~ 102 ~
Tayanch iboralar:
Resurs. Mehnat qurollari. Mehnat predmetlari. Mehnat. Ishlab
chiqarish salohiyati. Asosiy fondler. Asosiy ishlab chiqarish fondlari. Noishlab
chiqarish asosiy fondlari. Jismoniy eskirish. Ma‘naviy eskirish. Amortizatsiya.
Dastlabki qiymat. Tiklash qiymati. Qoldiq qiymat. Fond qaytimi. Fond sig‗imi. Fond
rentabelligi. Aylanma vositalar. Aylanma fondler. Muomala fondlari. Ishlab chiqarish
zahiralari. Qarz mablag‗lari. Aylanuvchanlik koeffitsienti.
Nazorat uchun savollar:
1.
―Ishlab chiqarish resurslari‖ nima, ularning ―ishlab chiqarish zahiralari‖dan
farqi yoki o‗xshash tomonlari nimada?
2.
Bozor sharoitlarida resurslarni tejash qanday ahamiyatga ega va u qurilish
iqtisodiyotiga qanday ta‘sir ko‗rsatadi?
3.
Ishlab chiqarish fondlarining iqtisodiy mohiyatini ochib bering va ulardan
qurilishda foydalanish darajasini xarakterlovchi ko‗rsatkichlarga misol keltiring.
4.
Kadrlar salohiyati nima va qurilishda qanday shakllanadi?
5.
Mehnat
unumdorligini
oshirishning
ahamiyatini
yoritib
bering,
ko‗rsatkichlarini aytib bering va qurilishda uni oshirish yo‗llarini ko‗rsatib bering.
8-MAVZU:
QURILISH
KORXONASI
BOZOR
IQTISODIYOTI
SUB‟EKTI
SIFATIDA
Reja:
8.1. Tadbirkorlik va korxona.
8.2. Turli qurilish korxonalarini shakllantirish va ular faoliyatining asosiy
jihatlari.
8.3. Tadbirkorlikni rivojlantirish qo‘llab-quvvatlashda davlatning o‘rni.
8.1. Tadbirkorlik va korxona
Mamlakatda bozor iqtisodiyoti munosabatlari rivojlanayotgan bir sharoitda
jamiyat oldida turgan masalalar ichida tadbirkorlik iqtisodiy faoliyatning faol shakli
sifatida muhim o‗rin egallaydi.
Tadbirkorlik deganda shaxslar va korxonalarning o‗zaro manfaatdorligiga
yo‗naltirilgan xarakatlari va mulkiy mas‘ulligi asosida amalga oshiriladigan jismoniy
va yuridik shaxslarning tashabbuskor mustaqil xo‗jalik faoliyati tushuniladi.
Tadbirkorlik koordinatsiya, bozor va raqobat orqali rivojlanish strategiyasini
ishlab chiqish mexanizmlarini yaratadi, xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar o‗rtasida
aloqalar o‗rnatadi. Tadbirkorlik faoliyati ijtimoiy omillar (o‗z ahvolini yaxshilash
bo‗yicha izlanishlar olib borish) bilan ham shart-sharoitlanadi.
Tadbirkorlik faoliyati deganda ketma-ket yoki parallel ravishda amalga
oshiriladigan kelishuvlar jamlanmasi tushuniladi, bu kelishuvlardan har biri puxta
aniqlangan vaqt oraliqlari bilan chegaralanadi.
~ 103 ~
Tadbirkorlik faoliyati sub‘yektlari: mamlakat fuqarolari, xorijiy davlat fuqarolari va
birlashgan hamkorlar bo‗lishi mumkin.
Fuqarolar yuridik shaxslar tashkil etmasdan, davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan
momentdan boshlab yakka tadbirkor sifatida tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‗ullanishlari mumkin. Birlashgan hamkorlar tadbirkorlik sub‘ektlari sifatida turli
xo‗jalik birlashmalari shaklida o‗zlarining xususiy va qonuniy asosda to‗plagan
mulkidan foydalangan holatda maydonga chiqishlari mumkin.
Tadbirkorning rasmiy maqomi jismoniy shaxsni yollangan mehnatsiz yakka
tadbirkorlik ishtirokchisi sifatida yoki qonun orqali aniqlanadigan ramkada jalb
qilingan yollanma mehnat bilan korxona sifatida yuridik shaxsni davlat ro‗yxatidan
o‗tkazilgandan keyin kuchga kiradi.
Tadbirkorlik faoliyati sub‘yekti quyidagi huquqlarga ega:
muassasa, korxona tuzish va qayta tashkil etish, shuningdek, korxona mulk egasi
bilan shartnoma tuzish, bank muassasalarida hisob raqamlari ochish, hamma turdagi
hisob, kredit va kassali operatsiyalarni amalga oshirish yo‗li bilan tadbirkorlik
faoliyatini boshlash va yurgizish;
moliyaviy mablag‗lar, intellektual mulk ob‘yektlari, fuqarolar va yuridik shaxslar
mulklari hamda alohida mulkiy huquqlarni shartnomali asosda jalb qilish va ulardan
foydalanish;
ishlab chiqarish dasturini shakllantirish, etkazib beruvchilar va o‗z mahsuloti
iste‘molchilarini tanlash, mahsulotga narx qo‗yishni mustaqil ravishda shakllantirish
va amalga oshirish;
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, valyuta operatsiyalarini olib borish;
korxonani boshqarish bo‗yicha ma‘muriy-tartiblash faoliyatini amalga oshirish;
korxona nomidan yoki amaldagi qonunlar va korxona ustaviga muvofiq ishchilarni
yollash (ishga qabul qilish) va ishdan ozod etish;
qonunchilik, korxona shartnomasi va ustaviga muvofiq soliqlarni to‗lagandan keyin
va boshqa majburiy to‗lovlarni amalga oshirgandan so‗ng korxona tadbirkorlik
faoliyati orqali erishilgan foyda o‗stida erkin ish yuritish;
davlat ijtimoiy ta‘minot tizimlari, tibbiy va ijtimoiy sug‗urta xizmatlaridan
foydalanish;
tadbirkorlar ittifoqlari, assotsiatsiyalari va boshqa birlashmalarini tashkil etish;
qonunda belgilangan tartibda fuqarolar, yuridik shaxslar, boshqaruv organlari
harakatlarini sudda (arbitrajda) qayta ko‗rish.
Shu bilan birgalikda qonun bir vaqtning o‗zida tadbirkorning burchlarini ham aniqlab
beradi.
Tadbirkorning burchlari:
- O‗zbekiston Respublikasi qonunlari va tadbirkor tomonidan tuzilgan shartnomalar,
jumladan korxona mulk egasi bilan tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan
burchlarni bajarish;
-qonunchilikka muvofiq mustaqil ravishda yoki korxona nomidan fuqarolarni yollash
bo‗yicha ishchilar yoki tashkilotlar bilan mehnat shartnomalari tuzish;
- tuzilgan shartnomaga muvofiq korxonaning moliyaviy holati (ahvoli) ga bog‗liq
bo‗lmagan holda hamma ishchi-xodimlar bilan hisob-kitob qilish;
~ 104 ~
- qonunchilik va jamoa shartnomasiga muvofiq yollanma asosda ishlayotgan
fuqarolar uchun ijtimoiy, tibbiy va boshqa turdagi majburiy sug‗urtalarni amalga
oshirish;
-nogironlar va ishlash qobiliyati (ishlash imkoniyati) chegaralangan shaxslarni
ijtimoiy himoyalash bo‗yicha markaziy va mahalliy hokimiyat organlari qarorlarini
bajarish;
-korxona daromadlari haqidagi deklaratsiyani o‗z vaqtida taqdim etish va
qonunda beligilan soliqlarni ko‗rsatilgan tartib va o‗lchamda o‗z vaqtida to‗lab
borish;
-kreditorlar oldida majburiyat va burchlarni ijro etishning imkoni bo‗lmagan
vaziyatda korxonaning bankrotligi haqida ariza (xabar) berish.
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning asosiy shakli - bu korxonadir.
Korxona
– bu bozor iqtisodiyotida amal qiluvchi, ehtiyojbop (talab
qilinayotgan) mahsulotni ishlab chiqarish, ijtimoiy ehtiyojlarni qoniqtirish maqsadida
ishlarni bajarish va xizmatlar ko‗rsatish va foyda olish uchun moddiy va axborot
resurslardan foydalanishga asoslangan xo‗jalik yurituvchi sub‘ektdir. Korxona o‗z
faoliyatini amalga oshirish uchun mulchilik yoki to‗liq xo‗jalik yuritish huquqi
asosida unga tegishli bo‗lgan mulchilikni shakllantiradi. Quyida ko‗rsatilganlar
korxona mulki manbalari deb hisoblanadi: muassislarning pul va moddiy
jamg‗armalari; mahsulot sotilishidan, ishlar va xizmatlardan keladigan daromadlar;
qimmatli qog‗ozlar, kapital qo‗yilma (ajratma)lar, turli darajadagi buyudjetlardan
tushadigan daromadlar; aksiyalar, tanlovlar, auksion, tender va qonun bilan
taqiqlanmagan boshqa manbalar orqali davlat korxonalari mulklarini sotib olish,
O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga binoan turli-tuman tovarlar ishlab
chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‗rsatish va taqsimlash, tarqatish bo‗yicha bir
yoki bir nechta spetsifik funksiyalarni bajaradigan zavod, fabrika, kombinat va
boshqa shu kabi shakldagi tashkilotlar yoki muassasalar korxonalar deb tan olinadi.
Tuzilmasi bo‗yicha korxonalar xo‗jalik yuritish yoki operativ boshqarishda
asoslangan mulkka egalik qiladi va o‗zining majburiyatlari bo‗yicha bu mulkchilikka
javob beradi, o‗z nomidan mulkiy va shaxsiy, nomulkiy huquqlarga ega bo‗ladi,
javobgarlikni o‗z bo‗yniga oladi, sudda haqiqiy mulk egasi va javobgar shaxs sifatida
ishtirok etadi.
Korxonani har xil parametrlar bo‗yicha sinflashtirish mumkin:
tarmoqli mulklar bo„yicha:
a) moddiy ishlab chiqarish sohasi yoki tarmog‗i (sanoat, qurilish, qishloq
xo‗jaligi);
b) noishlab chiqarish sohasi tarmoqlari (turar-joy - kommunal xo‗jaligi,
transport, aloqa va h.k.);
v) aholiga ijtimoiy xizmat ko‗rsatish sohalari (sog‗liqni saqlash, fan, madaniyat
va san‘at, madaniy-maishiy soha, mudofa va sh.o‗.);
sonli parametrlar bo„yicha:
a) kichik korxonalar yoki kichik biznes – 100 kishigacha;
b) o‗rta korxonalar yoki o‗rta biznes – 500 kishigacha;
v) yirik korxonalar yoki yirik biznes – 500 kishidan ortiq;
~ 105 ~
sifat parametrlari bo‗yicha:
a) mulkchilik turi (xususiy, qo‗shma, davlat, munitsipial, diniy,
kooperativ);
b) chiqarilayotgan mahsulot hajmi va assortimenti (turlari);
v) tadbirkorlik faoliyati tashkiliy-huquqiy shakllari.
Do'stlaringiz bilan baham: |