O„zbekiston respublikasi qurilish vazirligi samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti


 Loyiha yechimlari iqtisodiy samaradorligini baholash



Download 2,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/103
Sana30.05.2023
Hajmi2,31 Mb.
#946288
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   103
Bog'liq
13f802c374a4712168e6b21f02190ca4 tarmoq iqtisodiyoti (3)

5.3. Loyiha yechimlari iqtisodiy samaradorligini baholash 
 
Loyihalash va injener - texnik jihatdan qurish jarayonida, tashkiliy-texnologik 
yoki xo‗jalik ishlarini bajarishda qabul qilinadigan yechimlar ko‗p variantlilik shart-
sharoitlari asosida qabul qilinadi. Masalan, aynan bitta bino yoki inshootni qurishda 
turli konstruktiv-komponovkali yoki hajmiy - rejaviy yechimlar, boshqa-boshqa 
materiallar, mexanizatsiyaning har xil vositalarini qo‗llash orqali turli metodlardan 
foydalanish mumkin. Shunga bog‗liq ravishda quyidagi vazifa yuzaga chiqadi: ko‗p 
variantlar ichidan eng maqbulini tanlash lozim bo‗ladi. 
Maqbul variant odatda ko‗rilayotgan variantlarning texnik – iqtisodiy 
ko‗rsatkichlarini taqqoslash, yangi loyiha ko‗rsatkichlarini etalon yoki qurilgan 
inshoot ko‗rsatkilariga solishtirish yo‗li orqali tanlanadi. SHunday yechim yoki 
variant qabul qilinadiki, bunda bir xil ishonchlilik va bir xil xavfsizlikni 
ta‘minlaydigan variantalar ichidan ularni amalga oshirishda eng kam sarf- xarajatlar 
talab qiladigani tanlab olinadi. 
Har xil yechimlarga ega bo‗lgan variantlarni taqqoslashda iqtisodiy 
samaradorlik mezoni sifatida shunday ko‗rsatkichlar tizimidan foydalaniladiki, ular 
bir tomondan ekspluatatsiya va qurilish jarayonidagi ko‗rsatkichlar, ikkinchi 
tomondan esa - asosiy va qo‗shimcha ko‗rsatkichlarni hisobga oladigan tizimlarga 
bo‗linadi. 
Kapital mablag‗lar hajmi (yoki solishtirma kapital mablag‗lar), korxona 
tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxi, qurilish-montaj ishlari 
tannarxi (yoki mahsulot birligiga sarflanadigan xarajat) asosiy ko‗rsatkichlar sifatida 


~ 70 ~ 
ko‗rib chiqiladi. Shuningdek, oxirgisiga, ya‘ni qurilish-montaj ishlariga qurilish 
muddati ham tegishlidir. 
Qo‗shimcha yoki xususiy ko‗rsatkichlarga quyidagilar: solishtirma mehnat 
sig‗imi, kapital mablag‗lar umumiy hajmida qurilish-montaj ishlarining solishtirma 
salmog‗i, hamjihatlanganlikni belgilovchi koeffitsient, qurilish montaj ishlarining 1 
mln. so‗mlik smeta mablag‗iga sarflanadigan asosiy qurilish materiallari miqdori 
(sement, metall va h.k.); qurilish koeffitsienti; injenerlik kommunikatsiyalari va 
yo‗llar 
uzunliklari, 
vertikal 
rejalash 
bo‗yicha 
yer 
ishlari, 
injenerlik 
kommunikatsiyalarini o‗rnatish va yo‗l qurilishi ishlari hajmi, uchastkani 
o‗zlashtirish (keraksiz har xil qurilishlarni bo‗zish, qurib qolgan va noqulay 
joylashgan daraxtlarni kesish, drenajlar kovlash va shu kabi ishlar)ga sarflanadigan 
xarajatlar, tiklanayotgan binoning massasi, bino maydoni va hajmidan oqilona 
foydalanilganlik darajasi, qurilayotgan korxonada mahsulotlar tayyorlashdagi mehnat 
sig‗imi, zavod ichida haraktalanadigan transport vositalariga sarflanadigan xarajatlar, 
injenerlik kommunikatsiyalari va transport inshootlarining eksplutatsiyasi bo‗yicha 
sarflanadigan xarajatlar, xom–ashyo, yoqilg‗i va energiyalarning solishtirma sarfi, 
tiklanayotgan bino va inshootning xizmat qilish muddati hamda qator qurilish va 
ekspluatatsion ko‗rsatkichlar kiradi. 
Solishtirma mehnat sig‗imi, ya‘ni qurilish - montaj ishlarining 1 ming so‗mlik 
smetaviy sarfi (
k
T
) yoki ob‘yektning birlik hajmiga sarflanadigan mablag‗ (K
1
t
). 
Solishtirma mehnat sig‗imi 
k
T
va k

t
quyidagi formula bo‗yicha aniqlanadi 
(5.1) va (5.2) 
bu yerda С
смр
 – 
ob‘yektni qurishda bajariladigan qurilish – montaj ishlarining 
smetaviy narxi, ming so‗mda; 
V – 
qurilayotgan ob‘yekt hajmi, m
3

T
o
– 
ob‘yektni 
qurishda sarflanadigan mehnat hajmi, kishi – kun. 
Ishlarni bajarishdagi mehnat sig‗imining solishtirma ko‗rsatkichi qurilish – 
montaj ishlarini ishlab chiqarishda sarflanadigan mehnat hajmini o‗zida aks ettiradi 
va qurilayotgan ob‘yekt uchun qabul qilingan konstruktiv yechimlarining 
texnologikligini hamda qurilish – montaj ishlarining mexanizatsiyalashganlik 
darajasini tavsiflaydi. 
Kapital mablag‗lar umumiy hajmidagi qurilish – montaj ishlarining solishtirma 
salmog‗i C

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish