Qarshi davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi tarix falsafasi va tarix o


Tarix darslari xillari hamda tuzilishi. Tarix darsini klassifikatsiya qilish muammosi



Download 3,94 Mb.
bet34/186
Sana14.03.2023
Hajmi3,94 Mb.
#918884
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   186
Bog'liq
А Дустов Тарих фалсафаси Мажмуа 2 курс 22 23

2. Tarix darslari xillari hamda tuzilishi. Tarix darsini klassifikatsiya qilish muammosi.
Didaktikada darslarni klassifikatsiya qilish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Ko'pgina metodik adabiyotlarda, jumladan I.N.Kazansevning "Урок в советской школе" (M.,1956) kitobida dars mavzularini klassifikatsiya qilishda ularni kirish darsi, yangi bilimlarni egallash darsi, takrorlash-umumlashtirish darsi va hisobga olish-tekshirish darsi kabi tiplarga ajratiladi.
S.V.Ivanov darslarni klassifikatsiyalashga darslarda foydalaniladigan metodik vositalarning xususiyatlarini va dars o'tishga eng ko'p ishlatiladigan metodik asos qilib olib, ma’ruza-dars, kino-dars, o'quvchilar mustaqil ish olib boradigan dars tiplarini tavsiya etadi.
Dars tiplarini klassifikatsiya qilish masalasi tarix o'qitish metodikasiga doir adabiyotda ham turlicha hal qilingan. Masalan, V.N.Bernadskiy tarix darslarini tiplarga ajratishda bilimlarning asosiy manbaini va har qaysi darsda qo'llaniladigan yetakchi metodni asos qilib olgan (Bernadskiy V.N. Metodi prepodavaniya istorii v starshix klassax . M., 1939).
V.G.Karsev tadqiqotida esa darslardagi o'quv faoliyatini yetakchilik xarakteri klassifikatsiya uchun asos qilib olinib, tarix darslari: yangi bilimlar berish darsiga, o'tilgan mavzularni takrorlash va umumlashtirish darslariga, o'quvchilar bilimini ogzaki yoki yozma tarzda tekshirish darsiga, hamda aralash deb atalgan tiplarga bo'lingan (Karsev V.G. Ocherki metodiki obucheniya istorii SSR v VII-X klassax-M.,1955).
M.A.Zinovyev esa o'zining "Основние вопроси методики преподавания истории" tadqiqotida darsning ikki tipini - yangi mavzuni o'rganish darsi va takrorlash darsiga bo'ladi. P.S.Leybengrub ham tarix darslari klassifikatsiyasini ko'rsatishga harakat qiladi. Biroq, muallif tarix darsi tiplari ustida fikr yuritar ekan, u o'z fikrini asosan o'tgan darsni so'rash, yangi mavzuni o'rganish va mustahkamlashga yo'naltiradi ( Лейбенгруб П.С. Дидактические требования к уроку истории.- М., 1960).
Dars tiplari klassifikatsiyasi xususida A.A.Vagin tomonidan tavsiya etilgan variantlar birmuncha talabga muvofiqdir. U darslarni klassifikatsiyalashda darsning mohiyatini, o'rganiladigan mavzuning mazmunini, o'qitish jarayonining umumiy qonuniyatlarini va o'qituvchi hamda o'quvchilarning har qaysi kundalik darslaridagi faoliyatlari turlarini asos qilib olish kerak deb ko'rsatdi. Uning qayd qilishicha, masalan, V sinfda (1) o'qitish jarayonining hamma asosiy elementlarini o'z ichiga oluvchi dars , (2) hikoya qilib berish shaklida bayon etiladigan dars, (3) takrorlash darsi olib borilishi lozim. VI-VII sinflarda dars tiplari ko'proq bo'lishi, chunonchi:
-O'qitish jarayonining hamma asosiy elementlarini o'z ichiga oluvchi dars
-Yangi mavzuni o'rganish darsi (hikoya qilib berish, kino, ekskursiya)
-Kirish darsi
-Xotima darsi
-Tahlil qilish darsi
-Malaka va ko'nikmalar hosil qilish darsi
-Takrorlash-umumlashtirish darslari olib borilishi tavsiya etiladi. (Вагин А.А. Методика преподавания истории в средней школе. -М.,1968. С.403).
A.A. Vagin dars tiplari klassifikatsiyasi xususida fikr yuritar ekan, agarda boshlang'ich sinflarda o'qitish jarayoning hamma asosiy elementlarin8 o'z ichiga oluvchi dars ko'proq qo'llanilsa, yuqori sinflarga o'tib borish bilan tarix o'rganishda dars tiplarida differensiatsiya katta o'rinni egallashi ya'ni yuqori sinflarga (VII-X) borganda tarix darsing o’nga yaqin tiplari bo'lishini va ulardan quyidagicha variantlarni tavsiya etdi:
-Mavzuga kirish darsi
-Yangi tarixiy ashyoni o'rganish darsi
-Tahlil qilish darsi
-Mavzu yuzasidan xotimalar darsi
-Takrorlash darsi:
-Umumlashtirish darsi
-O'tgan mavzuni so'rash darsi
-Malaka va ko'nikmalar hosil qilish darsi
-Bilimni qo'llash darsi
-O'qitish jarayoning hamma asosiy elementlarini o'z ichiga oluvchi dars.
A.A.Vagin tomonidan tavsiya etilgan dars tiplari klassifikatsiyasida inson va huquq kursida keng qo'llanilayetgan dars tiplari:
Seminar mashg'ulotlari
Konferensiyalar
Disputlar
Seminar-konferensiyalarga ham taalluqli ekanligi qayd etib o'tiladi.
Darhaqiqat, 60-yillarning 2-yarmidan e’tiboran nafaqat inson va jamiyat kursida, balki qator maktablarda tarix kursidan olib borilayotgan fakultativ kurslarda ham darsning ana shunday shakllaridan "samarali" foydalanilgan.
Dars jarayonida har bir mavzuning mazmuniga qarab bu talablar konsentratsiyasini amalga oshirib borish shubhasiz, dars samaradorligini o'quvchilarda tahliliy tafakkur etish qobiliyatlarini tizimli ravishda kamol topib borishida katta rol o'ynaydi.
Darsga bo'lgan talablardan yana bir muhim komponenti uning maqsadini to'g'ri belgilash hisoblanadi. Metodik adabiyotda bu xususida bir necha fikr mavjud. Masalan V.G. Karsev (Очерки обучения истории ССР в 8-10 классаҳ-M., 1955.-S.18-19) darsning maqsadi darsda o'rganiladigan masalalarning mohiyatin8 ochib berishdan, uning asosiy g'oyasini, asosiy ma’nosini o'quvchilarning dars davomida asosiy xulosa sifatida anglab olishlari va idrok etishlari kerak bo'lgan narsani belgilashdan iborat bo'lmog'i lozim", -deb ko'rsatadi.
Fikrimizcha, A.A.Vagin, N.V.Speranskaya, V.G.Karsevning har bir darsning umumiy g'oyaviy-nazariy yo'nalishin8 belgilash kerak degan fikrlariga qo'shilish o'rinlidir. Biroq, shu bilan birga tarix darsi oldiga qo'yiladigan maqsadlarni to'g'ri belgilashda, birinchidan, mazkur dars mazmunida eng muhim narsa nima ekanligini va o'quvchilarning tarixni ilmiy asosda tushunib olishlariga, ularni umuminsoniy ma’naviyat ruhida tarbiyalashga qanday hissa qo'shishi lozimligini aniqlab olish kerak. Ikkinchidan, o'quvchilardagi mavjud bo'lgan tarixiy malakalarning namoyon bo'lish darajasiga va uning rivojlantirish umumiy tizimsiga asoslangan holda o'quvchilarda muayyan malakalarni shakllantira borish vazifasini ayrim darslarning maqsadlaridan biri qilib qo'yish foydalidir.
Biz yuqorida dars tiplarining klassifikatsiyasi, unga bo'lgan talablar va undan kuzatiladigan maqsad xususidagi fikrlarni bayon etdik. Bu fikrlarda tarix ta’limi asosan umumta’lim maktablari uchun qo'llaniladigan metod aspektida bayon etildi. Biroq, xalq maorifi tizimsida yoshlarni umumiy o'rta ta’lim O'zbekiston Respublikasining o'z milliy istiqloliga erishganidan keyin xalq ta’limimiz tizimsida sodir bo'lgan islohotlar natijasida vujudga kelgan akademik litseylar ochilishlari, kasb-hunar kollejlari ham salmoqli o'rinni egallamokda. Ana shunday tipdagi o'quv yurtlarida, maktablarda dars samaradorligini oshirib borish nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham ana shu tipdagi maktablarda dars beradigan har bir pedagog talabalarga bilim asoslarini berishda darsning hal qiluvchi rol o'ynashiga alohida e’tibor bermog'i lozim. Bu e’tibor birinchi galda asosiy o'rganiladigan mavzuning sifati hal etishi, uni imkoniyati boricha atroflicha mustahkamlashi, ta’lim tarbiyani o'quvchilarni o'rab to'rgan ijtimoiy muhit bilan uzviy xolda bog'lab o'rganishda namoyon bo'lmog'i lozim.
Tarix darsining samaradorligida rentabelli darslikning muhim rol o’ynashi sir emas. Biroq, darslik qanchalik takomillashgan bo'lmasin, o'qituvchining jozibali ma’ruzasi yoki suhbati o'rnini egallay olmaydi. Darslik qanchalik takomillashgan bo'lganligiga qaramasdan, hayotning hamma tomonlarini o'z ichiga qamrab olish imkoniyatiga ega bo'lmaydi. Shunday ekan, dars davomida u yoki bu mavzuni bayon etishda o'qituvchi unga ijodiy yondoshmog'i, o'rganilayotgan tarixiy davrni turmush bilan uzviylikda bog'lab o'rganishga erishmog'i lozim.
Hozirda milliy mafkura va milliy g'oya konsepsiyasini yaratish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmokda. Shuning barobarida yurtimiz tarixini o'rganish va uni yosh avlodga yetkazish ham muhim vazifalardandir. Masalaning bunchalik dolzarb ahamiyat kasb etayotganligining sababi nimada?
Istiqlolga erishganimizdan so'ng, xalqimizning ruhini, g'ururini ifodalovchi haqqoniy tarixini yaratish zaruriyati tug'ildi. Busiz taraqqiyotning biror pog'onasiga ko'tarilish tugul, qo'lga kiritilgan ulug' saodatni asrab qolish ham qiyin.
Tarix milliy mafkuramizning asosiy omili, jonbaxsh tomirlaridan hisoblanadi. Tariximizda yuz bergan voqea-hodisalar bugungi milliy mafkuramizning amaliy ko'rinishlaridandir. Chunki har bir voqea-hodisa zamirida uning ishtirokchisi bo'lgan xalq, guruhning manfaatlari, orzu va intilishlari yotadi. Bunday tarixiy manbalarni o'rganish yosh avlod ongida Vatanga, xalqiga bo'lgan muhabbatni kuchaytiradi.
Dars–o'quv ishining asosiy tashkiliy shakli bo'lib, unda o'qituvchi aniqbelgilangan dars doirasida o'quvchilarning doimiy tarkibi bilan qat’iy jadval bo'yicha shug'ullanadi, jamoaviy bilish faoliyatiga rahbarlik qilib, o'quv dasturiga o'zi belgilaydigan didaktik va tarbiyaviy vazifalarga erishish uchun xilma-xil metodlardan foydalanadi.
Dars o'quv ishini tashkil qilishning asosiy shakli, ammo u ta’limning boshqa shakllarini: ma'ruza, amaliyotlar, laboratoriya mashg'ulotlari, seminarlar, konsultatsiyalar, uy vazifalari, qo'shimcha mashg'ulotlarni rivojlantirishni istisno etmaydi.
Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari fakultativ mashg'ulotlar sanaladi. Ular o'quvchilarning qiziqishlari asosida tashkil etiladi: to'garaklar, klublar, olimpiadalar, viktorinalar, ko'rgazmalar, ekspeditsiyalar va hokazolar. Dars o'quvchilarning doimiy tarkibi, mashg'ulotlarning aniq belgilangan ramkaga egaligi (har bir dars maktabda 45 minut, akademik litsey va kollejda 80 minut davom etadi) jadval oldindan tuziladigan va o'quv ishlari biror aniq mavzuda tashkil etilishi kabi o'ziga xosliklarga ega bo'lgan ta’limning jamoa shakli hisoblanadi.
Darsda o'qituvchi bilan o'quvchining o'zaro munosabat jarayoni shaxsiy aloqaga asoslangan. o'qituvchi darsda istisnosiz barcha o'quvchilarning faoliyatlarini yo'llaydi va nazorat qiladi, shuningdek, o'quvchilarning o'zlari orasidagi o'zaro aloqa va o'zaro kontrolni qo'llab quvvatlaydi. o'qituvchining darsdagi ishi barcha o'quchilarning darsning o'zidayoq o'rganilayotgan bilim asoslarini egallashlari, zarur ko'nikma va malakalarni hosil qilishlari uchun zamin yaratadi.

Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish