Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi


Tadqiqot o‘tkaziladigan hududning tabiiy-geografik tavsifi



Download 5,86 Mb.
bet6/18
Sana01.06.2022
Hajmi5,86 Mb.
#628680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
ДИСС БАРНО

1.2.Tadqiqot o‘tkaziladigan hududning tabiiy-geografik tavsifi
Ma’lumki, har bir jonzot o‘z o‘rni bilan tabiat olamining muhim zanjirini tashkil qiladi. Hayvonlarning u yoki bu turining butunlay yo‘qolib ketishi tabiatdagi nomutanosiblikni keltirib chiqaradi. Bu esa o‘z navbatida kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham har bir jonzotga o‘zimiz kabi tabiatning bir bo‘lagi bo‘ladi deb qarashimiz va ularga odilona munosabatda bo‘lishimiz zarur. Tabiatda zaharli jonzotlar shifobaxsh xossaga ega bo‘lgan noyob zaharlarning yagona manbaidir.
Qashqadaryo viloyati respublikamizning janubida joylashgan, maydoni 28,4 ming km2 , respublikamiz hududining 6,3 foizini tashkil etadi.
Qashqadaryoning iqtisodiy geografik o‘rni ancha qulay, shimoldan Samarqand viloyati, shimoli-g‘arbdan Buxoro viloyati, shimoli-sharqdan Tojikiston Respublikasi, janubi-sharqdan Surxondaryo viloyati, janubi-g‘arbdan Turkmaniston respublikasi bilan chegaradosh.
Pomir-Oloy tog‘ tizmasining g‘arbiy qismida Qashqadaryo havzasi joylashgan. Relyefi sharqdan (4000 m) g‘arbga tomon (200 m) pasayib boradi. Bu hududda Qarshi, Nishon cho’llari joylashgan bo‘lib, ular qorako‘lchilik uchun muhim yaylov hisoblanadi. Bu cho‘llar shimol, sharq va janub tomonlardan adir va tog‘lar bilan o‘ralgan.
Qashqadaryo havzasida asosan allyuvial tuproq, Qarshi va Nishon cho‘llarida tipik va och bo‘z tuproq, janubi g‘arbidagi Sandiqli qumligida qumli va qumoq tuproqlar tarqalgan.
Iqlimi keskin kontinental, qisman subtropik xarakterda. Tog‘ tizmalari Qashqadaryo vohasini shimoli-sharq va janub tomonlaridan o‘rab turadi, ular sovuq havo massalarining kirib kelishiga birmuncha to’sqinlik qiladi.
Yanvarning o‘rtacha harorati 0 va +2 0C atrofida bo‘ladi. Yozi esa quriq va davomli. Iyul oyining o‘rtacha harorati +28 +30 0C .Maksimum +47+48 0C gacha. Yog‘in miqdori tekislikda 130-150 mm, adirda 300-350 mm, tog‘larda esa 500-600 mm ga yetadi. Yog‘inning asosiy qismi qish va bahor fasllariga to‘g‘ri keladi. Viloyatning asosiy suv manbai Qashqadaryo va uning irmoqlari, 1964 yildan boshlab esa Amudaryo suvidan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.
Qashqadaryo viloyati - Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1924-yil 1-noyabrda tashkil etilgan. Maydoni 28,6 ming km². Aholisi 3225, 8 ming kishi . Tarkibida 13 tumani (Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Mirishkor, Muborak, Nishon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Qamashi, Qarshi, Gʻuzor), 12 shahar (Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Tallimarjon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Yangi Nishon, Qamashi, Qarshi, Gʻuzor), 4 shaharcha (Yangi Mirishkor, Dehqonobod, Miroqi, Eski Yakkabogʻ, Pomuq), 147 qishloq fuqarolari yigʻini, 1064 qishloq bor.
Qashqadaryo viloyati hududi asosan, Qashqadaryo botigʻini oʻz ichiga olgan; shimoliy sharq va janubiy sharqdan Zarafshon hamda Hisor tizma togʻlari bilan oʻralgan. Togʻlar bilan tekisliklar orasini adirlar egallagan. Tekislikning katta qismi gʻarbda Sandiqli va Qizilqum choʻllari bilan tutashgan Qarshi choʻlidan iborat. Iqlimi kontinental. Qishi nisbatan yumshoq. Yozi uzoq (155-160 kun), issiq, quruq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0,2 0C dan 1,9 0C gacha, iyuniki 28 0C-29,5 0C. Eng yuqori temperatura 45 0C. Eng past temperatura – 20 0C yiliga tekisliklarda 290-300 mm, adirlarda 520-550 mm, togʻlarda 550-650 mm yogʻin tushadi. Yogʻin, asosan, bahor va qishda yogʻadi, yozda garmsel esadi. Togʻlarda turgʻun qor qoplami hosil boʻladi (2-6 oy). Vegetatsiya davri tekisliklarda 290-300 kungacha. Asosiy daryosi- Qashqadaryo. Uning irmoqlari- Jinnidaryo, Oqsuv, Yakkabogʻdaryo, Tanxozdaryo, Gʻuzordaryo (Katta va Kichik Oʻradaryo bilan birga). Daryolar qor, yomgʻir va muzliklar suvidan toʻyinadi. Daryo suvidan, asosan, sugʻorishda foydalaniladi. Chimqoʻrgʻon, Qamashi, Pachkamar suv omborlari; Fayziobod, 8 Mart, Eskibogʻ, Eski Anhor, Koson, Paxtaobod, Qarshi va boshqalar kanallar bor. Qarshi choʻlini oʻzlashtirishda 6 nasos stansiyasi, ochiq va yopiq kollektor drenaj tarmoqlari qurilgan. Sugʻoriladigan yerlarning tuprogʻi, asosan, tipik va och boʻz tuproqlar. Kitob - Shahrisabz soyligida koʻproq qumoq tuproqlar mavjud. Togʻlarda balandlik mintaqalari boʻylab tipik boʻz tuproqlar tarqalgan. Tabiiy florasi 1200 ga yaqin yuksak oʻsimlik turidan iborat. Viloyatda 76,6 ming ga oʻrmon mavjud. Oʻrmonlarning asosiy qismini archa va saksovulzorlar tashkil etadi. Togʻ yon bagʻirlari har xil oʻt oʻsimliklari bilan qoplangan, shuningdek, bo’tazorlar ham bor. Togʻ oʻrmonlari archa, bodom, pista, jiydazorlardan iborat. Togʻlarda namatak, zirk, chakanda, anzur piyozi, qora zira va boshqalar oʻsadi.
Viloyat hududida 100 dan ziyod qush turi, sut emizuvchilarning 60 turi, sudralib yuruvchilarning 7 turi uchraydi. Daryo va suv havzalarida qumbaliq, ilonbosh, zogʻorabaliq, gulmohi, xramula, qorabaliq yashaydi. Viloyatda Hisor togʻoʻrmon va Kitob davlat geologiya qoʻriqxonalari joylashgan; Kitob balandtogʻ rasadxonalar majmuasi faoliyat koʻrsatadi.
Viloyat Qashqadaryo havzasida va Pomir-Oloy togʻ tizmasining gʻarbiy chekkalarida joylashgan. Viloyat hududi gʻarbdan sharqqa tomon 300-400 metrgacha koʻtarilib boradi. Viloyatning sharqiy qismi Kitob-Qamashi togʻ etaklaridan iborat boʻlib, u yerlarning balandligi 450-500 dan 900-950 metrgacha boradi. Viloyat doirasidagi togʻlarning asosiy qismi uning shimoli-sharqiy qismini egallagan. Bu yerdagi togʻlarning eng baland nuqtalari 4000 metrgacha yetadi. Qashqadaryo viloyati maydoni 28,6 km, aholisi 2.442,2 mingdan ortiq. Aholining qariyb 3/4 qismi qishloqlarda istiqomat qiladi [37].

Download 5,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish