklarining ommaviy tuxum qo’yish davriga to’g’ri keladi [32].
Bunda askogaster jinsiy etilgan bo’lib, 5-6 soatdan keyin tuxum qo’yishga kirishadi. Askogaster olma qurti kapalagi tuxumini izlab, uning ichiga tuxum qo’yadi. Urug’lanmagan tuxumlardan faqat erkak hasharotlar rivojlanadi.
Urug’lari 700 donaga qadar tuxum qo’yishi mumkin. Parazitning lichinkasi xo’jayin embrionidayoq ochib chiqib, rivojlanishdan to’xtaydi va xo’jayin qurti pilla o’rash davrida uning ichki borlig’i bilan zo’r berib, oziqlanadi. Oziqlanib bo’lgach, xo’jayin qurti pillasi ichida pillaga o’ralib, g’umbakka aylanadi.
Askogasterning to’liq rivojlanishi uchun 30-35 kun kerak bo’lib, vegetastiya mavsumida brakonid 3-4 avlod beradi. Toshkent viloyati sharoitida askogaster zararkunandani 14 % Qozog’istonda esa olxo’ri qurtini 36-88 % gacha kamaytiradi [5, 32,35].
Qiziloyoq mikrodus – (Humenoptera turkumi, Braconidae oilasi) Olma mevaxo’ri qurtlari va bir qancha boshqa kapalaklar qurtlarining keng tarqalgan paraziti. Mikrodus diapauzadagi lichinkalik fazasida olma mevaxo’ri qurti pillasi ichida qishlaydi.
Parazit olma mevaxo’ri qurtiga nisbatan bir necha kun oldin jinsiy voyaga etmagan holda uchib chiqadi va qo’shimcha uglevod ozuqa bilan oziqlanishga muhtoj bo’ladi. Oradan 2-4 kun o’tgach, urg’ochi mikrodus olma mevasi po’sti ostidagi va mag’zidagi mevaxo’rning birinchi va ikkinchi yoshdagi qurtlari ichiga tuxum qo’yadi va to’rtinchi yoshida lichinka stadiyasiga qadar mikrodus ichki parazitlik (endoparazit) qilib, mevaxo’r qurti pilla o’raganidan keyin parazit lichinkasi uning ichidan chiqadi va uning qoldiqlari bilan oziqlanadi (ektoparazit), xo’jayin pillasi iichda pilla o’rab, g’umbakka aylanadi.
Mikrodus o’z xo’jayini – olma qurti bilan sinxron rivojlanib, zararkunanda qancha avlod bersa, parazit ham shuncha avlod beradi.
Barg kemiruvchi tangacha qanotlilar orasida olma kuyasi, do’lana kapalagi, tengsiz ipak qurti, zlatoguska, amerika oq kapalagi va boshqalar mevali daraxtlarning jiddiy zararkunandalari hisoblanadi.
Ular hisobiga bir qancha yirtqich va parazitlar oziqlanadi. Yirtqich qandalalardan antokorislar (oddiy va o’rmon), ayrim so’qir qandalalar, olma kuyasi qurtlari bilan oziqlansa, boshqa ko’pchilik yirtqich hasharotlardan oltinko’zlar, kokstinellidlar, vizildoq qo’ng’izlar, tok ipak qurti va boshqa tangachaqanotlilarning tuxum va qurtlari bilan oziqlanadi. Barg kemiruvchi tangachaqanotlilarda parazit hasharotlarning 100 dan ortiq turi qayd qilingan.
Jumladan, olma kuyasi tuxumlarida ageniapis, tengsiz ipak qurti kapalagi tuxumlarida yapon anastatusi parazitlik qiladi. Do’lana kapalagi qurtlari tanasidan apanteleslar, tengsiz ipak qurti g’umbaklaridan ham apanteleslar – ipak qurti apantelesi tabiiy kushandalik qiladi. Pardasimon parazitlardan tashqari barg kemiruvchi tangacha qanotlilarda ko’p sonli taxin va sarkofaglar ham parazitlik qiladi.
Xushbo’y gulbadan – Calocoma sucophanta L.(Coleoptera turkumi, Carabidae oilasi) Turli yoshlardagi qo’ng’izlari g’umbak beshikchasida, tuproqda qishlaydi. Qishlovchi qo’ng’izlar may oyida chiqib, tengsiz ipak qurti katta yoshdagi qurtlari bilan oziqlanadi.
Urg’ochi qo’ng’izlar tuproqqa tuxum qo’yadi. Oradan 3-10 kun o’tgach qo’yilgan tuxumlardan lichinkalar chiqib, bu yosh qo’ng’izlar g’umbak beshikchalarida qishlashga qoladi. Voyaga etgan qo’ng’izlar 2-4 yil davomida yashaydi va tengsiz ipak qurti kapalaklari uchib chiqishidan oldinroq, iyunda qishlovga ketadi.
Xushbo’y gulbadanning lichinka va qo’ng’izlari juda serharakat bo’lib, erdagi, daraxt, poya va shoxlaridagi qurtlarga hujum qiladi. Yoz davomida bir qo’ng’iz zararkunandaning 200-300 qurtlari, uning lichinkasi esa 40-50 qurt va 15-20 g’umbakni yo’qotadi.
Ageniaspis – Ageniaspes fuscicollis Dalm (Humenoptera turkumi, Encurtidae oilasi). Keng tarqalgan parazit. O’zbekistonning tog’li hududlari (Pskem, Shohimardon, Iordan, Omonqo’ton) ga Qirg’iziston, Qozog’iston va Dnepropetrov (Ukraina) viloyatida o’tgan asrning 60 yillari birinchi yarmida olib kelinib, iqlimlashtirilgan (Eremenko, Gomolestkaya, Bogolyubova, 1968) va olma, meva hamda tol kuyalariga qarshi kurashda yuqori samara olingan. Muhimi shundaki, olma kuyasi va ageniapis ham vegetastiya mavsumida sinxron rivojlanib, bittadan avlod beradi.
Parazitlarning tuxumi Huponomeuta avlodiga oid olma, meva va boshqa kuyalar qurtlarida qishlab chiqadi. Bahorda ageniaspis poliembrioniya tipida ko’payib, uning har bir murtagidan 50 dan 2000 taga qadar lichinka rivojlanadi. Kuyalar qurti beshinchi yoshga o’tganda, parazit lichinkalari tashqariga chiqadi, xo’jayini nobud qiladi va o’sha erda qurt po’stida g’umbakka aylanadi.
Ageniaspisning uchib chiqishi, olma kuyasi kapalaklari tuxum qo’ya boshlash davriga mos keladi va parazitning uchib chiqishi 3 hafta davom etdi. Uchib chiqqan ageniaspisning erkak va urg’ochilari shu kunning o’zidayoq jinsiy chatishadi.
Ammo ageniaspisning hayoti 8-15 kun davom etadi, olma kuyasining tuxum qo’yishi esa bir oyga cho’ziladi. Shuning uchun ham zararkunandaning qisman qo’yilgan tuxumlari parazit bilan zararlanmay qoladi. Bog’ qator oralariga xantal, shivit singari nektarli o’simliklarni ekish parazit hayotini uzaytiradi va uning samaradorligini oshiradi.
Nitobiya - Nitobia (Humenoptera turkumi, Ichneumonidae oilasi) respublikamizning Toshkent va Farg’ona viloyatlari tog’ bog’dorchiligi sharoitida olma, meva va tol kuyalarining muhim tabiiy kushandalaridan biri hisoblanadi.
Yaydoqchining samaradorligi tuxum to’dalarining qalinligiga bog’liq, ya’ni ular qancha qalin bo’lsa, samara shuncha yuqori bo’ladi. Parazitning voyaga etganlari iyun oyi uchinchi o’n kunligi ikkinchi yarmida uchib chiqadi. Erkak va urg’ochilari nisbati 1:1 bo’lib, uchib chiqqan yaydoqchilar 1-2 kundan so’ng jinsiy chatishadilar. Urg’ochilarning yashash muddati, bevosita ularning qo’shimcha oziqlanishiga bog’liq. Laboratoriya sharoitida qand sharbati bilan oziqlantirilgan urg’ochi yaydoqchilar 20 kunga qadar, erkaklari esa 7-12 kun yashagan.
Pimpla - Pimpla turionella L- (Humenoptera turkumi, Ichneumonidae oilasi) keng tarqalgan hammaxo’r tabiiy kushanda. Pimpla 45 turdan ortiq kapalaklarning g’umbaklarida parazitlik qiladi. Urg’ochi xo’jayin g’umbagiga bir donadan tuxum qo’yadi va har bir urg’ochi hammasi bo’lib, 46-51 dona tuxum qo’yadi.
Parazit lichinkasining rivojlanishi 4 haftaga cho’ziladi. Pimpla voyaga etgan fazasida xo’jayin g’umbagida daraxtlarning qurigan po’stloqlari ostida qishlaydi.
Parazit iyul oyining birinchi o’n kunligida qishlashdan chiqadi. Qo’shimcha oziqlantirilganda yaydoqchi bir oyga qadar, qo’shimcha oziqlantirilmaganlari esa 1-3 kun yashaydi.
Toshkent va Farg’ona viloyatlarida yaydoqchi zararkunanda g’umbaklarini 6-20 % zararlaydi [31].
Bog’ agrostenozida mevali daraxtlarning turli qismlari bilan oziqlanadigan fitofaglarning 400 dan ortiq turi qayd qilingan bo’lsa-da, ammo iqtisodiy yuqori darajada zarar beradigan turlar soni 150 dan oshmaydi.
Shuning bir bir qatorda bog’ zararkunandalari miqdorini kamaytirib turishda bog’ agrostenozi entomo va akarifaglarning ham ahamiyati beqiyosdir.
Respublikamiz bog’ agrostenozi mevali daraxtlarida zararli kanalar bilan oziqlanadigan yirtqich kana va hasharotlarning 16 turi aniqlangan bo’lib, shundan 13 tur yirtqich kanalar 2 ta turkumga (Parasitiformes va Acariformes) va 3 turdagi yirtqich hasharotlar esa uch turkumga (Thusanoptera, Coleoptera, Neuroptera) mansubdor [32].
Qayd qilingan yirtqich kanalar orasida amaliy jihatdan ommaviy tur sifatida fitoseyrus karniger jinsiy urug’langan yirtqich urg’ochilari daraxt po’stloqlari ostida, novda va poya yoriqlarida, daraxt kovaklari va to’kilagan yoki barglarida qishlaydi.
Mart oyining ikkinchi yarmida kanalar qishlov joylaridan chiqadi. Dastlab ularning soni kamroq bo’ladi. Yirtqich kanalar oziqlanib, tarqaladi va tez orada tuxum qo’yishga kirishadi. Odatda aprelning boshlarida uning tuxumlarini olma bargida kuzatish mumkin. Ommaviy tuxum qo’yilishi esa aprel-may oylarida havoning o’rtacha sutkalik harorati 15-200 S ga etganda kuzatiladi [14].
Yirtqich kanalarning soni iyul oyi o’rtalarida sutkalik havo harorati 28-29 0C gacha etganda ko’payadi. Ayniqsa, avgust oxiri va sentyabrda uning soni juda yuqori bo’ladi. Noyabr oxiri, dekabrda sutkalik harorat 8,5 0C pasayib yorug’lik foto davri 10 soatga qisqarganda yirtqich kana qishlashga ketadi [14, 21].
Phutoseius corniger rivojlanish davri aprel may oyida harorat 13,9-15,0 C va sentyabrdan noyabr oxirigacha 14,6-11,9 0C bo’lganda juda cho’zilib, harorat oshgan sari keskin qisqaradi va 8-9 sutkada bir avlodi to’liq rivojlanadi. Yirtqich kana bir avlodining to’liq rivojlanish uchun 8,5 0C quyi haroratdan 156 0C foydali harorat yig’indisi kerak bo’ladi. Toshkent viloyati sharoitida fitoseynus korniger mavsumda 16-18 avlod berib rivojlanadi [21].
Sutka davomida tuxum qo’yuvchi fitoseyus korniger 25-30 0C harorat va 600 % nisbiy namlik sharoitida 2,0-4,1 tuxum, 45 % nisbiy namlikda esa 1,8-2,9 dona harakatdagi do’lana o’rgimchakkanasini iste’mol qiladi [14, 21, 32].
Yirtqich (fitoseyus korniger) o’lja (do’lana o’rgimchakkana) 1:10 nisbatdan oshmaganda zararkunandaga qarshi kimyoviy kurash o’tkazmasa ham bo’ladi.
Shirabit va bitlarning tabiiy kushandalari. Shirabit va bitlar entomofaglari orasida ko’proq yirtqich va parazitlar uchraydi. Yirtqich hasharotlardan yarim qattiqqanotlilar xonqizi qo’ng’izlari, to’rqanotlilar va sirfid pashshalarini eslatib o’tish kifoyadir.
Yirtqich qandalalardan antokorislar - oddiy antokoris mevali daraxtlar bitlari va shirabitlar bilan oziqlanishga ixtisoslashgan.
Kokstinellid qo’ng’izlari orasida ikki nuqtali, etti nuqtali, o’nbir nuqtali, o’zgaruvchan, sinarmoniya turlari alohida ahamiyatga ega.
S.A.Mangutova (1970) mevali daraxtlarda xonqizi qo’ng’izlar sutkalik xo’raligi yuzasidan o’tqazgan tadqiqotlarida quyidagi natijani olgan. Jumladan, 1 sutka davomida shaftoli bitini o’zgaruvchan xonqizi qo’ng’izi 199 donasini, singarmoniya – 144 va o’nbir nuqtali xonqizi esa 262 donasini iste’mol qilgan [26].
Mevali daraxtlardagi xonqizi qo’ng’izlarining soni ko’pincha bog’ qator oralarida ekiladigan nektarli o’simliklarga ham bevosita bog’liq. Bog’ qator oralaridagi ekinlar o’rib olinganda kokstinellidlar va boshqa yirtqich hasharotlarning ko’pchiligi mevali daraxtlarga ko’chib, shirabit va bitlar miqdorini keskin kamaytiradi.
Ammo kokstinellidlar sonini parazitlik qiluvchi pardasimonqanotlilardan – enstirtidlar va tetrastixidlar, g’umbak parazitlari, brakonid qo’ng’izlarda parazitlik qiluvchilar kamaytirib turadi. Kokostinellidlarning tuxum va lichinkalari bilan esa yirtqich qandalalar va oltinko’zlar oziqlanadi.
Mevali daraxtlar bitlari bilan ko’pgina turdagi pardasimon qanotlilar parazitlik qiladi. Olma bitining muhim entomofaglari sifatida Ephedris plagiator Nees, Praon valucre Hal turlarini eslatib o’tish kifoya [24].
Qisqa ixtisoslashgan tur sifatida qonli bitning paraziti afelinusni ko’rsatish mumkin. Afelinus (Humenortera turkumi Arhelinidae oilasi) o’tgan asrning 20-yillari shimoliy Amerikadan dunyoning 40 mamalakatlarida introdukstiya (olib keltirilgan) qilingan va 1926 va 1931 yillari hamda keyinchalik keng sinovdan o’tkazilib, shu kunga qadar ham qonli bitga qarshi biologik vosita sifatida qo’llanilib kelinmoqda.
O’rta Osiyoda afelinusni ilk bor 1931 yili professor N.A.Telenga qonli bitga qarshi qo’llab yuqori samara olgan. 1935 yildan boshlab respublika karantin inspekstiyasi O’zbekistonda qonli bit tushgan bog’larga afelinus parazitini ko’plab tarqatishni tashkil qildi va afelinus qo’llanilgan bog’larda zararkunanda miqdorini 80-98% gacha kamaytirishga erishildi. Afelinusning katta yoshdagi lichinkasi zararlangan bit tanasi ichida qishlab chiqadi. Aprelda xo’jayin tanasidan uchib chiqqan parazit voyaga etganlarining 80-90 % urg’ochilar bo’ladi. Uchib chiqqan urg’ochi parazit tezda tuxum qo’yishga kirishadi, ammo parazit turli o’simliklar gul nektari bilan qo’shimcha oziqlansa, umri 2 kundan 7-8 kunga, tuxum qo’yish soni 15 dan 60-100 donagacha oshadi [22].
Urg’ochi parazit o’lja tanasiga 1 dona, ayrimda ko’proq tuxum qo’yadi, ammo faqat bitta parazit lichinkasi rivojlanadi. Afelinus lichinkasi bit tanasida 16-24 kun rivojlanib, o’sha erda g’umbakka aylanadi. Afelinusning arrenotokiya tipida ko’payishi qayd qilingan. Afelinus bilan zararlangan bit bir necha kundan keyin oziqlanishdan to’xtab, tanasi shishadi. Mumsimon pari yo’qotib qorayadi. Qonli bit o’lgandan so’ng, uning ostidan sizib chiqqan suyuqlik bit mo’miyosini substratga yopishtiradi va mo’miyolangani qotgandan so’ng o’sha erda (daraxt shoxi, novdasi) mahkam yopishib qoladi.
Afelinusning faolligi bevosita ob-havo sharoitiga bog’liq. Salqin va nam havoda (15-16 0C va past) urg’ochi kam harakat, quyoshli kunda esa faol tuxum qo’yadi. Issiq soatlarda esa bargning orqa tomoniga yashirinadi. Parazit yosh ko’chatlardagi, shoxlari siyraklangan va poya ildiz bo’g’izidagi qonli bitni kamroq zararlaydi. Afelinus uchun optimal sharoit 17-30 0C harorat va 70-80 % havo nisbiy namligi hisoblanadi.
Qarshi tumani Bog’obod hududida joylashgan Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutiga qarashli Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasida olib borilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, hududidagi mevali bog’ agrotsenozlari daraxtlarida O’zbekiston entomofaunasiga mansub, hasharotlarning 2 turkum (Teng qanotlilar - Homoptera, Tangacha qanotlilar - Lepidoptera), 6 oila (Shiralar - Aphididae, Qalqondorlar - Diaspididae, Soxta oyoqlilar - Pseudococcidae, G’ilofli kuyalar - Coleophoridae, Kuya shaklidagi kapalaklar -Yeponomeutidae, Bargo’rovchilar - Tortricidae), 8 tur (Nok biti - Psylla vasilievi suls, Nok bargi biti - Yesabura piri, Olma biti – Aphis pomi, Kaliforniya qalqondori - Diaspidiotis perniciosus, Komstok qurti – Psevdococcus comstochi kuw, G‘ilofli kuya - Coleophora hemerobiola Fil, Olma kuyasi- Yeponomeltamalinellus Zell, Olma qurti – Carpocapsa pomonella) vakillari uchrashligi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |