Dars tahlilining maqsad va vazifalari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ta’lim mazmuniga qo'yiladigan talablar yanada kuchaydi. o'tkazilayotgan ijtimoiy tadqiqotlar natijalari shuni ko'rsatmoqdaki, bugungi o’quvchilarning aksariyati (masalan, yuqori sinf o’quvchilarining taxminan 70-75 foizi) o'qishga qiziqmay qo’yishdi. Buning sabablaridan biri dars mobaynida o'qituvchi bilan o’quvchi о‘rtasida muloqotning umuman yo’qligidir. Shuningdek, umumiy о‘rta maktabda, о‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi, xalk tarbiyashunosligi va psdagogik ruhshunoslar xizmati tо‘g’ri yо‘lga qо‘yilmagan. Umuman olganda, o’qituvchi о‘zining kuchli va zaif tomonlarini har doim anglashi ksrak. Ayrim o’qituvchilar о‘zlarining zaif tomonlarini, ayniksa, о‘z sohalari bо‘yicha yetarlicha bilimga ega emasliklarini yopish uchun о‘quvchiga ortiqcha talablar qо‘yadilar. O’quvchilar o’qituvchining bо‘sh tomonini tez anglaydilar. Shuning uchun, u hadiksirab emas, balki o’qituvchi hurmatini joyiga qо‘yib munosabatga kirishishi mumkin. Bunday muxitni va o’quvchilarning ruhiy kayfiyatini o’qituvchi ba’zan sezmaydi. O’quvchilar o’qituvchini har doim kuzatib boradi, ular undan iliq sо‘z, mehr - muhabbat va muruvvat kutadilar.
Hozir pedagogika fani oldida ta’limning tarbiyaviy ahamiyatini ochib berish muammosi turibdi. Shunday sharoitda, ba’zan o’qituvchining tashqi qiyofasi ham tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Lekip bularning ichida epg muhimi va galaba o’quvchi uchun eng ahamiyatlisi - o’qituvchining bilimdonligi, yangilik va dunyoviy bilimlarga chanqoqligi, uning sо‘zi bilan ishining muvofiq kelishi, o’quvchilarni izlanishga, bilimlarpi mustaqil egallashga, har bir fanning mohiyatini tushunishga, ishga ijodiy yondashishga undashi va erkin fikrlashi hamda mustaqil ishlash uchun sharoit yaratipti bilan belgilanadi.
Pedagogik faoliyatda amalga oshirilgan kо‘p yillik ish tajribalari va kuzatishlar, o’qituvchi hamisha о‘z ustida ishlashi, bilim, kо‘nikma va malakalarni takomillashtirib borishi kerakligini kо‘rsatmoqda. O’qituvchi pedagogik mahoratining kundan-kunga о‘sib borishi, o’quv jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qо‘llay olishini kuchayishi, uning pedagogik faoliyatida amalga oshadi. O’qituvchi faoliyatining kanchalik samarali ekanligini, odatda, uning mahoratini kuzatish, o’tayotgan darslarini tahlil qilish orqali bilish mumkin. Bunday ishlarni kо‘pincha vazirlikning mas’ul xodimi, ta’lim muassasasi rahbari uslubchilar, o’qituvchi va uslubiy birlapshma boshliqlari amalga oshiradilar. Biror o’qituvchining darsiga kirish mо‘ljallangan bо‘lsa, o’qituvchilik kasbi odobiga kо‘ra shaxslarni darsga kiritish oldidan (ayniqsa, tashqaridan kelgan shaxsdarni) qaysi auditoriya (sinf)ga va qaysi darsga kirish kerak ekanliklari bо‘yicha ogohlantirilishlari lozim. Avvalo, uslub birlashma raisi, imkoniyat bо‘lmay qolgan taqdirda ma’muriyat a’zolaridan biri, tashqaridan kelgan kuzatuvchini birga olib kirishi maqsadga muvofiq. Bu, о‘z navbatida, ba’zi-bir anglashilmovchiliklar va psixologik gо‘siqlarning oldini olishga yordam beradi.
Kuzatuvchilar birgalikda darsga kirib kelib, orqa о‘rindiqlardan birini egallagach, dars boshlanadi. O’qituvchi darsga kirganda qо‘lida gurux jurnali, o’quv dasturi, kalendar-mavzu rejasi, darsning texnologik xaritasi bо‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |