Tayanch iboralar. Tarix fani va uning oldiga qo’yiladigan ta’lim – tarbiyaviy talablar, zamonaviy tarix darslari, zamonaviy talablar.Tarix darsi, o'quv jarayon, tarix ta’limi, dars mazmuni, tarixiy material, ta’lim-tarbiya vazifalari, dars mavzusi, dars rejasi, klassifikatsiya, dars tiplari, metodik adabiyot, darslik,Tashkiliy ishlar tahlili. Didaktik (ta’limiy) tahlil. Uslubiy tahlil. Metodologik tahlil. Psixologik tahlil, Pedagogik tahlil. Yakuniy tahlil (xulosa).
Dars o’tish jarayonida yangi pedtexnologiyalardan (munozara) foydalaniladi.
Adabiyotlar: А1;А2;А3;А4;А5;А6;А7;Q8;Q9;Q10;Q11;Q13;Q18;Q20;Q21;Q23;Q25
Ma’lumki dars maktabda o'quv ishlarining yagona shakli emas. Ekskursiya, individual va guruhlarda olib boriladigan mashg'ulotlar, imtihonlar oldidan o'tkaziladigan konsultatsiyalar ham o'quv jarayonining turli shakllarini tashkil etadi. Shuning uchun ham bularning hammasi mashg'ulotlarning yordamchi turlarigina bo'lib, darsning o'quv jarayonida hal qiluvchi funksiyasi o'rnini egallay olmaydi. Boshqa fanlar kabi tarix o'qitishda ham dars o'qish turini asosini tashkil etadi.
Darsning mazmuni tarixni o'rganish, ya'ni o'quvchilarga o'quv dasturida mo'ljallangan meyordagi ma’lum tarixiy bilimlar majmuasini va shu tarixiy ashyolar asosida o'quvchilarni ma’naviy jihatdan tarbiyalamoq lozim.
Tarix ta’limi murakkab va ko'p qirrali jarayonni tashkil etadi. Dars jarayonida biz so'rash yoki suhbat davomida o'quvchilar bilimini tekshiramiz, ularni ilgari o'tilgan mavzular yuzasidan olgan bilimlarini yanada mustahkamlaymiz, o'rganilayetgan tarixiy materialni tahlil etish va umumlashtirish yo'li bilan uning mazmunini o'quvchilar tomonidan atroflicha o'zlashtirib olishlariga harakat qilamiz. Shuningdek, dars davomida o'quvchilarni yangi tarixiy tushunchalarni samarali o'zlashtirishlari uchun o'zlarida mavjud bo'lgan ilgarigi tarixiy material asosida ularning bilimlarini chuqurlashtirish, kengaytirish, tizimlashtirish xususida izchillik bilan ish olib boriladi. Eng asosiysi, dars davomida o'quvchilarni o'rganilayotgan tarixiy material ustida samarali ishlash kobiliyatlari va malakalarini shakllantirib borishga erishmog'imiz lozim. Chunonchi: o'quvchi dars jarayonida tarixiy haritalar bilan erkin ishlashi va ularga qarab aniq mo'ljal olmoqlari, tarixiy hujjatlar va o'lkashunoslik materiallari ustida mustaqil ishlay bilishi, ularni qiyosiy takkoslashi, tarixiy faktlarni to'g'ri tahlil eta bilmog'i lozim. Bularning hammasi tarix darsining (umuman ijtimoiy fanlardan, jumladan inson va jamiyat kursidan o'tkaziladigan har qanday darsning) didaktik tomonini xarakterlaydi, uning g'oyaviy mazmunini atroflicha ochib berishga xizmat qiladi.
Tarix darsi qator ta’limiy va tarbiyaviy masalalarni hal etishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi. Tarix darsida ta’lim-tarbiya vazifalarining ko'pqirraligi uni o'qitishda qo'llaniladigan ko'p xilli metodlar bilan tavsiflanadi.
Darsning afzalligi yana shundan iboratki, unda o'qituvchilar bilan har bir o'rganilayetgan tarixiy materiallarning sinfda frontal va individual ish olib borish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Biroq, tarix darsi oldida ta’limiy va tarbiyaviy, g'oyaviy va siyosiy vazifalarning qanchalik ko'p ekanligiga qaramasdan, alohida olingan har bir dars butun dars tizimsida ichki birlik va tugallikni tashkil etadi.
Avvalo har bir dars o'z mavzusiga, nomiga ega bo'ladi. o'qituvchi esa uz navbatida davlat o'quv dasturi va darslikning mazmuniga qarab mazkur darsda o'rganiladigan mavzuni aniqlaydi.
Tarix o'qituvchisi har bir dars mavzusini aniqlashda tarixiylik, tizimlik va izchillik doimo ijodiy yondoshib bormog'i lozim. Dars davomida o'rganiladigan mavzuning materiali bir necha masalalarga (savollarga) bo'lish, o'z navbatida mazkur darsning aniq rejasini tuzishga yordam beradi. Dars rejasi necha punktdan iborat bo'lishi bevosita o'rganilishi kerak bo'lgan mavzuning mazmunidan kelib chiqmog'i kerak.
Mazkur o'rinda biz darsning rejasi albatta shuncha punktdan bo'lmog'i zarur degan ko'rsatmani standart sifatida tavsiya etmaymiz. Shu joizdan tarixchi metodist A.A.Vaginning dars rejasi punktlari odatda ikkitadan kam bo'lmasligi va besh-oltitadan ko'p bo'lmasligi kerak degan ko'rsatmasini o'rinsiz deb bilamiz.
A.A.Vagin tarix darsi nazariyasi xususida fikr yuritar ekan, "dars mavzusi va uning rejasi o'quvchilarga ma’lum qilinishi kerak",-deb ko'rsatadi (Vagin A.A. Metodika prepodavaniya istorii v sredney shkole. -M.:Prosvesheniye, 1968.-S.336). Biroq, dars rejasi o'quvchilarga qanday ma’lum qilinishi kerakligini aniq ko'rsatmaydi. Ogzakimi, yozmami, hammasi birdaniga o'qib eshittirilishi yoki yozib ko'rsatilishi kerakmi yoki birin-ketinmi? Respublikamiz ilg'or tarixchilarining tajribasi dars rejasini yoki sinf doskasiga har bir punktni navbati bilan bayon qilib borish jarayonida yozishni, yoinki ko'chma doskada bir yo'la yozilgan rejani sinf doskasining bir chekkasiga ilib qo'yilgan xolda foydalanish afzalligini tasdiklagan.
Har bir tarix darsining o'z mavzusi va o'z rejasiga ega bo'lishi aksiomadir. Bir necha darslarni birlashtirgan katta mavzular albatta alohida darslar mavzulariga bo'linmog'i shart. o'qituvchi hech vaqt darsni o'tgan mavzuning yakuni va yangi mavzuning boshlanishi sifatida o'tishga yo'l qo'ymaslik kerak. Fikrimizcha, bu talab nafaqat o'rta umumta’lim yoki maxsus o'quv yurti uchun bo'lmasdan, ayniqsa hamma oliy o'quv yurtlari uchun ham ma’ruza va seminar mashg'ulotlari uchun bo'lgan asosiy shartlarning ajralmas qismini tashkil etmog'i darkor. Gap shundaki, mavzutik birlikning buzilishi darsning g'oyaviy yo'nalishini, talabalarni sinfda olib boradigan mustaqil ishlarini, uy ishini bajarishni to'g'ri tashkil etishni izdan chiqaradi.
Har bir dars nafaqat o'z mazmuni bilan balki uning ustida ishlash xarakteri jihatidan ham bir butun tugallangan mavzu, muammo bo'lmog'i lozim. o'qituvchi darsni bayon qilish jarayonida ishni shunday usul va turlarini mohirlik bilan qo'llamog'i kerakki, bu usul o'quvchilarni uy vazifalarini mustaqil bajarishda unga dasturul amal bo'lsin. Dars davomida bayon qilingan material albatta shu darsda atroflicha tahlil etilmog'i, fikrlashib olinmog'i kerak, ana shunday qilingandagina o'qituvchi darsni didaktik tomonidan to'g'ri tashkil etgan, o'quvchilarga o'rganilayotgan material mazmunini to'g'ri qabul qilishga yo'naltirgan, mavzudan kelib chiqqan mazmunning o'quvchilar shaxsiy e’tiqodlariga o'sib o'tishini ta’min etgan bo'ladi.
Biroq, dars mavzusining aniq belgilash va uni bayon qilish rejasining mavjudligini o'zi darsning muvaffaqiyatli chiqishini ta’min etmaydi. Darsning to'la muvaffaqqiyatli chiqishini ta’minlash uchun uning g'oyaviy yo'nalishini aniqlab olmoq lozim.
Darsning asosiy g'oyaviy mazmuni, uning ta’limiy va tarbiyaviy vazifalari dars jarayonida o'rganilayetgan tarixiy voqelikning moxiyati, qonuniyatlari, sababi, natijalari va ahamiyatining to'g'ri bayon qilishidagina to'la amalga oshishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |