O„zbekiston respublikasi qurilish vazirligi samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti



Download 2,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/103
Sana30.05.2023
Hajmi2,31 Mb.
#946288
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   103
Bog'liq
13f802c374a4712168e6b21f02190ca4 tarmoq iqtisodiyoti (3)

qurilish uchun maydonni tanlash
loyiha 
buyurtmachisi, loyihalash tashkiloti, pudratchi qurilish tashkiloti, mahalliy hokimiyat 
organlari, sanitariya – epidemiologiya xizmati, davlat yong‗in xavfsizligi nazorati, 
davshahartexnazorat, suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish 
organlari, temir yo‗l, aloqa, energetika, fuqaro mudofa boshqarmalarining 
vakillaridan tashkil topgan komissiya tomonidan olib boriladi. 
Qurilish maydoni uchun qishloq xo‗jaligi maqsadlarida foydalanishga yaroqsiz 
bo‗lgan va aholi punktlari, suv ta‘minoti, energiya ta‘minoti manbalariga yaqin 
bo‗lgan yer uchastkalarini tanlash maqsadga muvofiq bo‗ladi. Maydon sanitariya 
talablarini qondirmog‗i lozim. 
Komissiya maydonni tanlash to‗g‗risidagi dalolatnomani tuzadi, ushbu 
dalolatnoma ko‗zda tutilayotgan loyihaviy yechimlar hamda korxonani injenerlik 
tarmoqlari va kommunikatsiyalariga ulash to‗g‗risidagi kelishuvning asosiy hujjati 
deb hisoblaniladi. 
Loyihalash topshirig„ini 
buyurtmachi loyihalash tashkiloti ishtirokida 
tasdiqlangan TIA asosida tuzadi. Sanoat ob‘yektini loyihalash uchun taqdim etilgan 
topshiriq qurilish rayoni, punkti va maydoni, mahsulotning tavsifi, uning 
nomenklaturasi va ishlab chiqarish quvvati, texnologik jarayonlar va jihozlarga 
asoslangan ixtisoslashtirish hamda koopiratsiyalash, xom – ashyolar, suv, yoqilg‗i, 
gaz va elektrenergiya bilan ta‘minlaydigan manbalar, oqava suvlarni tozalash va 
oqizib yuborish sharoitlari, tayyor mahsulotlarni iste‘mol qiladigan rayonlar, qurilish 
mudduti va quvvatlarni ishga tushirish ketma – ketligi, kapital mablag‗larning 
taxminiy miqdori, yashash – fuqaro qurilishining hajmi va uni joylashtirish 


~ 66 ~ 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni o‗z ichiga oladi. 
Injenerlik qidiruv ishlari
ob‘yektni qurishda va uni ekspluatatsiya qilishda 
texnik jihatdan to‗g‗ri hamda iqtisodiy asosolangan loyihaviy yechimlarni qabul 
qilish uchun zarur bo‗lgan ma‘lumotlarni olish maqsadida olib boriladi. Injenerlik 
qidiruv ishlari ikkita: iqtisodiy va texnik tadqiqotlar qismlariga bo‗linadi. Injenerlik 
qidiruv ishlarining iqtisodiy qismi investitsiyalarning TIA ni ishlab chiqish va biznes-
reja tuzish vaqtida olib boriladi. Lekin bu izlanishlarning ma‘lum qismidan loyihash 
jarayonida ham foydalaniladi. Iqtisodiy izlanishlar vazifasiga quyidagilar: ishlab 
turgan korxonalarning mavjudligi, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, 
xom-ashyo manbalari, yoqilg‗i – energiya resurslari, turli vazifalarni bajarishga 
mo‗ljallangan injenerlik tarmoqlari, temir va avtomobil yo‗llari, suvning ulanish 
yo‗llari, mehnat resurslari va yashash maydoni, xom – ashyo bazasini rivojlantirish, 
yer fondining holati haqidagi malumotlarni to‗plash kiradi. 
Texnik tadqiqotlar yoki izlanishlar jarayonida bajariladigan ishlar kompleksiga 
topografik – geodezik ishlar, injener – geologik, gidrogeologik va gidrologik, iqlimiy, 
tuproq – va geobotanik, sanitar - gigienik tadqiqotlar, qurilishni tashkil etish 
loyihasini ishlab chiqish uchun zarur bo‗lgan ma‘lumotlarni to‗plash kiradi. 
Tadqiqotlarning to‗liq va sifatli bajarilganligi loyihada qabul qilingan yechimlarning 
to‗g‗riligi va maqsadga muvofiq ekanligini aniqlab beradi. 
Loyihalash ikkita bosqich – texnik loyiha va ishchi chizmalar yoki bitta 
bosqich – texnik-ishchi loyiha orqali amalga oshirilishi mumkin. 
Ikkita bosqichda murakkab sanoat ob‘yektlari, shuningdek, shaharlarda 
quriladigan, bosh rejaga ega bo‗lmagan yashash-fuqaro ob‘yektlari loyihanadi. 
Boshqa barcha ob‘yektlar bitta bosqichda loyihanadi. 
Texnik loyiha quyidagi bo‗limlarni o‗z ichiga oladi: 
1) umumiy tushuntirish matni; 
2) bosh reja va transport; 
3) texnologik yechimlar; 
4) ishlab chiqarish va korxonani boshqarish hamda ishchi va xizmatchilar 
uchun sharoitlar yaratish va ular mehnatini muhofaza qilishni tashkil etish; 
5) arxitekturaviy – qurilish yechimlari; 
6) injenerlik jihozlari, tarmoqlar va tizimlar; 
7) qurilishni tashkil etish; 
8) atrof – muhitni muhofaza qilish; 
9) fuqarolarni himoyalash bo‗yicha injener – texnik tadbirlar; 
10) smeta hujjatlari; 
11) investitsiyalarning samaradorligi. 

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish