O„zbekiston respublikasi qurilish vazirligi samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti



Download 2,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/103
Sana30.05.2023
Hajmi2,31 Mb.
#946288
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   103
Bog'liq
13f802c374a4712168e6b21f02190ca4 tarmoq iqtisodiyoti (3)

to„liq 
yig„ish asosida qurilishni
rivojlantirishdan iboratdir. 
Loyihalarning iqtisodiy jihatdan samara keltirishini va sifatini yaxshilashga 
tipli loyihalarni keng qo‗llash, unifikatsiyalangan konstruksiyalar va gabaritli 
sxemalardan foydalanish evaziga erishish mumkin. Qurilish – montaj ishlarining 80 
% dan ortiqrog‗i ob‘yektlarda tipli proektlar bo‗yicha bajariladi. Ayniqsa tipli 
loyihalar turar – joy binolarini tiklashda va qishloq qurilishida keng qo‗llaniladi (95% 
ortiqrog‗i). Tipli loyihalar qo‗llanishi loyihada ko‗rsatilgan materiallar hajmini 
kamaytiradi, bu esa o‗z navbatida loyihalarni ishlab chiqish muddatini qisqartirish 
uchun shart – sharoit yaratadi, loyihalash va ilmiy – tadqiqot ishlariga sarflanadigan 
mablag‗larni 30–40% pasaytiradi. 
Axamiyatli tarzdagi iqtisodiy samaraga qurilish jarayonida erishiladi. Tipli 
loyihalar bo‗yicha quriladigan ob‘yektlarning smeta narxi individual loyihalar 
bo‗yicha quriladigan ob‘yektlarnikiga nisbatan 10-15%ga arzon bo‗ladi. Bu shu bilan 
tushuntiriladiki, tipli loyihalar ularni loyihalash institutlarida ishlab chiqish 
jarayonida quruvchilar va loyiholovchilar tomonidan keng muhokama qilinadi, ularda 
qurilish ishlab chiqarishida ratsional texnologiyani ta‘minlaydigan tipli va standart 
detallar hamda konstruksiyalar qo‗llaniladi. Ko‗plab tipli loyihalar tanlovlar orqali 
qabul qilinadi. Turar-joy ob‘yektlarini tipli loyihalashtirish o‗lchamlari bo‗yicha har 
xil bo‗lgan kvartiralarni yaratish, ularni rejalashtirishni yaxshilash, umumiy 
foydalanish maydonlari (dahliz, oshxona va sanitar tugunlarning maydonlari)ni 
oshirish, sanitar-texnik va oshxona jihozlarini takomillashtirish, kvartiralar, binoning 
kirish joylari zinapoya kletkalari va liftlarni yaxshi pardozlashga yo‗naltirilgan. 
Ilg„or texnologiya asosida ishlab chiqarilayotgan materiallar va 
konstruksiyalar. 
Agar qurilish maydoniga korxonalar (zavodlar)da masimal darajada 
puxtalik bilan tayyorlanib keltirilgan yig‗ma konstruksiyalar va detallardan 
ob‘yektlar tiklansa iqtisodiy samaradorlik ahamiyatli tarzda oshadi. Detallarning 
qoniqarsiz sifatda tayyorlanishi esa qurilish-montaj ishlarini bajarishda qo‗shimcha 
mehnat sarfini yuzaga keltiradi va bu esa ishlarning tannarxini oshirishga olib keladi. 
Pol va tom bo‗yicha ishlar bajarish jarayonida mehnat sig‗imini qisqartirish va 
ularning sifatini oshirish uchun keyingi yillarda tom va oraliq tom yopmalarining 
kompleksli plitalari ishlab chiqarilmoqda. 
Konstruksiya va detallarning zavodda tayyorlanish darajasini oshirish 
qurilishda amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarini 4-6%ga qisqartirish 


~ 76 ~ 
imkonini beradi. 
Yig‗ma beton va temirbeton konstruksiyalarni qo‗llash bilan ishlab chiqarish 
va metall hamda yog‗ochdan tayyorlangan konstruksiyalar hajmi ortadi. 
Metall konstruksiyalar qo‗llanilishi sanoatning shunday tarmoqlarida keng 
tarqalganki, bu tarmoqlarda texnologik jarayonning o‗ziga xos jihatlariga bog‗liq 
ravishda temirbeton konstruksiyalarni qullashga yo‗l quyilmaslik talab etiladi, 
bunday tarmoqlarga katta dinamik yuklanganlikka ega bo‗lgan metallurgiya 
korxonalirini 
misol 
tariqasida 
keltirish 
mumkin. 
SHuningdek, 
metall 
konstruksiyalardan katta oraliqli binolarni qurishda ham keng ko‗lamda 
foydalaniladi, bunday binolarda temirbeton konstruksiyalarni qo‗llash iqtisodiy 
jihatdan maqsadga muvofiq emas (aviatsiya sanoatidagi yig‗ish sexlari, oraliqli 
ko‗priklarni qurishda va h.k.). Metall konstruksiyalarning iqtisodiy samaradorligini 
oshirishga ularni ishlab chiqarish jarayonida yuqori mustahkamlikka ega bo‗lgan 
po‗latlardan, egilgan profillardan, keng taxtali prokatdan, elektrpayvandlanadigan 
quvurlardan foydalanish bilan erishiladi. 
Samarador 
engil metall konstruksiyalarni
keng tadbiq etish qurilish 
ob‘yektlarini qurish uchun moddiy ta‘minot tuzilmasini takomillashtirishga katta 
ta‘sir ko‗rsatdi. Ishlab chiqarilgan konstruksiyalarning tadbiq etilishi qurilishda bino 
va inshootlarni 
to‗liq zavodda tayyorlangan elementlardan kompleks - 
mexanizatsiyalashgan holda yig‗ish jarayonini tashkil etish imkonini berdi. 
Bunday kontruksiyalardan qurilgan binolarda montaj qilish ishlarining mehnat 
sig‗imi 20-25%ga qisqaradi, devorlar va tom yopmalari massasi esa 5-7 marta 
kamayadi. 
Bino massasining kamayishiga asosan temirbeton plitalar o‗rniga antikorroziya 
qoplamasiga ega bo‗lgan po‗latdan tayyorlangan profilli yopilmalarni qo‗llash orqali 
erishiladi. Alyuminli qotishmalardan tayyorlangan konstruksiyalarni derazalar 
tabaqalari, vitrajlar, devorbop osma panellar, agressiv muhitli binolarning yuk 
ko‗taruvchi konstruksiyalari, qurilish uchun suyuqliklarni saqlashga mo‗ljallangan 
sig‗imli idishlar yasash va shu kabilar uchun qo‗llash ancha maqsadga muvofiqdir. 
Transport magistrallaridan olisda joylashgan qurilish ob‘yektlarini tiklashda ularning 
qo‗llanilishi ayniqsa katta samara beradi. 
Qurilishda alyuminli qotishmalardan tayyorlangan konstruksiyalar qo‗llanishi 
fuqaro va sanoat qurilishi ob‘yektlari sifatini yaxshilashda keng istiqbolga egadir va 
fasadlar umrboqiyligi hamda ularning estetik sifatini oshirishga xizmat qiladi. 
Asbotsement buyumlar 
ikkinchi jahon urushidan oldingi besh yillikdan buyon 
qo‗llanilib kelinmoqda. Asbotsement detallar engil, suv o‗tkazmaydigan, olovbardosh 
va uzoq muddatga jidaydigan bo‗lib, ulardan buyumlar tayyorlash uchun katta 
mehnat sarfi va ko‗p mablag‗ talab qilinmaydi. Asbotsementdan tayyorlangan tashqi 
devor panellari temirbetondan tayyorlangan xuddi shunday konstruksiyalardan 5 
marta engildir. 
Asbotsement sanoatining asosiy vazifasi – yirik o‗lchamli (uzunligi 3 metr va 
undan yuqori bo‗lgan) zichlangan yassi va to‗lqinsimon tom yopmalari (shifer) ishlab 
chiqarish hajmini ancha oshirish, asbotsement panellar va plitalar hamda rangli 
asbotsement tom yopmalari ishlab chiqarishni tashkil etishdan iboratdir. 


~ 77 ~ 
Asbotsement konstruksiyalar qishloq qurilishida ham keng qo‗llanilmoqda. 
Yog„och konstruksiyalar 
mamlakatning o‗rmonli hududlarida, yuklarni 
tashishda uzoq qishloqlarda qurilish ob‘yektlarini tiklashda, kimyoviy agressiv 
muhitga ega bo‗lgan sanoat binolarini barpo etishda, ko‗prikli o‗tish joylar, tomosha 
va ko‗rgazma zallar, sport inshootlari, yopiq bozorlar va pavilonlarni qurishda keng 
ko‗lamda qo‗llanadi. 
Fan 
va 
texnologiya 
taraqqiyoti 
zamonaviy 
darajasi 
yog‗och 
konstruksiyalarning yuqori konstruktiv sifati, ularning massasini kamaytirish, 
kimyoviy bardoshligini oshirish, umrboqiyligi (uzoq muddutga chidamliligi) va olov 
bardoshligini ta‘minlash imkonini beradi. 
Elimlab tayyorlanadigan yog‗och konstruksiyalardan foydalanish yangi 
imkoniyatlarni ochmoqda. Qishloq ishlab chiqarish qurilishida bu konstruksiyalar 
arkali, balkali va ramali konstruksiyalar, to‗suvchi konstruksiyalarni o‗rnatish uchun 
foydalaniladigan yig‗ma panellar sifatida qo‗llaniladi. Sanoat qurilishida oralig‗i 12 – 
18 metr bo‗lgan elimlab tayyorlanadigan va faneralarni elimlash orqali yasaladigan 
to‗sinlar, 25 – 30 metr oraliqli arkalar va faneralarni elimlash orqali tayyorlanadigan 
panellar binolarning to‗suvchi konstruksiyalari uchun samarali qo‗llaniladi. Jamoat 
binolari va sport – tomosha inshootlarini yopishda katta oraliqli arkali 
konstruksiyalardan foydalanish yuqori samarador va keng istiqbolga egadir. 
YOg‗ochdan ishlanadigan tom yopmalar temirbeton tom yopmalaridan 5 marta 
engildir. YOg‗och tom yopmalari narxi temirbeton tom yopmalari narxidan 30-
40%ga arzon bo‗ladi. 
Pardozlash materiallari. 
Keyingi yillarda pardozlash ishlarini industdirlash 
sohasida shaxdam qadamlar qo‗yildi – sintetik materiallar asosidagi o‗ramli va plitka 
materiallar keng qo‗llanilmoqda, yog‗och qipiqlaridan tayyorlangan va yog‗och tolali 
plitalar ham keng tadbiq qilina boshlandi. 
Plitalar va o‗ramli materiallarning qurilishga tadbiq etilishi pardozlash ishlari 
sifatini yaxshiladi va pardozlash ishlari xarakterini tubdan o‗zgartirdi. Pollarni 
qoplash, devorlarni pardozlash, pardevorlar uchun bu materiallardan foydalanish 
binolarni montaj qilish metodlari va montajdan keyingi hamda pardozlash ishlari 
oarasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etdi. 
O‗sib borayotgan hajmga ega bo‗lgan yig‗ma konstruksiyalarni chiqarish 
ko‗plab qurilayotgan ob‘yektlarda yig‗ma qurilishga o‗tish, mashinalar yordamida 
bino va inshootlarni tayyor konstruksiyalardan tiklash imkonini berdi. Qurilish 
maydonlari asta-sekinlik bilan konveyerli qurilish maydoniga aylanmoqda, ularda 
zavodlarda yuqori darajada tayyorlangan yirik o‗lchamli tugunlar va detallarning 
montaj qilinishi orqali binolar va inshootlar tiklanadi. Texnologikligi bo‗yicha 
qurilish yanada katta mavqeda yirik sanoat korxonalari bilan uzviy bog‗lanishga ega 
bo‗lmoqda. 

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish