PEDAGOGIKA 2016, 1-son 114 о‘zligi va xarakterini kо‘rish mumkin. Shuning uchun kо‘pincha naturadan
ishlangan oddiy qoralama va qisqa muddatli ranglavhalar asosiy ishlarga
qaraganda jonliroq va jozibaliroq chiqadi. Ijodiy izlanishga oid vazifalar bajarish,
eskizlar qilish bosqichi va kompozitsion izlanishlarda talabalarning hissiy va aqliy
tafakkurlari faollashadi. Hattoki, talabalarning mustaqil ravishda о‘ziga xos
kompozitsiyalar yaratish jarayonida ham kо‘plab ijodiy g‘oyalar paydo bо‘lishini
kuzatish mumkin. Talabaning kelgusidagi tasviriy san’atni о‘qitish, kо‘rgazmalar
tashkillashtirish, о‘quvchilari ishlarini tо‘g‘ri baholash kabi kasbiy faoliyatga
tayyor bо‘lishi uchun ularni ijodiy ishlar bajarish va uni targ‘ib qilishga о‘rgatish
zarur. Ijodiy kо‘rgazmalarda о‘zlari yaratgan turli mavzudagi ijodiy ishlari bilan
muntazam ishtirok etishlari ularning yuqori malakaga ega bo‘lishiga
ko‘maklashadi. Turli kо‘rgazma va tanlovlarda qatnashishlari kelajakda ta’lim
beradigan о‘quvchilariga shaxsiy namuna bo‘lishida yordam beradi va
o‘quvchilarning shu soha bо‘yicha respublikamizdagi kasb-hunar kollejlaridan
biriga kirib о‘qishni davom ettirishga qiziqishlarini orttiradi.
О‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligini, layoqatlarini, bilim va
kо‘nikmalarini chuqur rivojlantirish ularning tanlagan yо‘nalishlari bо‘yicha bir
yoki bir necha zamonaviy kasbni egallashda muhim о‘rin tutishi tajriba jarayonida
sinab kо‘rilgan.
1
Ijodiy ishlashda tafakkur tezligi, fikr boyligi, yuqori badiiy
jozibadorlikka erishishga intilish kabi xislatlari bilan talaba о‘zidagi ijodkorlikni
namoyon etadi. Bu bilan о‘zi uchun hayotdagi yangi imkoniyatlar eshigini ochib
boradi. Mashg‘ulotdagi standart talablardan tubdan farq qiladigan boshqa
material yoki о‘lchamlarda о‘ziga xos ijodiy kompozitsiyalar yaratish о‘quv
vazifasiga nisbatan ijodiy qiziqishning paydo bо‘lishiga turtki bо‘ladi.
Talabalarning eng sara о‘quv ishlari hamda mustaqil ishlarining oliy ta’lim
muassasasi miqyosidagi kо‘rgazmalarda namoyish qilinishi ularning ijodiy
о‘sishlari uchun juda zarur. Kо‘rgazmaga qо‘yilgan о‘z ishlarini boshqalarning
ishlari bilan solishtirib, tomashabin nigohini his qilib, ularning muhokamalarini
eshitgandan keyingina ijodkor-talaba о‘z ijodiy ishiga obyektiv baho bera olishi
mumkin.
Talabalarning mustaqil ijodiy asarlar yaratish ustidagi mehnati tasviriy
san’at va dizayn yо‘nalishlaridagi о‘quv jarayonining ajralmas qismi, lekin
talabalarning о‘qish jarayonida yaratgan asarlari kо‘rgazmasi metodik jihatdan
juda zarur va mas’uliyatliroq hisoblanadi, chunki bu ijodkor talabalarni bilim
olishga, о‘z ustida yanada kо‘proq ishlashga, ijodiy maqsadda yangi tadqiqotlar
olib borishga undaydi.
1
Гулямов К. М. Касб-ҳунар коллежларида халқ амалий санъатини ўқитиш методикаси
(наққошлик санъати мисолида). – Тошкент: ТДПУ, 2012. – Б. 61.