327
yoshlarimiz ongini zaharlab, ularni tuban va fikrsiz kimsalarga aylantirmoqchi
bo‘lgan bunday xavfni qanday ataymiz? Albatta ma‘naviy tahdid deb. Ma‘naviy
tahdid iborasiga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, ―Ma‘naviy tahdid‖ iborasi ikki sо‗z
birikuvidan iborat: ma‘naviy va tahdid. ―Ma‘naviy‖ deganda insonning ichki dunyosi,
ongi va qalbi nazarda tutiladi.[1] ―Tahdid‖
deganda esa hadik, ya‘ni tajovuz qilish,
yо‗ldan chiqarishga asoslangan xavf-xatarlar majmui tushuniladi. Tahdid xavf-xatar
kabi darhol kо‗zga tashlanmasligi, uzoqni kо‗zlashi va xavf-xatarga nisbatan zarari
kо‗pligi bilan farq qiladi.[2] Shu ma‘noda deganda quyidagilarga e‘tibor berish
lozim: 1) Ma‘naviy tahdidlarning xususiyatlari: a) til tanlamaydi; b) din tanlamaydi;
v) e‘tiqod tanlamaydi. Boshqacha aytganda, ma‘naviy tahdidlar odamning qaysi tilda
sо‗zlashi, qaysi dinda ekani va e‘tiqodining qandayligidan qat‘iy nazar insonga daxl
qiladi. 2) Ma‘naviy tahdidlarning zarari: a) inson erkinligiga daxl qiladi; b) insonning
ruhiy dunyosini izdan chiqaradi; v) g‗arazli maqsadda amalga oshiriladi. 3) Ma‘naviy
tahdidlarning turlari: a) mafkuraviy; b) g‗oyaviy; v) informatsion.
Diqqat qilinsa, ma‘naviy tahdidlar faqat inson tomonidan yaratiladi va faqat
insonga tajovuz qilishi bilan zararlidir. Bu о‗rinda ma‘naviy tahdidlarning uch turini
alohida ta‘kidlash lozim bо‗ladi.[3]
Birinchisi, mafkuraviy tahdidlar. Mafkuraviy tahdidlarning bugungi kunda
quyidagi kо‗rinishlari kо‗zga tashlanmoqda: milliy qadriyatlarni kamsitish,
milliy
ahloq qoidalarini inkor qilish, mо‗tadil qarashlarni pisand qilmaslik va bularning
о‗rniga muayyan mafkuraviy markaz yо‗rig‗iga yurish, kosmopolit qoidalarni
maqtash, yot va begona g‗oyalarni, dunyoqarashni mutlaq haqiqat sifatida targ‗ib
qilish.
Mafkuraviy tahdidlar ―biz uchun mutlaqo begona mafkura va dunyoqarashni
avvalo beg‗ubor yoshlarimizning qalbi va ongiga singdirishga qaratilgani bilan
ayniqsa xatarlidir‖.[4]
Ikkinchisi, g‗oyaviy tahdidlar. Bu turga kiruvchi tahdidlar inson ma‘naviy
olamida yot g‗oyalar, qarashlar va maqsad-muddaolarni shakllantirishga intiladi.
Bugungi kunda g‗oyaviy tahdidlarning quyidagi kо‗rinishlari namoyon bо‗lmoqda:
ahloqiy buzuqlik, zо‗ravonlik, egotsentrizm,
individualizm, ―ommaviy madaniyat‖,
milliy davlatning taraqqiyot modeliga ishonchsizlik uyg‗otish, millatlararo nizolar
keltirib chiqarishga urinish, iqtisodiy tanglik joriy qilish, qо‗shni davlatlarni bir-
biriga qayrash, yoshlar ongini zaharlash. Bundan kо‗zlangan maqsad rivojlanayotgan
davlatning moddiy va ma‘naviy boyliklariga egalik qilishdir. Chunki g‗oyaviy
tahdidlar oxir-oqibatda davlatni inqirozga olib keladi, nega deganda, buning
natijasida
fuqarolarda xudbinlik, loqaydlik, manfaatparastlik, hasad, sotqinlik,
irodasizlik, beparvolik kabi ijtimoiy-ahloqiy illatlar kelib chiqadi.[5]
Uchinchisi, informatsion tahdidlar. Bu turdagi tahdidlar insonning ijtimoiy
ongini notо‗g‗ri shakllantirish va shu tariqa о‗zligiga ega bо‗lmagan olomonni tarkib
toptirishni kо‗zlaydi. Bugungi kunda informatsion tahdidlar asosan internet vositasida
chetdan turib uyushtirilmoqda va uning asosiy kо‗rinishlari quyidagilardir: davlatning
milliy siyosatini atayin tanqid qilish, soxta xabarlar tarqatish, kichik muammoni katta
(yirik)muammo sifatida tasvirlash, muxoliflarni gij-gijlash,
rahbarlarni zolim qilib
kо‗rsatish, milliy qadriyatlarni notо‗g‗ri talqin qilish, yoshlarni chalg‗itish.
Infomatsion tahdidlar – ba‘zida axborot xuruji
deb ataladi – shaxsni ikkilantiradi, uni
328
muammolar girdobiga tashlaydi. Natijada fuqarolarning ijtimoiy ongi zaharlanib,
jamiyatda ijtimoiy xastalik vujudga keladi. [6] Ma‘naviyatga yuqoridagi kabi
bo‘layotgan tahdidlarni to‘xtatish, taqiqlash oson emas. Buning bita-yu bitta yo‘li
bor. U ham bo‘lsa, har qanday tashqi g‘oyaviy, ahloqiy ta‘sirga nisbatan mafkuraviy
immunitetni, ya‘ni, har bir yurtdoshimiz ongida, ayniqsa, yoshlarimiz ongida tashqi
g‘oyaviy ta‘sirni ―ma‘naviy filtrdan o‘tkazish qobiliyati‖ni shakllantirish ma‘naviy-
marifiy, tarbiyaviy ishlarimizning birinchi vazifasi bo‘lmog‘i zarur.
Yoshlarning
mafkuraviy
immunitetini
shaklllantirishni
umumta‘lim
maktablaridan boshlashimiz zarur. Maktablarda amalga oshiriladigan ma‘naviy-
ma‘rifiy ishlar targ‘iboti va tashviqoti o‘smirlar ongida davlat siyosati asoslari,
mohiyati va yo‘nalishlarini yetkazuvchi muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Biroq, shuni nazarda tutish lozimki, targ‘ibot va tashviqot ishlari turmushdan ajralib
qolsa, uning davomida dolzarb muammolarga e‘tibor berilmasa, fikr va mulohazalar
oddiy raqamlar bilan dalillanib, umumlashtirilmasa,
ulardan zaruriy xulosalar
chiqarilmasa, mafkuraviy tadbirlar yuzaki o‘tkazilsa, ko‘zlangan maqsadga erishib
bo‘lmaydi. Bunday tadbirlarning o‘tkazilishida son ketidan quvilishi, ular
samaradorligi darajasining soxta baholanishi, siyosiy bilimlarni oshirish imkonini
beradigan ensiklopediya va lug‘atlarning yetishmasligi bu boradagi ishlar
unumdorligini pasaytiradi. Mafkuraviy immunitetni shakllantirishda o‘smirlarning
mustqil
O‘zbekistonning
nafaqat
amaldagi
haqiqiy
yutuqlariga,
balki
qiyinchiliklariga ham baho bera olish qobiliyatlarini bir vaqtning o‘zida
shakllantirish zarurdir. Pedagoglar tomonidan yoshlarga buyuk kelajak qurilishi –
uzoq jarayon va unda muammo, qiyinchiliklar uchrashi ham qonuniy,
chunki ular
rivojlanish manbayi ekanligi tushuntirishlari zarur. Ular bolalarga ijtimoiy
rivojlanishning olg‘a qarab borish xususiyatini, hal qilinmagan muammolarni
ko‘rsatib berish bilan birga ochib beradilar. Bu bilan bolalarning millat, buyuk
kelajak oldidagi shaxsiy mas‘uliyatini paydo qiladilar. Yoshlarimiz bilan muntazam
ravishda ma‘naviy jihatdan tarbiyani olib borishimiz darkor. Bundan tashqari ta‘lim
muassasalarida, mahalla yoki oilada yuzma-yuz bevosita suhbatlar, ijtimoiy so‘rovlar
olib borish zarur. Davra suhbatlariga taniqli el-yurt ishonchini oqlagan olimlarni,
mehnat faxriylarini, ma‘naviyat targ‘ibotchilarini taklif etish maqsadga muvofiqdir.
―Oila-mahalla-ta‘lim muassasasi‖ hamkorligi ham yoshlarimizni ma‘naviy
jihatdan
tarbiyalashda ahamiyatlidir. 2012-yil 19-iyun kuni ―Barkamol avlodni tarbiyalashda
oila instituti va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta‘lim
muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora tadbirlari
to‘g‘risida‖gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 175-sonli Qarori
qabul qilindi. Mazkur qaror asosida ―Oila-mahalla-ta‘lim muassasasi‖ hamkorligi
yo‘lga qo‘yildi va o‘quvchi-yoshlarning zararli odatlar yo‘liga kirishining oldini
olishga qaratilgan manzilli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bundan
tashqari ta‘lim muassasalarida ijtimoiy gumanitar fanlarni o‘qitish jarayonida hamda
ma‘naviyat va tarbiyaviy soatlarda milliy turmush tarzimiz va uning o‘ziga xos
xususiyatlari haqida, zamonaviylik, ma‘naviy
qadriyatlar, an‘analarimiz, e‘tiqod
haqida kengroq bilim berishimiz va shu asosida mafkuraviy tahdidlardan
yoshlarimizni zararsizlantirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
329
Shundagina yoshlarimizni ma‘nan barkamol shaxs sifatida shakllantirib, ular
ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirib, turli xil yot g‘oyalar va oqimlar
ta‘siridan asrashimiz hamda yoshlar qalbida milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarash
asoslarini shakllantirib, ularni ma‘naviy tajovuzlarga qarshi sobit tura oladigan
matonatli, fidoyi, vatanparvar insonlar etib tarbiyalaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: