O„zbekiston respublikasi qurilish vazirligi samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti



Download 2,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/103
Sana30.05.2023
Hajmi2,31 Mb.
#946288
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103
Bog'liq
13f802c374a4712168e6b21f02190ca4 tarmoq iqtisodiyoti (3)

ikkinchi bosqich 
ishlari – ob‘yekt qurilishi investitsiyasining texnik – 
iqtisodiy asosini ishlab chiqishga kirishadi. Bu bosqichda zarur bo‗lgan injenerlik 
qidiruvlar olib borish bilan injenerlik ayniqsa iqtisodiy va smeta – moliya savollari 
ancha chuqur o‗rganiladi. Investitsiyalarni texnik – iqtisodiy asoslash natijalari 
bo‗yicha qurilishning maqsadga muvofiqligi va loyihalashni – texnik loyihani 
(loyihani) ishlab chiqish to‗g‗risida qaror qabul qilinadi. 
Loyihalash jarayoni davomiyligi loyihalashdan boshlab qurilish boshlanishiga 
qadar o‗rta va nisbatan katta ob‘yektlar bo‗yicha 5 yildan 10 yilgacha davom etishi 
mumkin; alohida murakkab va yirik ob‘yektlar bo‗yicha loyihalash – ilmiy–tadqiqot 
ishlarining davomiyligi undan ham ko‗p bo‗lishi mumkin. Bunday muddatda vaziyat 
loyihani ishlab chiqishning boshida qabul qilingan o‗sha paytdagi fan va texnikaning 
oxirgi yutug‗lariga asoslangan injenerlik yechimlarning ob‘yektni foydalanishga 
tushirish vaqtiga kelib shunchaki eskirib qolishiga olib keladi. Shu tufayli sanoat 
korxonalarining loyihalarida fan va texnikaning eng yangi yutug‗lari, ishlab 
chiqarishning ilg‗or texnologiyasi, eng yangi yuqori ishlab chiqarish unumdorligiga 
ega bo‗lgan vositalar (jihozlar)dan, qurilmalar, agregatlar, ishlarni kompleksli 
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishdan to‗liq foydalanish, resurslarning barcha 
turlaridan va chiqindi chiqarmaydigan texnologiyalardan oqilona foydalanishni 
ko‗zda tutish taqoza etiladi. Shahar va qishloqlarda quriladigan yangi fuqaro – 
yashash ob‘yektlarini loyihalashda yashash uchun barcha qulayliklarni yaratish va 
aholiga maksimal xizmat ko‗rsatishni ko‗zda tutish talab etiladi. Qishloq xo‗jaligi 
mahsulotlarini ishlab chiqaradigan korxonalarni loyihalashda sanoat asosidagi ishlab 
chiqarishni tashkil etish, tez bo‗ziladigan mahsulotlar (sabzavotlar, mevalar)ni qayta 
ishlashga asoslangan yirik mexanizatsiyalashgan, ixtisoslashgan komplekslarni 
yaratish vazifasi asosiy maqsadlardan biri sifatida namoyon bo‗ladi. 
Sanoat va qishloq xo‗jaligi korxonalari, tarar - joy, jamoat va fuqaro binolari 
loyihalarida ularning tashqi qiyofasiga katta e‘tibor qaratiladi, chunki yangi ob‘yektni 
joylashtirish bilan nafaqat iqtisodiy samara olinishi, balki ijtimoiy va shaharsozlik 
bo‗yicha ham samara olinishi lozim. yerdan oqilona foydalanish va atrof – muhitni 
muhofaza qilishga alohida e‘tibor ajratiladi. 
Loyihaning sifati nafaqat ilg‗or texnik yechimlar bilan, balki smeta 
hujjatlarining to‗g‗ri bajarilganligi bilan ham aniqlanadi. Loyihalanayotgan ob‘yekt 
texnik – iqtisodiy ko‗rsatkichlarini va qurilishni rejalashtirish hamda moliyalashtirish, 
qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish, qurilish – montaj tashkilotlarida iqtisodiy 
ishlarni olib borish va ular ishini nazorat qilish uchun qurilishining maqsadga 
muvofiqligini aniqlashda smetadan foydalaniladi. Qurilishda ishlab chiqarishning 
borishi va qurilish iqtisodiy samaradorligi ko‗p jihatdan quriladigan ob‘yektlarning 
smetali narxini to‗g‗ri aniqlashga bog‗liq bo‗ladi. 
Loyihalar texnik darajasi bilan qurilish – montaj tashkilotlarida mehnat 
unumdorligi o‗sishining jadalligi hamda materiallar va konstruksiyalar ishlab 
chiqaradigan sanoat korxonalarining ish samaradorligi shart –sharoitlanadi. 


~ 61 ~ 
Loyihalarda binolarning maksimal darajadagi ixchamligi va unifikatsiyasi 
ko‗zda tutilmog‗i lozim, lekin bunda ularning arxitekturaviy mazmuniga zarar 
etmasiligi, mavjud mexanizatsiya vositalarini hisobga olgan holda konstruksiyalarni 
yiriklashtirish, loyihaviy yechimlarning texnologikligiga, yuqori ish unumdorligiga 
ega bo‗lgan texnikalardan foydalanishga to‗sqinlik bo‗lmasligiga e‘tibo qaratilishi 
talab etiladi. Loyihalarda qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish va rejalashtirish 
uchun zarur bo‗lgan barcha ma‘lumotlar (ishlarning hajmlari, materiallar, 
konstruksiyalar, mashinalar, mehnat rusurslari, transport vositalariga bo‗lgan ehtiyoj 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar) aks ettirilmog‗i taqoza etiladi. Loyihada buyumlar, detallar 
va konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi korxonalarning manfaatlarini ham hisobga 
olish lozimdir. Qo‗llaniladigan yig‗ma elementlarning tipli o‗lchamlari va markalari 
loyihalarda minimal beriladi. Bu esa zavodlarda oqimli liniyalarni o‗zgartirishning 
oldini oladi. SHunday qilib, loyihalashtirish texnikaviy taraqqiyotning yuksalishi 
bilan birgalikda rivojlanadi. 
Loyihalar katta hajmdagi izlanishlar, grafik va hisoblash materiallariga ega 
bo‗ladi. Loyihalashtirish jarayonida, ayniqsa yirik va murakkab ob‘yektlarni 
loyihalash bo‗yicha modelli izlanishlar, ko‗p sonli kelishuvlar, ekspertiza olib 
boriladi va tugallangan texnik hujjatlar tasdiqlanadi. 
Bu bosqichlarning barchasi albatta ko‗p mehnat va vaqt talab qiladi, shu 
sababli loyihalash va ilmiy izlanish ishlari qurilish ishlab chiqarilishi ishlaridan ancha 
avvalroq olib borilmog‗i kerak. Faqat shunday bo‗lgandagina qurilish dasturining 
zaruriy va sifatli texnik hujjatlarini o‗z vaqtida ta‘minlash mumkin. 

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish