Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi



Download 5,86 Mb.
bet5/18
Sana01.06.2022
Hajmi5,86 Mb.
#628680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
ДИСС БАРНО

Tadqiqotning aprabatsiyasi. Dissertatsiya ishi “Obrozovanie nauka XXI veka” xalqora ilmiy-amaliy jurnal (Rossiya) 2021 yil, №19 nashr, 3-sonida “Qarshi vohasi sharoitidagi intensive bog’larni barpo etish va ularni himoya qilishda entomofaglarni ahamiyati”, 2021 yil, 28 noyabrda (Farg’ona) “Zamonoviy ta’lim tizimini rivojlantirish va unga qaratilgan kreativ g’oyalar, takliflar va echimlar”mavzudagi 26 – sonli respublika ilmiy–amaliy onlayn konferensiyasida “The work carried out in the country on the development of hortekulture” nomli maqolalarim nashr qilindi.
Ishning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya ishi, 3 bob, xulosa va adabiyotlar rо‘yxatidan iborat. Matni 65 sahifa, 7 ta rasm, 5 jadval, kiritilgan. Adabiyotlar rо‘yxatida esa 37 nomdagi ilmiy adabiy manbalar va internet saytlari qayd etilgan.
I.bob.ADABIYOTLAR SHARHI, ISHNING MATERIAL VA METODIKASI

    1. Bog’ agrotsenozi entomofaunasining o’rganilish tarixi

Bog’ agrotsenozi entomofaunasini ilmiy asosda o’rganish ishlari XVII asrdan boshlab tadqiq qilina boshladi.
Mevali bog’lar hosilini oshirish va etishtirilgan sifatli hosilni saqlashga qaratilgan tadbirlar qatorida o’simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish tadbirlari ham katta ahamiyat kasb etmoqda.
Hasharotlarga qiziqish qadim zamonlardan boshlangan. Ular dastlab oziqa mahsuloti sifatida qaralgan bo‘lsa, keyinchalik chorvachilik, dehqonchilik yo‘lga qo‘yilgach, zararkunandalar sifatida o‘rganila boshlandi. Shunda ular orasida foydali hasharotlar ham borligi aniq bo‘ldi. Natijada ipakchilik, asalarichilik kabi entomologiyaning shohobchalari paydo bo‘ldi.
Ammo hasharotlarni ilmiy asosda o‘rganish XVII asrdan boshlandi. Italiyalik olim I.Malpigi (1628-1694) hasharotlarni ayruv organlarini o‘rgandi va ular hozir “Malpigi naylari” deb ataladi [15].
Golland olimi Y.Svammedam (1637-1680) hasharotlarning anatomik tuzilishini o‘rgandi va taraqqiyoti metamorfoz yo‘li bilan borishini aniqladi.
Shvetsariyalik tabiatshunos Sh.Bonnye 1765 yilda hasharotlarda partenogenez hodisasini aniqladi [16].
K.Linney (1707-1778) “Tabiat sistemasi” asarida hasharotlarni alohida sinf sifatida ajratadi [16].
R.Reomyur (1683-1757) hasharotlarning morfologiyasi va biologiyasini o‘rganishga katta hissa qo‘shdi [21].
Rus olimi P.S.Pallas (1741-1811) hasharotlar faunasi o‘rganishga katta hissa qo‘shdi [19].
XIX asrda entomologiya tez rivojlanadi. Jumladan, 1832 yilda Fransiyada, 1833 yilda Angliyada entomologlar jamiyatlari tuzildi. 1859 yilda Rossiyada entomologlar jaiyati tuziladi va uning birinchi prezidenti akademik K.Ber edi [19].
Rossiyada entomologiyani fan sifatida rivojlanishda G.Fisher-Valdgeymning (1771-1853) “Entomografii Rossiyskoy imperii”, professor E.Brantning (1839-1891) “Hasharotlarning nerv sistemasi’, F.Keppenning (1833-1908) 3-tomlik “Zararkunanda hasharotlar’ kitoblari, A.Kovalevskiy (1840-1901), I.Mechnikovlarning (1843-1916) asarlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi [26].
XX-asrda amaliy entomologiya rivojlandi. Rossiyada 1894 yilda “Entomologiya byurosi” tashkil etildi va uni I.Porchinskiy (1848-1916) boshqardi.
N.Kolodkovskiy (1858-1921) “Nazariy va amaliy entomologiya kursi” asarini yozdi [30].
I.SHevirov (1986-1920) o‘rmon xo‘jaligi entomologiyasiga asos soldi [5].
1904 yilda V.Pospelov (1872-1949) Kiyevda entomologiya stansiyasini tashkil etdi. Stansiyaning asosiy vazifasi qand lavlagi zararkunandalariga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish edi [16].
1911 yilda V.Plotnikov (1877-1949) tomonidan Turkiston entomologiya stansiyasi tashkil etildi. Bu keyinchalik O‘rta Osiyo o‘simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot institutini tashkil etilishga olib keldi [16].
N.Kurdyumov (1885-1917) qishoq xo‘jaligi entomologiyasi nazariyasini yaratdi. A.Semyakov-Tyan-Shanskiy (1866-1942) O‘rta Osiyo hasharotlari faunasi va tarqalishini o‘rganadi. G.Yakobsan (1871-1916) to‘g‘ri qanotlilar va qo‘ng‘izlarni o‘rgandi. A.Mordvilks (1867-1938) o‘simlik bitlari sistematikasi va biologiyasini o‘rgangan [13, 14].
Avstraliyalik A. Gadlirshyam (1865-1935), A.V. Martinov (1878-1938) va B.N. Shvanich (1889-1957) hasharotlar sinfi klassifikatsiyasining asoschilari hisoblanadi [9, 10].
Kapalakshunos N.Y.Kuznetsov (18731948) 2-tomli “Osnovi fiziologii nasekomix”, B.N.Shvanvich “Kurs obshey entomologii’ kitoblarini yozdilar. A.V.Martinov hasharotlar paleontologiyasiga asos soldi [17, 18, 19].
Akademik N.M.Kuligin (1860-1940) Moskva davlat universitetida, keyinchalik K.A.Timiryazov nomli Moskva qishloq xo‘jaligi akademyasida, M.N.Rimiskiy-Korsakov (1873-1951) Sankt-Peturburg universitetida entomologiya kafedrasini ochdilar [22, 23].
Sankt-Peturburgda Zoologiya insituti tashkil topishi entomologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.
1930 yilda Sankt-Peturburgda o‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot insituti, 1931 yilda Toshkentda O‘rta Osiyo o‘simliklarini himoya qilish ilmiy-tadqiqot insituti tashkil etildi [26].
N.N.Bogdanov-Katkov (1894-1955) o‘simliklarni hasharotlardan himoya qiluvchi mutaxassislar tayyorlashda katta hissa qo‘shdi [24].
V.F.Boldirev (1883-1957) to‘g‘ri qanotlilarning biologiyasini chuqur o‘rgandi va Moskvadagi qishloq xo‘jaligi akademiyasida entomologiya kafedrasini bir necha yil boshqardi. U zararkunanda hasharotlarga qarshi aviatsiyadan foydalanishni taklif etdi [24, 25].
V.N.Beklemishev (1890-1962) 30 yil davomida Moskva parazitologiya va tropik meditsina ilmiy-tadqiqot insitutini boshqardi. U meditsina entomologiyasini, ayniqsa odamlarda bezgak kasalini qo‘zg‘atuvchisi bezgak chivinini har tomonlama o‘rgandi [27, 31].
G.Y.Bey-Biyenko (1903-1970) “Obshaya entomologiya” darsligini yozdi.
Akademik V.N.Pavlovskiy (1874-1962) bir necha yil zoologiya insititutining direktori, entomologiya jamiyatining prizidenti bo‘lib ishladi va parazitologiya faniga katta hissa qo‘shdi [32].
O‘zbekiston Respublikasida ham entomologiya fani munosib rivojlanmoqda. Dunyoga mashhur olim UzR FAning muxbir a’zosi V.V.Yaxontovning “O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi zararkunandalari” (1962) kitobi oliy o‘quv yurtlari studentlari uchun darslik sifatida hozirgacha foydalanilmoqda [32].
O‘zR FA muxbir a’zosi, R.A.Olimjonovning “Sug‘oriladigan dehqonchilik yerlarining umurtqasiz hayvonlar zoofaunasi”, “Entomologiya” darsligi mavjud.
S.Alimuxamedovning “Kanalar biologiyasi va ekologiyasi” ilmiy asarlari yuqori baholandi [14].
O‘zbekistonda N.Ergashev, S.Murodov, S.Qodirov, A.G.Davletshina, Bekuzin, S.N.Alimuxamedov, SH.T.Xo‘jayev, A.SH.Xamrayev, B.Adashkevich va boshqa entomologlarning fan rivojlanishidagi mehnatlari yuqoridir.
Ma’lumki, O’zbekiston mevali bog’lari ichida olmazorlarning ahamiyatli o’rni bor. Olma mevalari insoniyat hayoti uchun zarur bo’lgan ozuqa elementlariga nihoyatda boyligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari kechpishar navlar hosilini kelgusi yil bahorgacha saqlash va iste’mol qilish mumkin. Shuning uchun olimlarimizning asosiy diqqat e’tibori serhosil va mazali olma navlari yaratish va parvarishlash hamda ularni zararli organizmlar majmuidan himoya qilish choralarini ishlab chiqishga qaratilgan.
O’zbekistonda mevali bog’lar tuproq-iqlim sharoitlari qulayligi sababli ko’plab zararkunanda va kasalliklar bilan zararlanadi. Bunday zararkunanadalardan tangacha qanotlilari oilasi vakillari hisoblanadi. Bular kuyalarga nisbatan yirikroq, keng qanotli kapalaklardir. Shu oilaning vakillaridan biri olma navlariga jiddiy zarar keltiruvchi olma qurtidir. Bu zararkunanda olmadan tashqari nok, behi va shunga o’xshash urug’-mevali bog’lar mevasini ham ko’plab zararlaydi.
Olimlarimiz Yaxontov 1962, Degtyareva 1964, Shteynikova 1969, Halimbekov 1982, Supranovich 1991 larning bergan ma’lumotlariga qaraganda o’rtacha ishlov berilgan maydonlarda zararlangan mevalar 50-60 % ni, umuman ishlov berilmagan maydonlarda esa 80-90 % mevalar zararlanmoqda [6, 7, 8].
Olma qurti olma o’sadigan joylarning deyarli hammasida tarqalgan, u butun Evropada (shimoldan tashqari), Qrim, Kavkaz, O’rta Osyo, Qozog’iston, G’arbiy Sibir, Afg’oniston, Eron, Turkiya, Shimoliy Afrika, Shimoliy Amerika, Avstraliya va Yangi Zenlandiyada uchraydi.
Olma qurtining tuxumlarida trixogramma parazit bo’lib yashaydi. Trixogramma Toshkent va Samarqand bog’lariga 1910 va 1911 yillarda (I.V.Vasilev va A.F.Radestkiy) lar Astraxondan olib kelingan edi. U trixogramma asosan daraxt qalin bo’lgan bog’larda yashaydi. Bizning tajribalarimizda shu narsa ma’lum bo’ldiki ixnsumonidlar oilasidan Liotryphon punctulatus, Jelis instabilis, Pimpla turionilla turlari, brakanidlar oilasida apantelis, Bracon hibetor, microdus rufipes, turlari, tirixogrammalar oilasidan Trichogramma principium, Trichogramma pintoi turlari, Chrysopidae oilasidan 6 tur, Coccinellidae oilasidan 8 tur parazit va entomofaglar zararlashi aniqlandi [26].
Olma qurtiga qarshi kurashning qulay muddatlarini belgilashda jinsiy feromon tutqichlarning ahamiyati juda katta. Olma qurti feramon tutqichlarining Pestistitlarini ro’yxatga kiritish bo’yicha Respublika kimyo komissiyasi tashkil etilishi munosabati bilan “Ittifoq” davridagi va yangi insektoakaristidlarni bog’ zararkunandalariga qarshi vosita sifatida “Ro’yxatga” kiritish hay’ati tomonidan ruxsat berilgan.
Zararkunandaning o’sishi, rivojlanishi va ko’payishiga ta’sir qiluvchi Dimilin gormonalniy insektitsid bo’lib tarkibida diflubenzuron bo’lib, asosan lichinkalik davriga ta’sir qiladi, ya’ni xitiniga ta’sir etib, zararkunanda rivojlanishdan qoladi.
Bundan oldin zararkunandaning turini, qanday hayot kechirishini, uni yo’qotishning qulay optimal muddatlarini, ishlatiladigan kimyoviy preparatlarni sarflash normasini, qo’llanuvchi sanitariya-gigiena qoidalarini, preparatlarni sepadigan mashinalarning ishlash xususiyatlarini mukammal bilib olish talab qilinadi.
O’zbekiston Respublikasining janubiy xududlari sharoitida ilk olma qurti, do’lana girdak kuyaning entomofaglari o’rganilib, J.Berdiev (1994) tomonidan zararkunandalarga qarshi kurash choralari Mevali bog’larda zararkunanda xasharotlar miqdorini hisobga olish va ular rivojlanishini oldindan aytish usullari ham ishlab chiqilgan.



Download 5,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish