O„zbekiston respublikasi qurilish vazirligi samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti


 Loyihalash bosqichlari va loyiha hujjatlarining tarkibi



Download 2,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/103
Sana30.05.2023
Hajmi2,31 Mb.
#946288
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   103
Bog'liq
13f802c374a4712168e6b21f02190ca4 tarmoq iqtisodiyoti (3)

 
5.2. Loyihalash bosqichlari va loyiha hujjatlarining tarkibi 
Yirik murakkab sanoat ob‘yektlari va komplekslari bo‗yicha loyiha -ilmiy 
izlanish ishlari odatda ettita xarakterli bosqichlarda olib boriladi:
-
muammoli izlanishlar yoki mavjud bo‗lgan muammolar yechimini topish 
bo‗yicha olib boriladigan izlanishlar; 
-
biznes – reja ishlab chiqish; 
-
investitsiyalarni texnik - iqtisodiy asoslash; 
-
qurilish uchun qurilish maydonini tanlash va tasdiqlash; 
-
loyihalash uchun topshiriqni ishlab chiqish va uni loyihalashga taqdim 
etish; 
-
injenerlik qidiruv va izlanishlarni olib borish; 
-
loyihalashtirish. 
Loyihalash – ilmiy izlanishlarni bajarishga buyurtmachi albatta, qoidaga ko‗ra, 
ixtisoslashgan loyihalash – ilmiy –tekshirish firmalarini jalb qiladi. Ixtisoslashgan 
loyihalash – ilmiy –tekshirish firmalarini tanlash savdolashish e‘lonini tarqatish 
orqali amalga oshiriladi. 
Muammoli izlanishlar – 
faqat yirik va murakkab ob‘yektlarni loyihalashda olib 
boriladi va ular biznes – rejani ishlab chiqish hamda investitsiyalarni texnik – 
iqtisodiy asoslash uchun zarur bo‗lan boshlang‗ich ma‘lumotlarni olishga 
yo‗naltiriladi. 


~ 62 ~ 
Biznes–reja – 
qurilish ob‘yektining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini 
asoslab beradigan hujjat, shuningdek, bu hujjat tadbirkorlik faoliyati sferasida 
ishtirok etishning maqsadga muvofiq ekanligini baholashda ham ishlab chiqiladi. 
Shular bilan bir qatorda bu hujjat nima ishlab chiqarish kerak, ishlab chiqariladigan 
tovarning raqobatbardoshligi qanday qilib oshiriladi, qanday kreditlar zarur bo‗ladi 
va ularni qachon olish kerak hamda ularni qaytarishning imkoni bormi, tovar ishlab 
chiqarishni ilgari surish uchun qanday sheriklar kerak bo‗ladi va shu kabi savollarga 
beriladigan javoblarni o‗z ichiga oladi. Biznes-reja qurilish ob‘yekti iqtisodiy 
samaradorligi – o‗zini oqlash muddati, olinadigan daromadning miqdori, korxona 
mahsulotlarini sotish yo‗llari to‗g‗risidagi tasavvurlarni ham beradi. 
Biznes-reja bozor, uning sig‗imi, muhitning raqobatlilik darajasi, narxlarning 
dinamikasini o‗rganish natijalarini o‗z ichiga oladi va bo‗lajak buyurtmachilar hamda 
investorlar bilan muzokaralar olib borishda asos bo‗lib xizmat qiladi. U quriladigan 
ob‘yektning raqobatli muhit sharoitlarida hayotiyligini aniqlash imkonini beradi, 
ishlab chiqarishning qanday qilib rivojlana olishiga oid tavsiyalarni o‗zida mujassam 
etadi, tashqi investorlardan moliyaviy yordam olish uchun asos bo‗lib xizmat qiladi. 
Biznes-reja odatda quyidagi bo‗limlardan tashkil topadi: 
taqriz,
unda ob‘yektning qanday vazifani bajarishga mo‗ljallanganligi, 
yangidan yaratiladigan korxona nimani va nimaning hisobiga tovar ishlab chiqarishga 
intilayotganligi, ishlab chiqariladigan tovar raqobatchilarnikidan nimasi bilan farq 
qilishi va nima uchun iste‘molchilar aynan shu tovarni sotib olishni istayotganliklari 
ko‗rsatiladi. Taqrizda kelgusida amalga oshiriladigan ishlardan qanday asosiy 
moliyaviy natijalar: sotiladigan tovarlarning hajmini bashorat qilish, olinadigan 
foyda, ishlab chiqarishga sarflanadigan mablag‗lar, umumiy daromad va foyda 
olishning darajasi hamda rentabellik, shuningdek, bankdan olingan kreditni qaytarish 
muddati va shu kabilar beriladi. 
Tovarlar (ishlar va xizmatlar) turi
– mavjud bo‗lgan, ya‘ni oldindan ishlab 
chiqarilayotgan va yangi tovarlar nomenklaturasi, ko‗satiladigan ishlar va xizmatlar, 
ishlarni ishlab chiqarish texnologiyasining ustunligi nimadan iborat ekanligi 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni o‗zida mujassamlashtiradi. Agar bu qurilish yoki 
loyihalash – ilmiy tekshirish tashkilotiga tegishli bo‗lsa, u holda bu qurilish yoki 
loyihalash – ilmiy tekshirish tashkiloti qanday salohiyatga ega ekanligi e‘tiborga 
olinadi. 

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish