Бошланғич таълим кафедраси



Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/282
Sana22.02.2022
Hajmi7,03 Mb.
#94274
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   282
Bog'liq
6-MAQOLA BOSHLANG'ICH ТЎПЛАМ 22.05.2020

Adabiyotlar 
1. N.Xalilova Iqtidorli bolalar psixologiyasi T., TDPU, 2007. 
2. Е.И.Рогов. ―Настолная книга практического психолога в образовании‖.: 
М.‖Владос‖-1996. 528 стр.
3. Лук А.Н. Психология творчества. М. Наука. 1978. 125 с. 
TEMURIY MALIKALAR AXLOQIY SIFATLARINING
BADIIY ADABIYOTDA PEDAGOGIK TALQINI
(Primqul Qodirov asari misolida) 
 
Qubonova Dilafruz Toshturdiyevna 
SamDU pedagogika fakulteti o`qituvchisi 
 
Temuriy malikalar axloqiy sifatlarining pedagogik talqini badiiy adabiyotda 
muayyan darajada yoritilgan. 
Ma‘lumki, adabiyot hayotdagi voqea – hodisalarning badiiy obrazlarda aks 
etishidir. Adabiy va tarixiy asarlarda ayol timsoli yozuvchilar tomonidan muayyan 
darajada yoritib kelingan. Tarixda o‘zining jasorati va matonati, aql-zakovati, 


332 
nafosati va nazokati bilan nom qoldirgan temuriy malikalarning timsoli ham badiiy 
asarlarda o‘z ifodasini topgan. O‘zbek adabiyotida tarixiy asarlar yozishda Oybek 
domladan keyin Pirimqul Qodirovning nomini hurmat – ehtirom bilan tilga olish joiz. 
Sababi, adibning qalamiga mansub ―Ona lochin vidosi‖, ―Yulduzli tunlar‖, 
―Xumoyun va Akbar‖ asarlari bevosita milliy tariximizni yoritishga xizmat qiladi 
[1.2.3.4.]. Pirimqul Qodirov asarlarida temuriy malikalarning ma‘naviy-axloqiy 
fazilatlari boy materiallar asosida ishonchli va asosli ravishda yoritilgan. Sohibqiron 
bobomizning ayollaridan biri Saroy Mulk xonim boshqa malikalardan farqli ravishda 
―Katta ehtiromga u o‘z aql-zakovati, did-farosati, tadbirkorligi bilan erishgan. Tarixiy 
manbalarda bu malikaning nozik did va farosat bilan ajralib turadigan, husn-latofat 
bobida benazir ayol bo‘lganligi ko‘rsatilgan. Bibi xonim davlatni boshqarishda 
uchrab turadigan ba‘zi muammolarni hal qilishda faol ishtirok etgan. Eng muhimi 
Bibi xonim temuriy shahzodalarni tarbiyalashda faollik ko‘rsatgan. Aniqrog‘i, Amir 
Temurning o‘g‘li Shohruh Mirzoni, nabiralari Muhammad Sulton Mirzo, Xalil Sulton 
Mirzo, Ulug‘bek Mirzo kabi shahzodalarning tarbiyasi malikaning ixtiyoriga 
topshirilgan. Bu oqila ayol to‘g‘risida Pirimqul Qodirov ―Ona lochin vidosi‖ tarixiy 
romanida batafsil to‘xtalgan. Romanda ta‘kidlanganidek, ―Shohruh Mirzo va Gavhar 
Shod begim o‘z o‘g‘illarini ham bunyodkorlik ruhida tarbiyalagan, ularning har 
biriga yaxshi ko‘rgan ilmiy-ijodiy ishini qilishi uchun imkon yaratgan edilar. Shu 
sababli o‘g‘illari ham ota-ona tomonida turdilar‖ [1.73] yoki Shohruh Mirzo va 
Gavhar Shod begim bir yoqadan bosh chiqarib, hokimiyat jilovlarini mahkam 
tutganliklari, o‘g‘illarini insofu-adolat ruhida tarbiyalaganliklari uchun to‘rt o‘g‘ildan 
birortasi – na Ulug‘bek, na Ibrohim, na Boysunqur, na Jo‘qiy Mirzo – bir –biri bilan 
yovlashgan emas, ota-onalariga qarshi bosh ko‘targanlari ham yo‘q deb ta‘kidlangan 
[1.21]. 
Shohruh Mirzoning Gavharshod begimga aytgan gaplaridan ―... Yodingizda 
bormi, hazrat otam layoqatli nevaralar tarbiyasini kayvoni xotinlari Saroy Mulk 
xonimga topshirgan edilar. Rahmatlik Bibi Xonimni otam ―ona lochin‖ deb ulug‘lar 
edilar. ―Avlodlarimni lochinday yuksaklikka parvoz etadigan qilib tarbiyalang!‖ der 
edilar [1.22-23].
―Gavharshod begim har haftaning uch kunida shahzodalar bilan ikki soatdan 
mashg‘ulot o‘tkazadi. Mashg‘ulot Bog‘i Safedda, begimning katta xonayi xosida 
o‘tar, miz ustida ―Zafarnoma‖ ga o‘xshagan nodir qo‘lyozmalar turardi. Devorga 
xaritalar ham osib qo‘ydilardi. Gavharshod begim ko‘proq temuriylar tarixidan saboq 
berardi. Kitoblarda yozilgan voqyealarni o‘zi boshidan kechirgan yorqin hotiralar 
bilan boyitib, juda maroqli hikoyalar so‘zlab berardi [1.23].
Romanda Gavharshod begimning Buxoro safaridan qaytayotgan holatini 
yozuvchi quyidagicha tasvirlaydi: ―Samarqandga borgancha necha marta to‘xtagan 
bo‘lsalar hamma joyda Gavharshod begimni ―Maxdi Ulyo‖ – ―Avliyo ona‖ deb 
e‘zozlashar, xususan ayollar uning duosini olishga intilishar, begimning kiyimlariga 
tegib qolgan qo‘llarini ko‘zlariga surtib o‘pishar edi‖ [1. 34]. Shohruh Mirzo 
Gavharshod begimni davlat ishlariga yaxshi tushunadigan aqlli va ma‘rifatli ayol 
sifatida ham yaxshi ko‘rar, ba‘zi murakkab muammolarni hal qilishda begimning 
maslahatini olar edi‖ [1. 29 b]. Romanda Shoxruh Mirzoning Gavharshod begim 
bilan yangi kanallar, ariqlar qazdirish ishiga bosh bo‘lganligi, natijada asrlar 


333 
davomida qaqrab yotgan cho‘lu biyobonlar, bog‘-rog‘larga aylangani, bu esa 
xalqning turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilganligi quyidagi satrlarda o‘z 
ifodasini topgan. 
―Qadimgi Marv shahri Chingizxon davridan buyon qumlarga ko‘milib inson zoti 
yasholmaydigan xarobazorga aylanib qolgan edi. Bir yuzu sakson yil, ya‘ni salkam 
ikki asr kimsasiz yotgan Marv shahrini qayta tiriltirish uchun Chingizxon buzdirib 
tashlagan Murg‘ob daryosidagi to‘g‘onni qayta tiklash, qumga ko‘milib qolgan 
ariqlarni ochib, obihayot keltirish zarur edi . 
Shohrux Mirzo otasining saltanatini qayta tiklashga muyassar bo‘lgan milodiy 
1410 yilda Gavharshod begim unga Marvni eslatdi:
- Mirzacho‘lda shohariq qazdirganingiz uchun odamlar haligacha sizni duo 
qilar ekanlar. Mana hozir xudo sizga shunday ulug‘ saltanatni qaytarib berdi. Endi 
buyuk bir savob ish qilsangiz... 
- Yana qanday ish? 
- Hazratim, yana emas. Bu hali hyech kim qilmagan betakror jasorat bo‘lur. 
Qadimgi Marv shahrini qayta tiklash ... 
- Butun bir shaharni –ya? 
- Olimu muhandislar tarhini chizib menga ko‘rsatdilar. Mo‘ysafid yoshullilar 
ming - ming savobtalab odamlarni hasharga boshlab chiqmoqchilar. Murg‘ob 
daryosidagi buzilgan to‘g‘on qayta tiklansa, xalq o‘zi ariqlarni qumlardan tozalab 
olg‘ay. Suv borsa Marv qayta tirilgay! ...
Bu ulkan ishning boshida Shohruh Mirzoning o‘zi turibdi. U yo‘q paytda 
Gavharshod begim o‘g‘li Ulug‘bek Mirzo bilan barcha ishlarni boshqarib turdilar. 
Nihoyat, bahorda Navro‘zning dastlabki kunlarida to‘g‘on ishga tushdi, barcha 
ariqlarga suv keldi [1. 30-31].
Pirimqul Qodirov ―Yulduzli tunlar‖ romanida ham boburiy malikalarning 
kamtarligi, tadbirkorligi, aql-zakovati, matonati, ziyrakligi kabi insoniy fazilatlarni 
yorqin bo‘yoqlarda aks ettirgan. Xonzoda begim Bobur Mirzoning opasi bo‘lgan. 
1501-yilda 
Shayboniyxon 
Samarqandni 
egallab 
olgach, 
Xonzoda 
begim 
Shayboniyxon nikohiga kiradi. Shayboniyxon qatl qilingandan keyin Xonzodabegim
ukasi Bobur saroyiga keladi. Shox saroyida Xonzoda begim og‘ir va qiyin 
sharoitlarda ukasiga yordam beradi. Boburning boshiga og‘ir tashvishlar tushganda 
mehribon zot sifatida jigariga yelkadosh bo‘ladi. Xonzoda begim aql – farosati, 
irodaliligi, tadbirkorligi tufayli yuksak obro‘ga sazovor bo‘lgan. Ayniqsa uning 
obodonchilik ishlarini amalga oshirishdagi, shaxzodalar o‘rtasidagi toju –taxt 
talashishlarning, o‘zaro nizolarni bartaraf etishdagi xizmatlari tahsinga loyiq. 
Xonzoda begimning insoniy fazilatlari ―Yulduzli tunlar‖ romanida rang – barang 
bo‘yoqlarda o‘z aksini topgan: 
... Bobur Mirzoning opasi Xonzoda begim mulla Fazliddinni ko‘pdan beri 
hayratga solib keladi. Undan to‘rt yil muqaddam mulla Fazliddin Hirotdan kelib 
Umarshayx Mirzoning Andijondagi chorbog‘ida ko‘shk qura boshlagan kezlarida 
Xonzoda begim o‘n olti yoshda edi. Aslzoda qizlar orasida eng ko‘hligi bo‘lgan. 
Xonzoda begim bir marta erkakcha kiyinib, ot minib, inisining o‘smir mulozimlari 
bilan chavgon o‘ynagan. Mulla Fazliddin buni ko‘rib bir hayratga tushgan edi. 
Oradan ikki yil o‘tgach mulla Fazliddin Andijon arkidagi to‘rxonaning ba‘zi 


334 
naqshlarini yangilash uchun chaqirildi. Shunda o‘n sakkiz yoshli Xonzoda begimni 
ravonda kanizlar orasida setor chalib o‘tirgan paytida yana bir ko‘rdi – yu, o‘z 
ko‘zlariga zo‘rg‘a ishondi. Chunki bir vaqtlar yigitcha kiyinib chavgon o‘ynagan 
o‘sha qiz endi setorda shunchalik nafis shirali, mayin kuy chalar, uni o‘zi ham shu 
qadar nafosat bilan o‘tirar ediki, mulla Fazliddin beixtiyor uning sehriga berilib 
g‘alati bo‘lib ketdi.
Keyin mulla Fazliddin devorga xomaki naqsh chizayotganda Xonzoda begim 
uning oldiga kelib, ishini qiziqib tomosha qila boshladi. Mulla Fazliddinning 
qo‘lidagi pargor hayajonidan yerga tushib ketdi.
- Ajoyib naqsh chizgan edingiz, ko‘zim tegdimi, mavlono? – dedi Xonzoda 
begim aybni o‘ziga olganday bo‘lib. [2.76] 
Shuningdek, romanning yana bir sahifasida Xonzoda begim bilan bog‘liq 
jarayon quyidagicha tasvirlangan: 
... Amirzodam, - deb Boburning buvisi so‘nggi yillarda ancha bukchayib qolgan 
Eson Davlat begim gap boshladi: - Shayboniyxon sulx taklif qilib odam yubormish 
... Eson Davlat begim nomani Boburga uzatar ekan, uyalinqirab qo‘shib qo‘ydi:

Aslida bu noma Xonzoda begimning nomlariga kelmishdir.

Ajabo! - deb Bobur xatni jirkanibroq qo‘liga oldi... Anchadan keyin yashil 
qabo kiygan Xonzoda begim eshikdan motamsaro bir alfozda sekin kirib keldi. 
Bobur uni qarshisiga o‘tqazib, bir lahza yuziga tikilib turdi. 

Begim siz ... Shayboniyxon taklifiga rizolik bergan emishsiz. Shu rostmi? 

Rizo bo‘lmay ne ilojim bor?

Mening mag‘lubiyatim sizni ilojsiz qoldirgani rost. Lekin iningiz hali tirik. 
Men asir tushmoqchi emasman. Bir o‘lim bo‘lsa, hamma vaqt bor. Ajal yetmagan 
bo‘lsa sizlarni olib chiqib keturmiz. Kunim bitgan bo‘lsa ilkimda qilich bilan jon 
berurmen. Ana undan keyin rizolik bersangiz mayli. Unda hyech kim: ―O‘zi qolib 
egachisini qurbon qildi‖, - deyolmas. Menga bunday malomatdan o‘lim afzal. Rizo 
bo‘lmang!
Xonzoda begimning ko‘ziga yosh quyilib keldi. U Boburing yov xalqasini jang 
bilan yorib chiqib ketolmasligini bilardi. Bobur bir o‘limni astoydil bo‘yniga olib 
shunday deganini sezardi. U Boburni mana shu mardligi va dovyurakligi uchun ham 
jonidan ortiq ko‘rar, o‘zini yov qo‘liga tutqazib, ukasini naqd o‘limdan olib qolishini 
istardi.
Lekin u o‘zining bu niyatini Boburdan yashirishga majbur edi. Chunki Bobur
hozir o‘zi aytganday, opasini qurbon qilib qutilib ketish malomatidan o‘limni afzal 
ko‘rardi [1.248-252]. 
Bundan tashqari Pirimqul Qodirovning ―Humoyun va Akbar‖ (Avlodlar davoni) 
tarixiy romanida boburiy malikalarning ma‘naviy-axloqiy fazilatlari o‘z ifodasini 
topgan.
Hijriy 935 yilda Agraga ko‘chib kelgan Xonzoda begim o‘n yildan beri 
Hindistonda istiqomat qilayogan bo‘lsa ham, hanuzgacha bu yerdagi fasllaring 
g‘aroyibligiga o‘rganolmaydi... 
... Agradagi Zarafshon bog‘ida baland gulmohur daraxtlari bor...
Mana shu gulmohurlar yonidagi tillakori tolorda jussasi kichik bo‘lib qolgan 
Xonzoda begim xomush bir qiyofa bilan yolg‘iz o‘tiribdi...


335 
Begimning parishon nazari tushib turgan ko‘kalamzor maydonda esa bir to‘p 
otliq qizlar ―chavgon‖ (chavgon - ot minib o‘ynaladigan va ba‘zi jihatlari chim 
xokkeyni eslatadigan qadimiy o‘yin) o‘ynamoqda. Ular Xonzoda begimday mashhur 
kayvoni o‘yiniga qarab turganidan ruhlanib, jon jahdlari bilan chovgon to‘pini 
muxoliflar darvozasiga kiritishga intiladilar... 
Hindol Mirzoning yoshgina xotini Sultonim begim maydon atrofida saman otini 
yo‘rttirib o‘yinga hakamlik qiladi...
Tapir-tupur ot chopayotganlar - bo‘yi yetgan xushro‘y qizlar. Ularning orasida 
Gulbadan begim ham bor...
Bo‘z otliq qizlardan Hamida degani o‘yinchilar g‘ij-g‘ij bo‘lib turgan to‘daga 
o‘qday yorib kirdi-yu, jilovini qo‘yib yubordi. Chovgon cho‘pni ikki qo‘llab 
tutganicha, uzangiga oyog‘ini tiradi – da, uloqchilardek pastga engashdi. Bu qiz 
qoplon kabi chaqqonlik bilan to‘pni chavgoncho‘pga ilintirib to‘dadan olib 
chiqqanda, Xonzoda begimning zavqi kelib ―o‖ deb yubordi [2.5-7].
Bunday faktlarni asardan ko‘plab keltirish mumkin. Pirimqul Qodirovning qaysi 
bir tarixiy romanlariga murojaat qilmaylik temuriy malikalarning insoniyat tarixiga 
qo‘shgan hissalari, ko‘rsatgan jasoratlari davlatni boshqarishdagi maslahatlari, o‘zaro 
nizolarni oldini olishdagi harakatlari, oilaparvarligi, insoniy fazilatlari o‘z ifodasini 
topgan.
Talaba yoshlarning vazifasi ushbu mehr va muhabbat bilan yozilgan tarixiy 
asarlarni qayta-qayta mutoala qilishlari, ulardan tegishli saboq chiqarib olishlari, 
bugungi kunning muammolariga javob topish uchun ularni o‘rganishlari lozim.
Talaba yoshlarni jumladan, talaba qizlarni millatimiz nufuzini oshirish, urf-
odatlarimizga, milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashda temuriy 
malikalarning ma‘naviy merosidan foydalanish kelajak avlodlarimizning bunyodkori 
bo‘lgan ayol zotini qadrlashga, ularni sadoqatli, iymon-e‘tiqodli va mehr-oqibatli 
bo‘lishga undaydi.
Jismonan va ma‘nan sog‘lom farzandlar ham ana shunday onalardan tug‘iladi. 
Bunday farzandlar esa kelajakda millat va jamiyat manfaatlariga, O‘zbekistonday 
kelajagi buyuk mamlakatga xizmat qilishlariga xech shubha yo‘q. 

Download 7,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish