O„zbekiston respublikasi qurilish vazirligi samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti



Download 2,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/103
Sana30.05.2023
Hajmi2,31 Mb.
#946288
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   103
Bog'liq
13f802c374a4712168e6b21f02190ca4 tarmoq iqtisodiyoti (3)

 
 
7-MAVZU.
 
QURILISH
 
INDUSTRIYASINING
 
ISHLAB
 
CHIQARISH
 
VA
 
RESURS
 
SALOHIYATI
 
HAMDA
 
UNDAN
 
OQILONA
 
FOYDALANISH
 
YO„LLARI 
 
Reja: 
7.1. Ishlab chiqarish salohiyati va resurslari, ularning mazmuni, o‗ziga xos 
xususiyatlari va qurilishdagi xo‗jalik sub‘ektlarining faoliyatidagi ahamiyati. 
7.2. Asosiy fondlar - qurilishning ishlab chiqarish va resurs asosi sifatida. 
Asosiy fondlarning qurilish tashkilotlarining ishlab chiqarish quvvatiga bog‗liqligi. 
7.3. Qurilishning aylanma fondlari va aylanma mablag‗lari, ularning 
shakllanishi va ulardan foydalanish ko‗rsatkichlari. 
7.4. Mehnat resurslari va qurilishning kadrlar salohiyati. 
7.1. Ishlab chiqarish salohiyati va resurslari, ularning mazmuni, o„ziga xos 
xususiyatlari va qurilishdagi xo„jalik sub‟ektlarining faoliyatidagi ahamiyati 
Ma‘lumki, har qanday tarmoqdagi ishlab chiqarish jarayoni uchta asosiy 
element: mehnat qurollari, mehnat predmetlari va bevosita mehnatning o‗zidan, ya‘ni 
inson faoliyatidan tashkil topadi. Bu elementlar birgalikda ishlab chiqarishning resurs 
asosini tashkil qiladi va ko‗p jihatdan muayyan bir xo‗jalik sub‘ektining - 
korxonaning, qurilish tashkilotining yoki butun tarmoqning ishlab chiqarish 
salohiyatini belgilab beradi. Mazkur elementlarsiz ishlab chiqarish jarayoni mutlaqo 
mavjud bo‗la olmaydi. 
Resurslar tushunchasi - bu pul mablag‗lari, qimmatbaho buyumlar, qonunlar, 
joriy va kelgusidagi imkoniyatlar, daromadlar va ularning manbalaridir. Resurslar 
tabiiy, moddiy, iqtisodiy, moliyaviy resurslar, mehnat resurslari va hokazolar bo‗lishi 
mumkin. Korxonalar, tarmoqlar va butun mamlakatning resurs imkoniyatlari 
qanchalik keng va katta bo‗lsa, iqtisodiyot va uning rivojlanish istiqbollari ham 
shunchalik barqaror bo‗ladi. 
Ishlab chiqarish salohiyati - bu korxona, tashkilot va butun tarmoqning 
berilgan resurslar asosida u yoki bu hajmdagi mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati 


~ 92 ~ 
yoki qobiliyatidir. SHuning uchun ham, ishlab chiqarish salohiyatini ishlab 
chiqarishning resurs imkoniyatlariga taqqoslanadi. 
Ishlab chiqarish salohiyatining resurslar bilan ta‘minlanganlik darajasiga 
o‗zaro bog‗liqligini ishlab chiqarish sharoitlari hamda u yoki bu mahsulotga bo‗lgan 
ehtiyojlarni (iste‘molchilik talabini) hisobga olgan holda tasvirlash mumkin. 
Ishlab chiqarish salohiyatini xo‗jalik sub‘ektining ishlab chiqarish omillari 
majmuasi deb ko‗rsatish mumkin. Bu omillar shu su‘ektning xalq xo‗jaligi va 
aholining ma‘lum davrdagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda turli moddiy ne‘matlar 
yaratish yoki xizmatlar ko‗rsatish imkoniyatlarini belgilab beradi. 
Ishlab chiqarish salohiyatining rivojlanishini o‗rganishda uning faqat miqdoriy 
baholash mumkin bo‗lgan material-moddiy omillarini emas, balki uning sifat 
omillarini (mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil qilish shart-sharoitlari, mehnat 
motivatsiyasi, xo‗jalik mexanizmi va boshqalarni) ham tahlil qilish lozim. Bundan 
tashqari, ishlab chiqarish salohiyatining tarkibini aniqlash ham muhim bo‗lib, unda 
ishlab chiqarish resurslarining ro‗yxati va nisbati, ishlab chiqarish jarayonida mehnat 
va resurslarning o‗zviy uyg‗unligi yuz beradigan ishlab chiqarish sharoitlari aks 
ettirilishi lozim. 
Ishlab chiqarish salohiyati va resurslar o‗zaro bog‗liq kategoriyalar sifatida 
rivojlanish va samaradorlikka ta‘sir ko‗rsatibgina qolmay, balki o‗z navbatida ichki 
va tashqi omillarga, avvalo fan-texnika taraqqiyotiga, boshqaruv tizimiga va axborot 
bazasiga bog‗liqdir. Gap shundaki, fan-texnika taraqqiyoti va boshqaruv tizimi 
axborot yordamida yanada zamonaviy mehnat qurollari va predmetlarining 
yaratilishiga, ishlab chiqarishga safarbar qilinadigan resurslarning sifatini oshirishga 
imkon tug‗diradi. Agar ishlab chiqarishning material-moddiy omillari ishlab 
chiqarish va texnik salohiyatning tanasi bo‗lsa, fan-texnika taraqqiyoti, boshqaruv va 
axborot uning jonidir. Mazkur omillar o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlikni quyidagicha 
tasvirlash mumkin: 
―FTT - ishlab chiqarish resurslari‖ aloqasi FTT yutuqlarining ishlab chiqarish 
resurslari sifatida namoyon bo‗lishi jarayonini aks ettiradi, ya‘ni FTT xom ashyo va 
materiallarning yangi turlari yaratiladi. FTT, axborot, boshqaruv va ishlab chiqarish 
sharoitlari o‗rtasidagi aloqalar axborot va boshqaruvning o‗ziga xos ishlab chiqarish 
omillari sifatida ishlab chiqarish sharoitlarining FTT darajasini hisobga olgan holdagi 
ahvolini belgilaydi. Umuman olganda, ishlab chiqarish resurslari mahsulotni ishlab 
chiqarish va sotish jarayoniga mo‗ljallangan bo‗lib, o‗z navbatida boshqaruv 
tizimiga, axborotga va fan-texnika taraqqiyotiga bog‗liq bo‗lib, korxonalar, tarmoqlar 
va butun xalq xo‗jaligining ishlab chiqarish salohiyatiga bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. 
qurilish industriyasining korxona va tashkilotlari mana shu aloqalar va o‗zaro 
bog‗liqliklar sharoitida faoliyat ko‗rsatadi. 

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish