Savdo–sotiq bozorlari
– savdo – sotiq bilan shug‗ullanayotgan mavjud
bozorlarni tahlil qilish, ta‘sir o‗tkazish doirasini kengaytirish bo‗yicha takliflar
keltiriladi. Iste‘molchilarni, ularning talab – ehtiyojlarini aniqlash va ularga
mahsulotlarni qanday qilib etkazish eng muhim omillar bo‗lib hisoblanadi.
Buyurtmachini yaxshi tushunmasdan turib, mahsulotlar, ishlar va ko‗rsatilayotgan
xizmatlarning kuchli va zaif tomonlarini baholash ancha qiyin bo‗ladi.
Savdo-sotiq bozoridagi raqobat –
kon‘yunktura, raqobatchilar, ularning
strategiyasi va qurilish mahsulotlari bozoridagi taktikasi, tashkilotlar soni, qurilish –
montaj va boshqa ishlarni bajarish bo‗yicha ko‗rsatiladigan xizmatlar haqidagi
ma‘lumotlar tahlilini o‗z ichiga oladi.
Marketing rejasi
marketing, narxlarni hosil qilish (narxlarni belgilash)ning
~ 63 ~
maqsad va strategiyasini, ishlar va xizmatlarni taqsimlash sxemasini o‗zida mujassam
etadi, reklama va jamoatning fikrini shakllantirishga oid savollarni echadi.
Ishlab chiqarish rejasi
bo‗lajak qurilish ob‘yektining ishlab chiqarish quvvati
to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni o‗z ichiga oladi. Agar so‗z qurilish tashkiloti haqida
yuritilayotgan bo‗lsa, u holda unda qurilish tashkilotining quvvati, uning asosiy
ishlab chiqarish jamg‗armalari, tashkilot salohiyati to‗g‗risidagi ma‘lumotlar
keltiriladi. Bosh vazifa – buyurtmachilarga o‗zini salohiyatli qilib ko‗rsatish, ya‘ni
taklif etilayotgan ish hajmlarini tashkilot zarur bo‗lgan muddatlarda va talab
etiladigan sifatda bajara olishga qodir ekanligini namoyon eta bilish.
Tashkiliy reja –
pudratli firma tashkiliy strukturasi va uning personali: tarkibi,
yoshi, ma‘lumoti, ish tajribasi; ishchi kuchi, moddiy sharoitlari, kadrlar siyosati va
shu kabi ma‘lumotlarni o‗z ichiga kiritadi. Agar so‗z qurilayotgan ob‘yekt, korxona
haqida borayotgan bo‗lsa, u holda ham xuddi shunday ma‘lumotlar keltiriladi.
Huquqiy ta‟minlanganlik.
Qurilish – montaj va loyihalash firmalari uchun
ularning tuzilgan sanasi ko‗rsatiladi, ro‗yxatdan o‗tganligi to‗g‗risida ma‘lumotlar,
muassislik hujjatlari, faoliyat yuritishni asoslovchi guvohnomaning raqami
(litsenziyaning nomeri), mulkchilik shakli, boshqa tashkilotlar bilan ishlash
to‗g‗risidagi shartnomalar yoki taqrizlarning nusxalari keltiriladi.
Xavf – xatrga borish (tavakkal qilish) va sug„urtlashning baholanishida –
xavf-
xatar darajasi va berilgan korxonada ishlab chiqarishga ishtirok etishining maqsadga
muvofiqligi aniqlanadi, qurilish ob‘yektlari, ishlarning bajarilishi va xizmatlar
ko‗rsatilishini sug‗urtalashga doir savollar ko‗rib chiqladi.
Moliyaviy reja
– bajarilgan ishlar hajmi, foyda, tannarx, daromadlar va
xarajatlar, pul mablag‗larining aylanishi, moliyaviy muvozanatni o‗z ichiga oladi.
Moliyalashtirish strategiyasi –
quyidagi ma‘lumotlar: loyihani amalga oshirish
uchun qancha mablag‗ kerak bo‗ladi, kreditni qaerdan va qanday shaklda olish
mumkin, kreditning shartlari, sarflangan mablag‗lar qanday muddatda qoplanishi
mumkinligini o‗zida mujassamlaydi.
Ishlab chiqilgan biznes – reja natijalari asosida buyurtmachi bo‗lajak qurilish
ob‘yektining berilgan rayonda qurilishi ko‗zda tutilayotganligi to‗g‗risidagi arznoma
bilan mahalliy hokimiyat organlariga murojaat qiladi. Qurilishi ko‗zda tutilayotgan
ishlab chiqarish ob‘yektlari to‗g‗risidagi arznomada korxona to‗g‗risidagi texnik va
texnologik ma‘lumotlar, ishchilar va xizmatchilarning taqribiy soni, korxonaning
xom - ashyo va materiallar, energiya resurslari, suv, yer resurslariga bo‗lgan taxminiy
ehtiyoji, korxonaning atrof-muhit va ekologik vaziyatga ko‗rsatadigan ehtimoliy
ta‘siri to‗g‗risidagi tushunchalar, ishchi- xizmatchilar hamda ularning oilalari, ularni
turar-joy, madaniy va maishiy xizmatlar ko‗rsatadigan ob‘yektlar bilan ta‘minlay
olishi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar keltiriladi. Qurilishi ko‗zda tutilayotgan ob‘yekt
to‗g‗risidagi arznoma moliyalashtirish manbalari va tayyor mahsulotdan
foydalanishga oid ma‘lumotlarni ham o‗zida mujassam etadi.
Qurilishi ko‗zda tutilayotgan ob‘yekt to‗g‗risidagi arznoma to‗g‗risida ijobiy
xulosa olingandan so‗ng buyurtmachi qurilishga ajratiladigan investitsiyalarni texnik
- iqtisodiy jihatdan asoslashni ishlab chiqishga kirishadi. Investitsiyalarni texnik–
iqtisodiy jihatdan asoslash xo‗jalikning zarur ekanligi, investitsiyalarning texnik
~ 64 ~
imkoniyatlari, tijorat, iqtisodiy va ijtimoiy nuqtai- nazardan maqsadga muvofiqligi
haqida qaror qabul qilish maqsadida olib boriladi.
Qurilish investitsiyalari
Do'stlaringiz bilan baham: |