1.3.Ishning materiali va metodikasi
Qashqaryo viloyati sharoitida ekiladigan intensiv bog’ agrotsenozi entomofaunasini o’rganish ustidagi ilmiy-tadqiqot ishlari, Qarshi tumani Bog’obod hududida joylashgan Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutiga qarashli Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasida olib borildi.
Mevali bog’larda zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashni o’z vaqtida va sifatli olib borish uchun zararkunanda hasharotning rivojlanish dinamikasi to’g’risida aniq ma’lumotlar zararkunanda hasharotlarning rivojlanish dinamikasi to’g’risida aniq ma’lumotlar zararkunanda hasharotlarning tarqalish yo’llari, shu bilan birga ularning tabiiy kushandalari, entomofaglari to’g’risidagi ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. Buning uchun ikki qator joylashgan model daraxtlarni qarab chiqib, uchratilgan zararkunanda va foydali hasharotlarni kuzatib, soni hisobga olinadi.
Hisobga olish tekshirilgan daraxt soni maydonlarining kattaligiga bog’liq 50 gektarcha bo’lgan bog’dan 10 ta daraxt, 50-100 gektar maydondan 20 ta daraxt, 100-200 gektardan 30 ta model daraxt tanlab olinadi. Model daraxtlarda hasharotlar quyidagi usullar bilan hisobga olinadi.
Mevali daraxtlar kurtak chiqargunga qadar qishlovda yotgan zararkunandalarning qurtlari, g’umbaklari miqdori, shu jumladan qalqondorlar, o’simlik biti tuxumlari, bog’ kanalari va boshqa hasharotlar har bir model daraxt uzunligi 2 metrli bo’lgan novdalarda hisobga olinadi.
Vegetastiya davrida model daraxtlarning uzunligi 2 metrli bo’lgan novdalarda hisobga olinadi. Vegetastiya davrida model daraxtlarning 4 tomonidan 100 tadan barglari ko’rib chiqiladi. Bunday kuzatuvlar daraxtalr gullagunga qadar har 10 kunda bir o’tkaziladi.
Vegetastiya davrida mevali bog’larning o’simlik bitlari, kanalar, kuyalar va olma qurti bilan ko’p zararlanishi kuzatiladi.
Olma qurtining rivojlanish davrini aniqlash uchun tutuvchi belbog’lar aprel oyning 1-o’n kunligida daraxtlarga bog’lanadi. Ular 10 gektarga 50 ta, 50 gektarga 250 ta 100 gektarga esa 500 tadan to’g’ri keladi.
Tutuvchi belbog’lar eski qoplardan yoki gorfirlangan kartonlardan tayyorlanib, ular bog’larga diognal yoki shaxmat shaklida joylashtiriladi. Tutuvchi belbog’larga tushgan olma qurtining qurtlari va g’umbaklari soniga qarab bog’larning necha foiz zararlanishi aniqlanadi.
1.3.1. – rasm. Tadqiqot jarayonlari.
Agarda terilgan olmalarning 2 foizi olma qurtining birinchi avlod qurtlari bilan zararlagan bo’lsa, ularga qarshi kimyoviy kurash choralarini o’tkazish tavsiya etiladi. Bu ko’rsatgich ikkinchi avlodi uchun 5-6 foiz,uchinchi avlod uchun esa 8-10 foizni tashkil etadi.
Birinchi avlod kapalaklarini uchibchiqishi haroratning foydali yig’indisi 110 gradus 0C da boshlanadi. Foydali harorati 240 gradus 0C ga etganda, ko’plab tuxum qo’yishi, tuxumdan esa qurtlar chiqishi kuzatiladi. Tekshirishlar natijasida har bir avlodning rivojlanishi uchun foydali xarorat yig’indisi turlicha bo’lishi aniqlangan. Birinchi, ikkinchi, uchinchi avlodlar uchun foydali harorat yig’indisi 647, 610, 605 gradus 0C bo’lib, o’rtacha 618 gradus 0C har bir avlod uchun tegishli hisoblanadi.
Umuman olganda yuqorida bayon etilganlarga ko’ra xulosa qilish mumkinki, ya’ni ko’p yillik kuzatishlar kapalaklarning uchish nufuzi foydali harorat yig’indisi miqdoriga uzviy bog’liqdir. Olma qurtining rivojlanishini oldindan bili shva ularga qarshi kurashni to’g’ri tashkil qilish uchun yuqorida keltirilgan ko’rsatmalar asosida kuzatuv ishlarni olib borish mumkin.
Kovak hosil qiluvchi kuyalar yoki do’lana girdak kuyasi rivojlanishi dinamikasini aniqlash uchun 10 ta model daraxtining har birining to’rt tomonidan 100 tadan barg yig’iladi va zararlangan barg va shu barglardan chiqqan qurtlarni hisobga olib, zararkunandaning ko’payish nufuzi aniqlanadi. Olma qurtiga qarshi feromonli tutqichlar 2 gektarga bittadan qo’yiladi. Sintetik jinsiy feromon tutqichlarga nisbatan 5-7 kun ilgari olma qurti kapalaklarining uchishini belgilaydi.
Izlanishlarimiz natijalaridan kelib chiqib, shu tahlilga ega bo’ldik,
Demak, mevali bog’larda zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashni o’z vaqtida va sifatli olib borish uchun zararkunanda hasharotning rivojlanish dinamikasi to’g’risida aniq ma’lumotlar zararkunanda hasharotlarning rivojlanish dinamikasi to’g’risida aniq ma’lumotlar zararkunanda hasharotlarning tarqalish yo’llari, shu bilan birga ularning tabiiy kushandalari, entomofaglari to’g’risidagi ma’lumotlar ega bo’lish hamda ulardan oqilona foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |