O„zbekiston respublikasi qurilish vazirligi samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti



Download 2,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/103
Sana30.05.2023
Hajmi2,31 Mb.
#946288
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   103
Bog'liq
13f802c374a4712168e6b21f02190ca4 tarmoq iqtisodiyoti (3)

 texnik–iqtisodiy asosi (TIA) 
muhim hujjat hisoblanadi, 
uning asosida qurilishi ko‗zda tutilayotgan ob‘yektni qurish va texnik loyihani ishlab 
chiqish uchun prinsipial qarorlar qabul qilinadi. 
Investitsiyalar TIAni ishlab chiqishda marketing, talab va ehtiyojga oid bo‗lgan 
savollar bo‗yicha narx, inflyasiya, ishbilarmonlik faolligini hisobga olgan holda 
ancha chuqur izlanishlar olib boriladi, shuningdek, bozor kon‘yunkturasini oldindan 
tahlil va bashorat qilish asosida mahsulotlarni sotish siyosati ancha puxta asoslab 
beriladi, mahsulotlar savdo-sotig‗ini rag‗batlantirish bo‗yicha chora – tadbirlar ishlab 
chiqiladi, tashqi bozor uchun ham shu xuddi shunday ishlar amalga oshiriladi va h.k. 
SHu bilan bir qatorda, asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlar texnologiyasi ham 
ancha chuqur asoslab beriladi, bo‗lajak korxonaning resurslar bilan ta‘minlanishi 
yuqori darajadagi puxtalik bilan tahlil qilinadi. 
Investitsiyalar TIA tarkibiga qurilish ob‘yektining joylashish o‗rnini asoslashga 
doir ma‘lumotlar: transport kommunikatsiyalari, injenerlik tarmoqlari, ishlab 
chiqarish va ijtimoiy infrastruktura ob‘yektlari, mahsulotlarni sotish bozorining 
mavjudligi kiradi. Bu bo‗lim hajmiy - rejaviy va konstruktiv savollar bo‗yicha 
prinsipial yechimlar: qurilishning muddati va ketma-ketligi, qurilishni tashkil etish 
hamda uning texnologiyasi bo‗yicha umumiy holatlar, energiya gaz ta‘minoti 
yechimlarini o‗z ichiga oladi. Atrofdagi tabiiy muhitga ko‗rsatiladigan ta‘sir xarakteri 
baholanadi, mehnat va moddiy – texnik resurslarga bo‗lgan ehtiyojlar, asosiy texnik –
iqtisodiy ko‗rsatkichlar va investitsiyalarning smaradorligi aniqlanadi, buyurtmachi 
tomonidan mamlakatda va xorijda qurilgan ob‘yektlarning ularga o‗xshash bo‗lgan 
ob‘yektlarga nisbatan texnik – iqtisodiy ko‗rsatkichlari qiyoslangan holda tahlil 
qilinadi. 
Investitsiyalar TIAni ishlab chiqishda, qoidaga ko‗ra, qurilish ob‘yektining bir 
nechta variantlari ko‗rib chiqiladi. Har bir variant bo‗yicha narxning eng yirik 
ko‗rsatkichlari bo‗yicha kapital mablag‗lar hajmi (K), mahsulotning tannarxi (T), 
solmishtirma kapital mablag‗lar, xom – ashyolar, yoqilg‗i, elektroenergiyaning 
solishtirma sarfi, ishlayotgan ishchi – xodimlarning soni, mehnat unumdorligi 
aniqlanadi. 
Investitsiyalar TIA bo‗limlarining nomlari biznes–reja bo‗limlarining 
nomlariga etarli darajada yaqin bo‗ladi, lekin ular mazmun – mohiyati bo‗yicha 
iqtisodiy jihatdan chuqur ishlanishi singari, injenerlik yechimlari bo‗yicha ham 
biznes – reja bo‗limlaridan farq qiladi. Agar biznes-reja investitsiyalar TIA ishlab 
chiqilgandan keyin ishlab chiqilgan vaziyatlarda investitsiyalar TIA materiallari 
biznes-rejani ishlab chiqish uchun xizmat qiladi. Biznes - reja bunday holatda 
korxonaning pul to‗lay olish qodirligi va moliyaviy ustuvorligini tasdiqlash 
maqsadida shakllantiriladi. 
Investitsiyalar TIA davlat ekspertiza xulosalari va ob‘yekt quriladigan joyning 
ijro hokimiyati organi tomonidan kelishilganligi to‗g‗risidagi qaror asosida 
tasdiqlanadi. Ob‘yektning joylashish o‗rnini tanlash qurilish uchun maydon tanlash 
dalolatnomasi orqali rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi. Tasdiqlangan investitsiyalar


~ 65 ~ 
TIA va maydon tanlash dalolatnomasi loyihalashning keyingi bosqichi – loyiha 
(texnik loyiha)ga o‗tish imkonini beradi. 
Texnik topshiriqning ishlab chiqilishi va uning loyihalashtirishga taqdim 
etilishidan keyin loyihani ishlab chiqishga kirishiladi.
Texnik topshiriqning 
loyihalashtirishga berilishi buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. Lekin 
buyutmachi topshiriqni tuzish uchun etarlicha saviyaga ega emasligi tufayli uni tuzish 
uchun loyihalash yoki injiniring firmasini jalb etadi. Texnik topshiriq loyilash ishlari 
uchun tuzilgan har qanday shartnoma (kontrakt)ning ajralmas qismi deb hisoblanadi. 
Sanoat ob‘yektini loyihalash uchun taqdim etilgan topshiriq qurilish rayoni, 
punkti va maydoni, mahsulotning tavsifi, uning nomenklaturasi va ishlab chiqarish 
quvvati, texnologik jarayonlar va jihozlarga asoslangan ixtisoslashtirish va 
koopiratsiyalash, xom – ashyolar, suv, yoqilg‗i, gaz va elektr energiyasi bilan 
ta‘minlaydigan manbalar, oqava suvlarni tozalash va oqizib yuborish sharoitlari, 
tayyor mahsulotlarni iste‘mol qiladigan rayonlar, qurilish mudduti va quvvatlarni 
ishga tushirish ketma – ketligi, kapital mablag‗larning taxminiy miqdori, yashash – 
fuqaro qurilishining hajmi va uni joylashtirish to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni o‗z ichiga 
oladi. 
O‗rnatilgan amaliyotga ko‗ra texnik loyihani ishlab chiqishga qadar bajarilgan 
loyihalash, qidiruv va tekshirish ishlarini loyihalash oldi bosqichi deb hisoblash qabul 
qilingan. Loyihalashning bevosita bosqichi texnik loyihani ishlab chiqish bilan 
boshlanadi. 
Loyihalashga topshiriqni tayyorlashda 

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish