~ 73 ~
Binolarni yiriklashtirish va bloklashtirish
solishtirma kapital mablag‗larni
keskin (sezilarli darajada) qisqartirish va hududda qurilish ob‘yektlari zichligini
(tig‗is joylashuvini) oshirish imkonini beradi. Binolarni yiriklashtirish jarayoni
qurilishning hamma turlari uchun xarakterlidir. Yirik shaharlarda quriladigan turar –
joy binolari ko‗p qavatli bo‗lib, katta uzunlikka (200 – 500 kvartiraga) ega bo‗ladi.
Qishloq xo‗jaligida 100-180 ming chorva mollariga mo‗ljallangan majmualar, yirik
parrandachilik fabrikalari va sut beruvchi qoramol fermalari quriladi.
Sanoatda binolarni sexlar va yordamchi – xo‗jalik xizmat bloklariga
bloklashtirish olib boriladi. Alohida sexlar o‗nlab gektar maydonni egallashi mumkin.
Yiriklashtirish jarayonini mikrorayonlar va qishloq aholi punktlari uchun ham
qo‗llash tavsiya etiladi.
Yarim o„tuvchan va o„tuvchan kanallar
ichiga kommunikatsiyalarni birgalikda
(qo‗shma tarzda) yotqizish orqali injenerlik kommunikatsiyalari tarmoqlari uzunligini
qisqartirishga
hamda
ekspluatatsiya
jarayonida
sarflanadigan
mablag‗larni
kamaytirishga erishish mumkin.
Loyihalashtirishning ilg„or yo„nalishi –
bu texnologik jarayon nuqtai-nazaridan
o‗zaro bog‗langan (hamda bog‗lanmagan) bir nechta korxonalarni bir guruhga
birlashtirishdir. Bunda
sanoat tuguni
haqida so‗z yuritilyapti. Sanoat tuguniga tegishli
bo‗lgan korxona turli vazirliklarga bo‗ysunishi mumkin. Korxonalarni ta‘mirlash,
asbob – uskuna va quyish sexlari, suv – kanalizatsiya, transport va energetika
xo‗jaliklari, tibbiy va bolalar maussasalari hamda bashqalarni o‗z ichiga olgan
yagona xizmat ko‗rsatish bazasida binolar bevosita bir – biriga yaqin joylashtiriladi.
Sanoat tugunlarini qurish alohida korxonalarni qurishga qaraganda qurilish
maydonini ancha qisqartirish imkonini beradi va ekspluatatsiya xarajatlarini 20 foizga
kamaytiradi.
Bunday sanoat tuguniga neftkimyo va mashinasozlik korxonalaridan tashkil
topgan Saratov sanoat tugunini misol tariqasida keltirish mumkin. Bu sanoat tuguni
tarkibiga ―Nitron‖ birlashmasi, rezina texnika buyumlari zavodi, sanitar – texnik
jihozlar ishlab chiqaruvchi zavod, dizel zavodi, qator kengaytirilayotgan va mavjud
bo‗lgan zavodlar bilan bir birgalikda Issiqlik elektr stansiyasi ham kiradi. Qabul
qilingan yechimlar sanoat tuguni hududini 14 gektarga qisqartirish, injenerlik
kommunikatsiyalari uzunligini 93 km ga kamaytirish, bino va inshootlar sonini 16
taga, xodimlar sonini esa 344 taga qisqartirish imkonini berdi.
Kapital mablag‗larni iqtisod qilish 5 mln. so‗mni tashkil etdi, yillik
ekspluatatsion xarajatlar 3 mln. so‗mga qisqardi.
Sanoat tugunlari bosh rejasi tipli sxemasidan foydalanish orqali yanada
kattaroq iqtisodiy samaraga erishish mumkin.
Sanoat qurilishida binolar hajmini qisqartirish maqsadida ko‗prikli kranlar
o‗rniga yer
Do'stlaringiz bilan baham: