~ 101 ~
bo‗g‗inlari - korxonalar, tashkilotlar va boshqa xo‗jalik sub‘ektlar miqyosida ham
kadrlarni to‗g‗ri tanlab, to‗g‗ri joylashtirish ham muhim ahamiyatga egadir. Bugungi
kundagi kadrlar ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasini yaxshi tushunish bilan
birga, iqtisodiyot va iqtisodiy rivojlanish qonunlarini, biznes-strategiyalarni, ilmiy
menejment asoslarini, xo‗jalik yuritishning huquqiy masalalarini bilishlari, ishlab
chiqarishda yuzaga keladigan vazifalarni tezkor echa olishlari kerak.
Islohotlardan avvalgi davrda kadrlar bilan ishlashning tahlili unda quyidagicha
salbiy jihatlar bo‗lganligini ko‗rsatmoqda:
- kasbga yo‗naltirishning, kadrlarni ya‘ni ishchilarni va rahbarlarni
(menejerlarni) tanlash va joylashtirishning rasmiyligi;
- ayrim ishlovchilarning shaxsiy sifatlariga, ularning mehnat natijalariga
ortiqcha baho berish yoki etarli baholamaslik;
- ishlovchining o‗z ish lavozimiga mos emasligi yoki ishga qabulqilishdagi
proteksionizm;
- mehnat natijalari uchun javobgarlikning so‗sayishi;
- o‗z-o‗zini tanqid va o‗z-o‗zidan norozilikni bilmaslik;
- mehnatga haq to‗lashda tenglashtirish, mahorat va tashabbuskorlikka,
mustaqillikka etarli e‘tibor bermaslik.
Bugungi kunda qurilishdagi kadrlar siyosati boshqa tarmoqlardagi bilan deyarli
bir xil bo‗lib, avvalo bozor talablari va bozor munosabatlariga, qarorlar qabulqilishda
mustaqillikka asoslangandir. Bunda asosiy e‘tibor inson omilining kuchaytirilishiga
qaratiladi, chunki iqtisodiy taraqqiyotning taqdirini zavod va fabrikalar, mashinalar,
asbob-uskunalar yoki ishlab chiqarish zahiralari emas, balki avvalo insonlar, ishchilar
hal qiladi. Korxona yoki tashkilotning faoliyatini samarali yoki samarasiz qiluvchilar
ham aynan ishchilar, mehnat jamoasidir.
Shu munosabat bilan inson omilining qurilishning samaradorligini oshirishga
inson omilining ta‘sir ko‗rsatishidagi asosiy jihat quyidagilardan tashkil topgan:
kadrlarni tanlash va ilgari surish;
kadrlarni tayyorlash va ularni o‗zluksiz o‗qitish;
kadrlar tarkibining barqarorligi va ixchamligi;
ishchilar mehnatini moddiy va ma‘naviy baholashni takomillashtirish.
Bu vazifalarni hal qilishda qurilish tashkilotlari (firmalari) boshqa korxonalar
kabi keng faoliyat miqyosiga egadirlar. Ammo bu yerdagi umumiy qoida shundayki,
ishlab chiqarishga ma‘lumoti va kasbiy mahorati bilan ajralib turadigan kishilar
kerak. Bugungi kunda, talab va taklif ko‗pincha bir-biriga qarama-qarshi turgan, endi
shakllanib kelayotgan mehnat bozorida aynan ana shunday kishilarga bo‗lgan talab
kuchlidir.
Qurilishda mehnat resurslarini boshqarish tizimi hozirgi kunda o‗zaro bog‗liq
bo‗lgan uch blokni o‗z ichiga oladi:
1) korxonaning mehnat resurslarini shakllantirish;
2) korxonaning mehnat resurslarini rivojlantirish;
3) hayotning mehnat davrining sifatini oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: