~ 67 ~
ko‗rsatkichlar, hududni ko‗kalamzorlashtirish bo‗yicha asosiy rejaviy yechimlar,
tadbirlar va boshqa materiallarni o‗z ichiga oladi.
3.
Texnologik yechimlar
– ishlab chiqarish texnologiyasi, mahsulotlarni
tayyorlash uchun zarur bo‗lgan mehnat sig‗imi xarakteristikalari, mahsulotlar sifatini
nazorat qilishni tashkil etish bo‗yicha takliflar, texnologik jarayonlarning yoqilg‗i-
energetik va moddiy balanslari, atrof-muhitga zararli moddalarni chiqarishni bartaraf
etish bo‗yicha texnik yechimlar keltiriladi va h.k.
4.
Ishlab chiqarish, korxonani boshqarish hamda ishchi va xizmatchilar uchun
barcha zarur bo„lgan sharoitlarni yaratishni tashkil etish va ularning mehnatini
muhofaza qilish
korxonani boshqari tashkiliy – funksional tuzilmasining tahlilini,
boshqarishning avtomatik tizimi (BAT), ishchi o‗rinlari
soni va jihozlar bilan
ta‘minlanganligi, ishchi – xodimlar mehnat qilishlari uchun sanitariya-gigienik
sharoitlarning yaratilganligi, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi
bo‗yicha chora – tadbirlarni o‗z tarkibiga kiritadi.
5. ―Arxitekturaviy – qurilish yechimlari‖ bo‗limiga qurilish maydonining
injener – geologik, gidrogeologik sharoitlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar, arxitekturaviy
– qurilish yechimlarining va ishlab chiqarish shovqinlarini va tebranishlarni
pasaytirish bo‗yicha chora – tadbirlarning asoslanishi kiradi va h.k.
6.
Injenerlik tarmoqlari va tizimlari, jihozlari
bo‗limida suv ta‘minoti,
kanalizatsiya, isitish tarmog‗i, shamollatish bo‗yicha yechimlar keltiriladi va h.k.
7.
“Qurilishni tashkil etish”
bo‗limida QMKga muvofiq ravishda ―Qurilish
ishlab chiqarishini tashkil etish‖ (QITE) ishlab chiqiladi va unda ob‘yektni
tiklash
jarayonida resurslardan (shu bilan bir qatorda vaqt resurslaridan ham) foydalanish
prinsiplari tavsiflanadi.
QITE tarkibiy qismlari – qurilish bosh rejasi va qurilish kalendar rejasidan
iborat bo‗ladi. QITEda qurilishni materiallar, konstruksiyalar, yarimfabrikatlar,
detallar, buyumlar, qurilish mashinalari hamda transport vositalari bilan ta‘minlash
manbalariga doir savol va masalalar echiladi. Bunda butun qurilish bo‗yicha qurilish
ishlab chiqarishi hajmlari mavjud bo‗lgan resurslar bilan solishtiriladi. Agar
korxonaning ishlab chiqarish quvvtlari etarli bo‗lmasa, u holda ularni oshirish
bo‗yicha chora – tadbirlar ishlab chiqiladi.
Qurilishni tashkil etish loyihasi ob‘yektlar qurilishi
kalendar rejasi va asosiy
qurilish – montaj ishlarini ishlab chiqarish metodlarini o‗z ichiga oladi, pudratchi
qurilish tashkilotlar tarkibi, ularni boshqarish tizimi, qurilishni amalga oshirish
jarayonida ularni rivojlantirish yo‗llarini aniqlab beradi.
8. ―Atrof – muhitni muhofaza qilish‖ bo‗limida ob‘yektni qurish jarayonida
ham keyingi ekspluatatsiya jarayonida ham atrofdagi tabiiy muhitga ko‗rastiladigan
zararli ta‘sirni kamaytirish va bartaraf etish bo‗yicha chora – tadbirlar keltiriladi.
9.
Fuqaro mudofasi bo„yicha injener – texnik tadbirlar
aholi va hududni tabiiy
ofatlardan hamda texnogen xarakterli favqulodda vaziyatlardan himoya qilish
bo‗yicha tadbirlarni o‗z tarkibiga kiritadi.
10. ―Smeta hujjatlari‖ bo‗limi qurilish tannarxining
jamlangan smeta
hisoblarini, zarur bo‗lgan hollarda sarf – xarajatlar jamlamasini, ob‘yektli va lokalli
smeta hisoblari, alohida turdagi sarf-xarajatlar va shu bilan birgalikda tadqiqot ishlari
~ 68 ~
hamda loyihalash ishlari bahosini ham o‗zida mujassam etadi. Smeta hujjatlarida
qurilishning smetaviy narxini ikkita narx bo‗yicha: bazisli va oldindan (yoki
bashoratli) baholash tavsiya etiladi. Bazisli va bashoratli narxlar asosida
buyurtmachilar va pudratchilar qurilish mahsulotlariga qo‗yiladigan jamlanma
(shartnomali) narxlarni shakllantiradilar.
11.
“Investitsiyalar samaradorligi”
bo‗limida investitsiyalarni asoslash vaqtida
o‗rnatilgan kapital mablag‗lar samaradoligini baholash aniqlanadi.
Loyiha (texnik loyiha)da, qoidaga ko‗ra, qurilishni bajarishga jalb qilish va uni
amalga oshirish bo‗yicha savdolashish e‘loni uchun tenderli hujjat ishlab chiqiladi.
Texnik loyiha, qoidaga ko‗ra, ekspertizadan o‗tkaziladi. Aksariyat hollarda
buyurtmachi yirik va murakkab ob‘yektlarni ekspertizadan o‗tkazish uchun tender
e‘lon qiladi. Ekspertiza jarayonida ishlab chiqilgan
loyihaning loyihalash uchun
taqdim etilgan texnik topshiriqqa muvofiq kelishi tekshiriladi, ilg‗or taraqqiyot
natijalaridan foydalanganlik darajasi va loyihaviy yechimlarning yangligi tahlil
qilinadi, kapital mablag‗lar iqtisodiy samaradorligining to‗g‗ri baholanganligi
tekshiriladi, qabul qilingan loyihaviy yechimlar mamlakatdagi va xorijdagi eng
yaxshi loyihalar bilan solishtiriladi. Inshootning xavfsizligi bilan bog‗liq bo‗lgan
masalalar yechimlariga alohida e‘tibor qaratilishi taqoza etiladi.
Ekspertiza yakunlangandan keyin ekspertiza xulosasi loyihalovchiga beriladi.
Loyihachi ekspertlar tomonidan ko‗rsatilgan kamchiliklarni o‗rganib chiqqandan
keyin buyurtmachi bilan birgalikda loyihani to‗ldirish va unga o‗zgartirishlar kiritish
to‗g‗risida qaror qabul qiladi. Undan so‗ng loyiha tasdiqlanadi va buyurtmachi
ob‘yekt qurilishi uchun tender e‘lon qilish
haqida qaror qabul qiladi, shu asosda
pudratchi qurilish tashkiloti aniqlanadi.
Xalqaro amaliyot va amaldagi tavsiyalarga muvofiq ob‘yekt qurilishiga tegishli
bo‗lgan ishchi hujjatlar buyurtmachi tomonidan ishlab chiqiladi yoki uning
(buyurtmachining) qarori bilan ishchi hujjatlarning kontrakt asosida tuzilishi
ixtisoslashgan loyiha – ilmiy tekshirish tashkilotlariga topshiriladi.
Ishchi chizmalarni tuzishda texnik loyihadagi texnik-iqtisodiy ko‗rsatkichlarni
pasaytiradigan, ishchi – xizmatchilarning mehnat qilish sharoitlariga salbiy ta‘sir
ko‗rsatadigan yechimlar yoki inshootning xavfsizlik darajasini pasaytiradigan
yechimlarni qabul qilish taqiqlanadi.
Ishchi chizmalar kelishuv, ekspertiza va tasdiqlashga topshirilmaydi. Ishchi
chizmalar qurilayotgan korxona bosh injeneri yoki amaldagi korxona kapital qurilishi
boshqarmasining bosh injeneri imzosi bilan to‗g‗ridan – to‗g‗ri ishlarni bajarishga
tadbiq etiladi.
Ishchi loyihalarni tuzish bosqichida qurilish tashkiloti odatda o‗zining
xusuiy
kuchlari orqali ishlarni ishlab chiqarish loyihasini (IIL) ishlab chiqadi, unda ishlarni
ishlab chiqarish metodlari va ob‘yektni qurish uchun zarur bo‗lgan resurslar
aniqlanadi.
Ishlarni ishlab chiqarish muddatlari moddiy-texnika resurslarining hajmi va
ularning o‗z vaqtida etkazilib berilishiga bog‗liq bo‗ladi. Bu savollar ishlarni ishlab
chiqarish va resurslarning ob‘yektga etkazilish grafigini tuzish vaqtida echiladi.
Qurilish maydonini zarur bo‗lgan material resurslari bilan minimal ravishda
~ 69 ~
ta‘minlashdan kelib chiqqan holda qurilish materiallarini ob‘yektga etkazish grafigi
tuziladi.
Ob‘yektning bosh qurilish rejasi ham ishlarni ishlab chiqarish va qurilayotgan
ob‘yektni resurslar bilan ta‘minlash singari IILning muhim tarkibiy qismlaridan biri
deb hisoblanadi, unda qurilayotgan bino va inshoot oldindan mavjud bo‗lgan doimiy
va inventar binolarning joylashish o‗rni ko‗rsatiladi. Qurilishning bosh rejasi qurilish
maydoni hududidan oqilona foydalanishni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Ishlab chiqarish–maishiy xonalarining soni va ularni joylashtirish tartibi sanitariya
me‘yorlarini qoniqtirishi zarur va ishchilarning qurilish maydoni hududi bo‗yicha
ortiqcha yurishlariga yo‗l qo‗ymasligi lozim. Injenerlik kommunikatsiyalari trassalari
va yo‗llar minimal uzunlikka ega bo‗lishi kerak. Qurilish mashinalarini shunday
joylashtirish taqoza etiladiki (texnika xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda),
bunda ishlab chiqarishni oqilona ishlangan texnologiya bilan ta‘minlash talab etiladi.
Loyihalash bir bosqichda olib borilayotganda texnik-ishchi
loyiha formatida
tasdiqlanadigan qism va ishchi chizmalar ajratilib ko‗rsatiladi. Tasdiqlanadigan
qismning kelishuvi va tasdiqdan o‗tkazilish tartibi texnik loyihani kelishish hamda
tasdiqlash protseduralariga o‗xshash bo‗ladi.
Ishchi hujjatlar lokalli smetalar, qurilish materiallariga bo‗lgan ehtiyoj
bayonnomalari, jihozlar spetsifikatsiyalari, ishlarni ishlab chiqarishga qo‗yiladigan
talablarni o‗z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: