Dars tahlilining asosiy tarkibiy qismlari
Mutaxassis sifatida o’qituvchiping darsini kuztib, uni tahlil etishni mо‘ljallagan shaxslar quyidagilarga e’tibor berishlari maqsad ga muvofik:
• O’qituvchining darsga qanday tayyorgarlik kо‘rganligi?
O’qituvchida darsning о‘quv rejasi va mavzu bо‘yicha turli ishlanmalarning borligi, turli didaktik tarqatma material va kо‘rgazmali qurollarping tayyorligi. O’qituvchining darsga tayyorgarligi bilan yuzaki (darsning bir qismida) tanishib chiqilmaydi. Uning dasrga tayyorgarligini butun mashg’ulot mobaynida kuzatish va tahlil etish lozim.
• Dars maqsad va vashfalarining qо‘yilishi.
O’qituvchi har bir darsga aniq maqsad qо‘yadimi? Maqsadni qanchalik tо‘g’ri qo’yadi? Bazifalar belgilanadimi?
• Tashkiliy ishlar tahlili.
Mashg’ulot о‘tkaziladigan xonaning darsga tayyorligi, о‘quvchilarning kayfiyati va sog’ligi, о‘quv xonasi va stolining tozaligi, bо‘r va namlangan lattaning borligi, ayrim sabablarga kо‘ra darsda qatnashmayotgan о‘quvchilarning ismi va shariflari yozilgan varaqchaning o’qituvchi stoliga qо‘yilishiga, shuningdek o’qituvchining darsga hozirligiga va uning tashqi qiyofasiga ham e’tibor biriladi.
• Didaktik ( ta’limiy) tahlil.
Tahlilning bu turida mavzuning ilmiyligi va izchilligi, oddiydan murakkabga tomon yо‘nalishi, kо‘rgazmaliligi va berilayotgan bilim, yangi axborotlarning hayotiyligi, ularning jonli va ravon tilda ochib berilishi nazarda tutiladi.
• Uslubiy tahlil.
Bunda o’qituvchi faoliyatining ikki tomoni: birinchidan, о‘rganilayotgan mavzuga dasturda mо‘ljallangan soatda, uni qanday usullar yordamida, o’quvchilarning yoshi va shaxsiy-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda yetkazib bera olishi, o’quvchilarni о‘ylashga, izlanishga majbur etishi va unga sharoit yaratishi; ikkinchidan, o’qituvchi sifatidagi tajribalari qay darajada ekanligini namoyish eta olishi nazarda tutiladi. O’qituvchining ikkinchi tomoni tahlil etilayotganda, uning ijodkorligi, uslubiy maxorati kо‘zga tashlanishi lozim. O’qituvchining ilg’or pedagogik va novatorlik tajribalari mana shu yerdan boshlanadi.
• Metodologik tahlil.
Ushbu tahlil mobaynida ta’lim yо‘nalishidagi xo’qumat qarorlari, talablar, davlat tili, milliy ruh, madaniyatning gо‘zal durdonalari, shu soha bо‘yicha Buyuk alloma va olimlarning qilgan ishlari, fikrlari, respublikadagi oxirgi о‘zgarishlarning mashg’ulot davomida foydalanilishi asos qilib olinishi mumkin.
• Psixologik tahlil,
Bu tahlilda, avvalo, о‘quvchilarning kayfiyati, ularning sog’ligi, jamoadagi sog’lom muxit, о‘quvchilarning hushyorligi, fanga bо‘lgan qiziqishlari, dars berayotgan o’qituvchisiga munosabati, o’quvchilarning hozirjavobligi, sezgir va topqirligi, idroki, yangi va avvalgi materiallarni esda saqlashlari, obrazli va mantiqiy tafakkurlari, о‘quvchilar fantaziyasi, oldida to'rgan mas’uliyatlariga nisbatan о‘quvchilarning irodali irodasizligi, ulardagi qobiliyat, bilim, kо‘nikma va malakalar kо‘lami kabi tomonlar kiradi. O’qituvchining favqulodda vujudga kelgan vaziyatdan о‘z obrо‘sini saqlagan holda chiqa olishi, о‘zini boshqara olishi ham inobatga olinadi.
• Pedagogik tahlil.
Tahlilning bu turi ancha murakkab va mas’uliyatli bо‘lib, o’qituvchining tashqi qiyofasi, о‘quvchilar bilan til topa olish mahorati, madaniyati, odobi bilan birgalikda dars jarayonida umuminsoniy tarbiyaning tarkibiy qismlarini о‘quvchilarga bera olishi va uning nutq madaniyati ham nazarda tutiladi.
Mashg’ulot mobaynida hozirgi kunda dolzarb bо‘lib to'rgan milliy tarbiya (ekologik, iqtisodiy, axloqiy, jinsiy, mehnat, nafosat va milliy istiqlol g’oyasini singdirish) elementlari qanday amalga oshirildi?
Bu tarbiya turlaridan qay biriga aynan shu darsda kо‘proq e’tibor berildi?
Dars tarbiyaviy ta’sirining samarasi qanday bo’ldi?
Bu masalalar pedagogik tahlilning asosini tashkil etadi. Shuni ta’kidlash kerakki, o’qituvchining ma’noli nutqini hech qachon boshqa narsaga qiyoslash ( almashtirish) mumkin emasligi ma’lum.
O’qituvchining hamkorlikdagi vazifasi tahlili:
• о‘quvchilarni fikrlashga о‘rgatishi;
• aniq fikr va materiallarni o’rganib, mulohaza yuritish, fikr bildirishni ta’minlashi;
• о‘quvchilarni izlanishga, qidirib topishga о‘rgatishi;
• o’quvchini о‘zi mustaqil fikrga ega bо‘la olishi.
•Yakuniy tahlil (xulosa). O’qituvchining qanday mutaxasis ekanligi bo’yicha fikrlar va turli takliflar, yо‘l-yо‘riqlar bayon etiladi. Darsni tahlil etish jarayonida, avvalo, mashg’ulot olib borayotgan o’qituvchi gapirishi, sungra tao’lilda ishtirok etuvchilar gapirishi maqsadga muvofiq.
Eslatma: O’qituvchining darsi va uning faoliyatiga bir dars tahlili bо‘yicha xulosa chiqarib bо‘lmaydi. Uning faoliyatiga tanqidiy fikr berish uchun uning turli shakldagi bir necha darslarini kuzatish kerak.
Darsni kuzatuvchilar an’anaviy, noan’anaviy, rivojlantiruvchi ta’limning maqsadi va mazmuniga qarab, darsni tahlil qilishlariga quyidagi qо‘shimcha materiallar yordam berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |