323
Ushbu o‗rinda ta‘kidlash joizki, o‗quvchilarning ongli va asosli ravishda kasb-
hunar tanlashi – bu nafaqat aniq bir kasbni tanlash, balki u ijtimoiy ahamiyatga ega
bo‗lgan inson hayotining mazmun-mohiyati sifatida ham alohida o‗rin tutadi. Bunda
uning kasb tanlash orqali hayot yo‗li ham aniqlanadi. Insonning ayni vaqtdagi
turmush-tarzi, oilasi, do‗stlari, kelajakdagi taqdiri, orzuyu havasi qo‗yin-ki, butun
borliq faoliyatiuning tanlagan kasbi bilan bog‗liqdir. To‗g‗ri tanlangan kasb bolaning
o‗zi uchun ham, uning ota-onasi uchun ham, davlatimiz uchun ham manfaat keltiradi.
Tarixga murojaat qiladigan bo‗lsak, azaldan xalqimiz jamoa-jamoa bo‗lib,
keyin
mahallada yashab, o‗z o‗rniga ega bo‗lgan. Har bir mahallaning kulolchilik,
pichoqchilik, misgarlik, novvoychilik, zargarlik, do‗ppichilik, temirchilik kabi o‗z
nomlari bo‗lib, ushbu kasb-hunarlari bilan ro‗zg‗or tebratib,oilalarini boqishgan va
mehnatga layoqatsiz keksayu – qariyalarga g‗amxo‗rlik
qilishib, mehr – muruvvat
ko‗rsatishgan. O‗zbekiston Konstitutsiyasining 66-moddasida ―Voyaga yetgan,
mehnatga layoqatli farzandlar o‗z ota – onalari haqida g‗amxo‗rlik qilishga
majburdirlar‖, deyilgan. Tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyoda ikkikuch –
bunyodkorlik vavayronkorlik g‗oyalari hamisha kurashadi. Bunyodkorlik g‗oyalari
yurtni obod, xalq hayotini farovon qilishdek oliy janob maqsadlari bilan ajralibturadi.
Milliy mafkuramizning bosh g‗oyasi:
“ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot
barpo etish”dan iboratdir. Uning asosiy g‗oyalaridan sanalgan
Vatanravnaqi,
xalqfaravonligi,
yurttinchligibevositaushbujamiyatninga‘zosiodamzotningkasb
–
korivamehnatfaoliyatibilanchambarchasbog‗liqdir.
Inson kamoloti masalasi,ya‘ni maktabda o‗quvchilarni kasb – hunarga
yo‗naltirishning ijtimoiy – psixologik jihatlariga e‘tiborni qaratgan holda mavjud va
ideal holati orasidagi tafovutlarni belgilab olamiz. O‗quvchilar o‗rtasida
kasbiy
layoqatga, qobiliyatga, iqtidorga, iste‘dodga ega bo‗lgan yoshlarni topib, tarbiyalash
hamda kamolga yetkazish pedagogik-psixologik shart-sharoitlar yaratish zarurati
bilan izohlanadi.
Boladagi kasbiy layoqat va tushunchalar shakllanish jarayonini prognostik
metodlar asosida shartli ravishda quyidagi bosqichlarga ajratib ko‗rsatish mumkin.
1-bosqich. Maktabgacha ta‟limda.
Bu davrda bola asosan o‗yin faoliyati asosida ijtimiylashib boradi. Bola
harakatli, rolli va didaktik o‗yinlar kompleksida jismonan va aqlan shakllanadi.
Bolaning ruhiy o‗sishi yon atrofga, tengqurlari va kattalarga bo‗lgan munosabatida
qaror topa boshlaydi. Boladagi shaxsiy-tabiiy ehtiyojlarning pedagogik talablar
darajasida qondirilib borilishi yangi ehtiyojlarning tug‗ilishiga turtki bo‗ladi. Bu
jarayonda:
Ehtiyoj
motiv
munosabati
vujudga
keladi.
Bola
kimlar
bilandir
―do‗stlashadi‖,kimlar bilandir ―fikrlashadi‖. Ana shu munosabatlar
rivoji dastlabki
kasbiy tushunchalarning shakllanishiga turtki bo‗ladi. Bola harakatli va rolli
o‗yinlarni ijro etar ekan, bir nechta kasblar (o‗qituvchilik, shifokorlik, harbiy va
hokazo) bilan tanisha boshlaydi. Boladagi qiziqishlar va ―bu nima?‖ savollari ichki
refleksiyani shakllantiradi. Oila Vatan ichidagi
kichik vatan hisoblansa, bola uchun
ijtimoiy makon oila hisoblanadi. Bola ota-onasi va tarbiyachisiga taqlid ko‗zi bilan
qaray boshlaydi.
324
O‗quvchilarning bolalik davridan kasb tanlash motivlarini tahlilqilib ko‗radigan
bo‗lsak, pedagogika fanida shaxsni ijtimoiylashuvida taqlid tarbiyasining alohida
o‗rni borligi aniqlangan. Bu muammo J.G.Mid va Z.Freyd nazariyalarida ham
alohida o‗z ifodasini topgan. Midning ta‘kidlashicha ―...bolalar birinchi navbatda,
atrofdagilarning
harakatiga
taqlid
qilib
ijtimoiy
mavjudot
sifatida
rivojlanadilar.Taqlid shakllaridan biri o‗yin hisoblanadi. O‗yinlarda ko‗pincha
bolalar
kattalarga taqlid qiladilar. Bolalar o‗yini oddiy taqliddan to‗rt-besh yoshli bola
kattalarga o‗xshab bajaradigan murakkab harakatlargacha tadrijiy yo‗lni bosib o‗tadi.
Aksariyat holda bola oilasida ota-onasiga, bog‗chada bog‗cha opaga, taqlid qila
boshlaydi. Bugungi jadal rivojlanayotgan zamonda bolaning iste‘dod zaxirasiga
mansub xarakter belgilarini barvaqt aniqlash mumkinligi va zarurligi hamda bu
xususiyatlar qay darajada
bolalarda tarkib topishi, asosan, ota-onalar va
tarbiyachilarga bog‗liqdir.
2-bosqich.Umumiy o„rta ta‟limda.
Tadqiqotlarimizda shu narsa aniqlanganki, umumiy o‗rta ta‘limning
boshlang‗ich ta‘limida ham bolajonlar maktabda birinchi o‗qituvchisiga albatta taqlid
qila boshlaydi. Ayniqsa birinchi sinf o‗quvchilarining 84-86 foizi o‗qituvchi bo‗lish
istagida ekanliklarini ko‗rsatishgan. Bu jarayon yuqori sinflarga borgan sari kamayib,
bitiruvchi sinflarga kelganda 8-10 foizga tushib qolganligi aniqlangan. Bu ko‗rsatgich
boladagi kasbiy qiziqish, so‗ndi degani emas, aksincha yuqorida ta‘kidlaganidek,
o‗quvchi kasblar olamiga faol kirib kelganligi,
ularning mohiyatini anglab, erkin
ravishda yoki biron motiv asosida tanlay boshlaganligining guvohi bo‗lamiz.
O‗quvchida bilim egallashga bo‗lgan qiziqish u tanlagan kasbiga bo‗lgan
qiziqish bilan uyg‗unlashib ketadi. Aynan mana shu
“qiziqish”tushunchasi qanday
shakllanadi? Degan savolning yechimini topib olish lozim. Chunki,
qiziqish va
Do'stlaringiz bilan baham: