Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Qashqadaryo viloyati bog’ agrotsenozi entomofaunasi o’rganiladi. Turlar tarkibi sistematik tahlil qilinadi. Bo’g mevali daraxtlari bo’yicha alohida-alohida entomofaunaning taqsimlanishi aniqlanadi. Keng tarqalgan bog’ zararkundalarining bioekologik xususiyatlari o’rganilib, ularga qarshi entomofag tur vakillari biofabrikalarning laboratoriyalarida ko’paytiriladi. Bog’ agrotsenozi zararkunanda hasharotlarining hayotiy rivojlanish jarayonidan kelib, bosqichma-bosqich mavsumiy entomofaglardan foydalanish ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshiriladi. Natijada, bog’ agrotsenozidagi zararkunanda hasharotlarni tarqalish va ko’payishini oldi olinadi. Bog' ag’otsenozidagi mevali daraxtlarning hosildorligi hamda ularning sifati saqlab qolinadi.
Tadqiqot natijalaridan bog’ agrotsenozi entomofaunasi bo’yicha ilmiy maqolalar, monografiyalar chop etiladi. Bog’ agrotsenozi xo’jaliklari uchun tavsiyanomalar tadbiq etiladi.
Dissertatsiya ishini tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar va ishning o’rganilish holati. O‘zbekiston Respublikasida ham entomologiya fani munosib rivojlanmoqda. Qashqadaryo viloyati bog’ agrotsenozi entomofaunasini o’rganishda dunyoga mashhur olim UzR FAning muxbir a’zosi V.V. Yaxontovning “O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi zararkunandalari” (1962), O‘zR FA muxbir a’zosi, R.A. Olimjonovning “Sug‘oriladigan dehqonchilik yerlarining umurtqasiz hayvonlar zoofaunasi”, “Entomologiya” (1971), asarlari va N. Ergashev, S. Murodov, S. Qodirov, A.G.Davletshina, Bekuzin, S.N. Alimuxamedov, SH.T.Xo‘jayev, O.SH.Xamrayev, B.Adashkevich va boshqa entomologlar ilmiy tadqiqot ishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotda qo’llaniladigan metodikaning tavsifi. Bog’ agrotsenozi entomofaunasi, turlar tarkibi, tarqalishi va bioekologik xususyatlari umumiy qabul qilingan entomologik: terish orqali material yig’ish, hasharotlar populyatsiyalari o’lchami va yosh strukturasini baholash, o’sishini o’rganish, trofologik va oziqlanishini o’rganish, turlar tarkibini o’rganish, migratsiyasini taqsimlanishi, kuzatuv, entomologik, fenologik, statistik hamda qiyosiy va boshqa metodlardan foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida Qashqadaryo viloyati bog’ agrotsenozi foydali hamda zararli hasharotlar entomofaunasi va ularning zararkunanda vakillariga qarshi kurash chora-tadbirlari to’g’risida ma’lumotlar to’plandi.
- Qashqadaryo viloyati bog’ agrotsenozi entomofaunasi vakillarining turlar tarkibi va taqsimlanishida biotik, antropogen omillar roli asoslandi.
- bog’ agrotsenozi zararkunanda vakillariga qarshi kurash chora-tadbirlarini tadbiq etish to’g’risida yangi ma’lumotlar tavsiya etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |