O„zbekiston respublikasi qurilish vazirligi samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti


 Asosiy fondlar - qurilishning ishlab chiqarish va resurs asosi sifatida. Asosiy



Download 2,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/103
Sana30.05.2023
Hajmi2,31 Mb.
#946288
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   103
Bog'liq
13f802c374a4712168e6b21f02190ca4 tarmoq iqtisodiyoti (3)

 
7.2. Asosiy fondlar - qurilishning ishlab chiqarish va resurs asosi sifatida. Asosiy 
fondlarning qurilish tashkilotlarining ishlab chiqarish quvvatiga bog„liqligi 
 
Asosiy fondlar - ham moddiy ishlab chiqarish sohasida (asosiy ishlab chiqarish 
fondlari), ham noishlab chiqarish sohasida (noishlab chiqarish asosiy fondlari) band 


~ 93 ~ 
bo‗lgan material-moddiy qiymatlar majmuasi. qurilish xalq xo‗jaligining turli 
tarmoqlari uchun turli korxonalar, bino va inshootlarni qurish davomida mamlakat 
uchun asosiy fondlarni bunyod etishda ishtiroq etadi, biroq o‗z navbatida o‗zi ham 
ulardan mehnat va ishlab chiqarish qurollari sifatida foydalanadi. Shuning uchun 
qurilish mahsuloti sifatida va zaruriy ishlab chiqarish qurollari sifatidagi asosiy 
fondlarni bir-biridan ajratish lozim. 
Asosiy ishlab chiqarish fondlariga quyidagilar kiradi: 

ishlab chiqarish bino va inshootlari; 

ishchi mashina va asbob-uskunalari; 

mashina va asbob-uskunalari; 

transport vositalari; 

asbob-uskunalar va ishlab chiqarish jihozlari. 
Noishlab chiqarish asosiy fondlarga quyidagilar kiradi: 

uy-joylar; 

kommunal xo‗jalik ob‘yektlari; 

madaniy-maishiy ob‘yektlar; 

sog‗liqni saqlash va maorif ob‘yektlari. 
Bu yerda gap butun xalq xo‗jaligi balansida emas, balki qurilish balansida 
turgan noishlab chiqarish asosiy fondlari haqida bormoqda. Agar bunday tafovut 
bo‗lmasa, qurilishnng noishlab chiqarish asosiy fondlari bilan jihozlanganligi sun‘iy 
ravishda o‗sib ketishi mumkin. 
Asosiy fondlar natura va pul shaklida (qiymat ifodasida) baholanadi. 
Buxgalteriya hisobida asosiy fondlar odatda korxonalar, tashkilotlar va 
xo‗jaliklarning asosiy fondlari sifatida ko‗rsatiladi, vaholanki bu ularning elementlar 
bo‗yicha, ya‘ni bino va inshootlar, ishchi va quvvat mashinalarida, transport 
vositalarida va hokazolarda qancha mablag‗ borligi bo‗yicha hisobga olinishiga 
to‗sqinlik qilmaydi. 
Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashish darajasiga va mehnat 
predmetlariga ko‗rsatadigan ta‘siriga qarab ikki qismga bo‗linadi: aktiv - ishchi va 
quvvat mashinalari va asbob-uskunalari, transport vositalari, asboblar va jihozlar; 
passiv - bino va inshootlar, ya‘ni ishlab chiqarishga ta‘sir ko‗rsatuvchi yordamchi 
jarayonlar bilan band bo‗lgan imoratlar va ob‘yektlar (idoralar, omborxonalar, 
laboratoriyalar, boshqaruv apparati joylashgan binolar). 
Asosiy fondlarni ko‗paytirishni tahlil qilish, baholash va strategiyasini belgilab 
olishda ularning tuzilmasi - asosiy fondlarning ayrim guruhlarining ularning jami 
qiymatidagi ulushi - katta ahamiyat kasb etadi. Mashina va asbob-uskunalarning, 
transport vositalarining jami asosiy fondlar qiymatidagi ulushi qanchalik katta bo‗lsa, 
(qolgan shartlar teng bo‗lganda) mahsulot ishlab chiqarish hajmi ham, fond qaytimi 
ko‗rsatkichi ham shu qadar yuqori bo‗ladi. SHuning uchun asosiy ishlab chiqarish 
fondlarining tuzilmasini yaxshilashga ishlab chiqarish va fond qaytimini oshirishning 
muhim sharti deb qaraladi. 
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining tarkibini quyidagicha yaxshilash mumkin: 

mashina parkini texnikaning yangi turlari bilan to‗ldirish yo‗li bilan; 

ishlab turgan mashina va asbob-uskunalarni modernizatsiyalash bilan; 


~ 94 ~ 

ortiqcha va kam foydalaniladigan asbob-uskunalarni tugatish bilan; 

asosiy fondlarning ayrim guruhlari o‗rtasida oqilona nisbatlarni ta‘minlash 
bilan. 
Ma‘lumki, asosiy fondlar ekspluatatsiya jarayonida muntazam ravishda eskirib, 
ishdan chiqib boradi. SHu sababdan asosiy fondlarga nisbatan jismoniy va ma‘naviy 
eskirish tushunchalarini kiritamiz. 

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish