O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
UMUMTA’LIM FAKULTETI
MARKETING TA`LIM YO`NALISHI
MRA-1 GURUH TALABASI
TEMIROV HAYDARALINING
IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN
“ISH HAQI: UNING SHAKLLANISHDAGI TURLI XIL YONDOSHUVLAR”
MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI
Bajaruvchi:
Qabul qilidi:
Toshkent – 2021
Mavzu: Ish haqi: Uning shakllanishidagi turli xil yondashuvlar
REJA:
KIRISH.......................................................................................................
|
|
ASOSIY QISM:
|
|
1
|
I bob
1.1. Ish haqi tushunchasining mazmun-mohiyati
1.2. Ish haqini tashkil etish shakllari va ularni tavsiflash
|
|
2
| II bob
2.1. Ish haqini to’lash tartibi.
2.2. Ish haqini tashkil etish bilan bog’liq turli yondashuvlar
|
|
3
| III BOB
3.1. O’zbekistonda mehnatni tashkil etish bilan bog’liq munosabatlar tahlili
|
|
XULOSA...........................................................................................................
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI....................................
|
|
Kirish
Jamiyatda yoki alohida olingan mamlakatda yaratilgan mahsulotning taqsimlanish tamoyillari, shakllari, usullari muhim muammo bo’lib, iqtisodchilar e’tiborini jalb etib hamda ular o’rtasida turli tortishuvlarga sabab bo’lib keladi. Shunga ko’ra, kishilarning hayot kechirishi va turmush darajasini aniqlab beruvchi daromadlarning asosiy turi bo’lgan ish haqini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o’tgan davrdan to hozirga qadar xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida muhim o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Korxonalarda, tashkilotlar va idoralarda mehnatni tashkil etish va uning samaradorligini oshirish yo’llari muhim muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Xalq turmush farovonligini oshirish Respublikamiz Prezidenti tomonidan belgilab berilgan iqtisodiy islohotlarning bosh maqsadidir. Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etish juda keng ko’lamli ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yechimini topishni taqazo qiladi. Ma’lumki, xalq xo’jaligi ishlab chiqarishida, turli sohalar va jamiyat qatlamlarida, ish joylarida korxonalar ishini to’g’ri yo’lga qo’yish, tashkil etish, moddiy texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarga ijtimoiy adolat prinsiplari asosida ish haqi to’lashni tashkillashtirish taraqqiyotni ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. Ish haqi - tashkilot xodimlarining asosiy daromad manbai, uning yordami bilan mehnat va iste'mol o'lchovi nazorat qilinadi. Ish haqi iqtisodiyotni boshqarishning eng muhim vositasidir, shuning uchun davlat mehnatni tashkil qilish va ish haqining huquqiy asoslariga alohida e'tibor beradi. Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi ham aholining daromadlarini, jumladan ish haqlari miqdorini oshirish hisoblanadi. Bu to’g’risida prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev ham quyidagi fikrlarni bildirganlar: “Aholi daromadlarini oshirish, qo’shimcha ish o’rinlari yaratish, mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun bizga yangi-yangi bozorlar kerak. Buning uchun bozor iqtisodiyoti va davr talablariga mos ko’plab qonun va qarorlarni 3 qabul qilayapmiz. Lekin, afsuski, ularni ijro qiladigan ko’pgina amaldorlar hali ham eskicha ish uslubi, rasmiyatchilik va befarqlikdan qutulgani yo’q”1 . Mazkur bildirilgan fikrlar mazkur kurs ishining naqadar dolzarb ahamiyat kasb etishini asoslab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |