Buxoro davlat muzey-qo’riqxonasi fondlarida saqlanadigan ashyolar



Download 17,59 Kb.
Sana22.08.2021
Hajmi17,59 Kb.
#153390
Bog'liq
Buxoro davlat muzey qo'riqxonasi fondlaridagi ashyolar1


Buxoro davlat muzey-qo’riqxonasi fondlarida saqlanadigan ashyolar

(Buxoro amirligi tarixini o’rganish bo’yicha manba sifatida //

Jamlanmalarning umumiy tavsifi)
Kurbanov Behruz Golibovich

BDU Buxoro tarixi kafedrasi o’qituvchisi

Ismoilov Shaxzod Ismatullo o’g’li

BDU Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy

tadqiqot usullari 1-kurs magistranti

shaxzodismoilov5989@gmail.com

+998 (91)2409636

+998(93)3832311


Annotatsiya: Ushbu maqolada Buxoro davlat muzey qo’riqxonasi jamlanmasida saqlanadigan XIX – XX asrning birinchi choragiga tegishli buyumlarning Buxoro amirligi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy tarixini o’rganish bo’yicha qimmatli manba ekanligi muzey fondida olib borilgan dastlabki tadqiqot natijalari va ilmiy adabiyotlar asosida yoritiladi.Bundan tashqari, ashyo va eksponat tushunchalarining farqi, muzey fondining tashkil etilishi, taqdim etilgan ashyolarning qay tartibda ro’yxatga olinishi va fondga joylashtirilishi haqidagi ma’lumotlar ham keltirilgan. Maqola oxirida ashyolar ro’yxatini qayta tuzish va ma’lumotlar hajmini ko’paytirish masalalariga oid ba’zi tavsiyalar berib o’tilgan.

Kalit so’zlar: Ashyo, eksponat, fond, kirim kitobi, inventar raqam, bosh muhofiz, ilmiy xodim,sfragistika, numizmatika, epigrafika, katalog, kolleksiya
Buxoro davlat badiiy-me’morchilik muzey-qoʻriqxonasi — Buxoroning qadimgi tarixini, uning moddiy va maʼnaviy boyliklarini, avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan oʻziga xos anʼanalarini saqlash, oʻrganish va targʻib qilish bilan shug’ullanuvchi muassasa bo’lib, 1922-yilda Buxoro davlat muzeyi sifatida tashkil topgan1. Ushbu maqola doirasida muzeydagi XIX-XX asrlarga oid amirlik davri tarixidan ma’lumot beruvchi ashyolar, ekspozitsiyalar haqida qisqacha ma’lumot keltirib o’tiladi. Mazkur muzey-qo’riqxonaning 15 ta filiali mavjud bo’lib, asosiy fondi Buxoro hukmdorlarining qadimgi qarorgohi hisoblangan Arkda saqlanadi. Muzeyga keltiriladigan har bir ashyo ekspozitsiyaga qo’yilishidan oldin ro’yxatga olinib, kirim kitobiga kiritiladi va unga inventar raqam, ya’ni uning shaxsiy hujjati tayyorlanadi. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, muzeyda ishlaydigan xodimlar tomonidan ashyolar katalogi — eksponatlarning ma’lum tartibdagi ro’yxatini tuzishda mazkur eksponat haqidagi ma’lumotlar hajmi biroz ko’paytirilishi maqsadga muvofiq bo’lar edi. Muzey –qo’riqxona fondini tashkil etish muzey direktori va bosh muhofiz tomonidan amalga oshirilib, bosh muhofiz fondda saqlanadigan har bir eksponatlarni kataloglashtirgan holda uni turkumlarga bo’ladi va belgilangan me’yorlar bo’yicha saqlash qoidalariga amal qilinishini nazorat qiladi.

Fondda saqlanadigan kolleksiyalar jamlanmasidan faqat bosh muhofizning ruxsati bilangina foydalanish mumkin. Ushbu muzey qo’riqxonaning Tangashunoslik va epigrafika bo’limi ekspozitsiyasida amirlik davrida zarb etilgan kumush va mis tangalar hamda qog’oz pullar, tangalar ko’rinishi haqidagi ma’lumotlar uchrasa, etnografiya - xalqlarning turmush tarzi, urf-odatlariga bag’ishlangan bo’limda esa amirlik davrining ijtimoiy-madaniy hayotidan guvohlik beruvchi amaliy san’at namunalari, xo’jalik hayoti namunalari keltirib o’tilgan. Muzey-qo’riqxonadagi jami buyumlar umumiy hisobda ashyo nomi bilan atalsa, ko’rgazma sifatida vitrinalarga qo’yilgan buyumlar eksponat ekanligini farqlay olish kerak. Amirlik davriga tegishli ko’plab amaliy san’at namunalari, rasmiy hujjatlar, fotosuratlar va Buxoro amirlariga tegishli muhr va kiyim-kechak namunalari muzeyning Tarix bo’limi ekspozitsiyasida ham namoyish etiladi.

Muzey kolleksiyalarida saqlanayotgan tanga va qog’oz pullar, xo’jalik yumushlarda ishlatiladigan buyumlar, uy-ro’zg’or anjomlari, kiyim-kechak buyumlari amirlik davridagi iqtisodiy hayot, ushbu davr urf-odatlari va marosimlari haqida ma’lumot beruvchi muhim manba hisoblanadi. Bundan tashqari xorij mamlakatlari bilan bo’lgan diplomatik aloqalar, o’zaro savdo-sotiq va boshqa munosabatlarning mahsuli sifatida fonddan o’rin olgan numizmatik, hujjat va amaliy san’at namunalarini ham ta’kidlab o’tishimiz kerak. Ular orasida Buxoro amirlariga Rossiya va boshqa davlatlardan keltirilgan sovga’lar alohida ahamiyatga ega bo’lgan ashyolar hisoblanadi.

Maqolada muzey-qo’riqxonaning tavsifi qisqa satrlarda bayon etilsa-da, uning ichidagi eksponatlar haqida umumiy to’liq tasavvur hosil qilish mumkin va bu ekspozitsiyalar haqidagi ma’lumotlarni muzey-qo’riqxonaning kirim kitobi va hujjatlar fondidan olish mumkin.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.Bolteyev A. Buxoro muzeyi—tarixiy o’lkashunoslik markazi sifatida.T.: ,,Navro’z” nashriyoti, 2019-y, B-58



2.Buxoro davlat muzey-qo’riqxonasi Kirim kitobi


1 A.Boltayev.Buxoro muzeyi-tarixiy o'lkashunoslik markazi sifatida.T.: ,,Navro’z”, 2019

Download 17,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish