PEDAGOGIKA
2016, 1-son
117
OTMlar о‘rtasidagi nufuzining oshishiga olib keladi. OTMlardagi tasviriy san’at
о‘qituvchilarini tayyorlash usullaridan biri bо‘lgan tanlovlar, ijodiy kо‘rgazmalar
tashkillashtirilishi natijasida о‘quv jarayoni faollashib, talabalardagi о‘z ustida
ishlash kо‘nikmalarining rivojlanishi ta’minlanadi. Bunday usullar, ayniqsa,
tо‘garaklardagi faoliyat natijasida yanada natijaliroq bо‘ladi. Bu orqali talabalar
universitet ostonasidan nafaqat dasturdagi bilimlar, balki mustaqil ijodiy faoliyat
tajribasi, ijtimoiy-madaniy muloqotga tayyorlik va olingan tajribalarni maqsadga
muvofiq amalda qо‘llay olish malakalariga ham ega bо‘lishadi.
Talabalarning tо‘garakda olgan bilimlarini bevosita о‘quv jarayonida
qо‘llash darajasini aniqlash maqsadida tajriba-sinov ishlari olib borildi. 2014-2015
va 2015-2016-о‘quv yili semestr oxirida bо‘ladigan yakuniy kо‘rikda TS-203, 301
va 303-guruh talabalari ichidan tо‘garak a’zolari (sinov guruhi) va tо‘garakka a’zo
bо‘lmaganlar (tajriba guruhi) ishlari solishtirib baholandi. Baholash natijasi sinov
guruhining о‘zlashtirishlari tajriba guruhiga nisbatan 30%ga yuqori ekanligini
kо‘rsatdi. Guruh talabalariga tasviriy san’atda portret janri, rang tasvirda portret
ishlash qonun-qoidalari, kompozitsiya tushunchasi, portret kompozitsiyasini
yaratish orqali yosh avlodga psixologik jihatidan qanday tarbiyaviy ahamiyatga
ega ekanligi tо‘g‘risida savol-javob va suhbat о‘tkazildi, test varaqalari tarqatildi.
Nazorat guruhidagi talabalarga test savollari tarqatilganda 52%iga tо‘g‘ri
javob berishdi. Tajriba guruhi esa test savollarining 86%iga tо‘g‘ri javob berganligi
ma’lum bо‘ldi. Bu natijalardan kо‘rinib turibdiki, tajriba guruhining nazariy hamda
amaliy jihatdan о‘zlashtirgan bilim darajalari nazorat guruhinikiga qaraganda
ancha yuqori.
Demak, talabalarning ijodiy ishlaridan kо‘rgazmalar uyushtirish, ijodiy
tanlovlardagi ishtirokini ta’minlash ularning kelgusi faoliyatlari uchun kasbiy va
ruhiy tayyorgarliklari oshishida metodik jihatdan katta ahamiyatga ega.
Tо‘garaklardagi mustaqil tarzda qо‘shimcha vazifalar bajarishga intilish, ijodiy
izlanish, kompozitsiyalar uchun materiallar tо‘plashga doir kasbiy faollashish
kо‘rgazma va tanlovlarning talabalarning malakaviy shakllanishdagi imkoniyati
beqiyos ekanligi haqida xulosa chiqarishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |